O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

 
3.2. ERISh HARORATINI ANIQLASh 
Har qanday kimyoviy toza individual modda qaynash haroratiga ega. Bu ko‘rsatgich asosiy 
harakteristikalardan biri bo‘lib, shu moddaning tozaligi to‘g‘risida hulosa qilish uchun 
foydalaniladi. 
Moddalar aralashmasi aniq qaynash haroratiga ega bo‘lmaydi. Ularning suyuq holatga 
o‘tishi birdan ro‘y bermaydi. Suyuq holatga o‘tish ma’lum harorat oralig‘ida ro‘y beradi, chunki 
aralashmaning komponentlari har xil haroratda eriydi. 
Xuddi shuningdek yog‘lar ham har xil erish haroratlariga ega bo‘lgan turli 
uchglitseridlarning murakkab aralashmasidan iborat bo‘lib, muayyan harorat oralig‘ida eriydi. 
Dastlab yog‘ yumshaydi va qo‘zg‘aluvchan bo‘lib qoladi, keyin ma’lum haroratga yetgach, 
ya’ni, uning tashkil qiluvchi barcha qismlari suyuq holatga o‘tganda u tiniq holatga keladi. 
Individual modda bo‘lganda erish harorati va to‘liq erish harorati mos tushar edi. Yog‘larda esa bu 
ikki ko‘rsatkich orasida ma’lum farq borligi kuzatiladi va bu yog‘ning glitserid tarkibiga bog‘liq. 
Yog‘lar aniq erish haroratiga ega bo‘lmaganligi uchun ularni 2 ta ko‘rsatkich bo‘yicha 
xarakterlanadi: yog‘ harakatlanuvchan bo‘lib qoladigan suyuqlanish harorati va yog‘ to‘liq tiniq 
bo‘ladigan to‘liq suyuqlanish harorati bilan xarakterlanadi. 
Yog‘ning suyuqlanish haroratini aniqlash uchun amaliyotda yog‘ning yumshashini 
xarakterlovchi bir qator shartli usullar qo‘llaniladi. Yog‘-moy sanoatida aniqlashning qo‘yidagi 
usuli qabul qilingan (12-rasm). 
Asboblar
:
shishadan yasalgan kapillyar, termometr, stakan. 
Ishning bajarilishi.
Toza, quruq, ikki tomoni ham ochiq, yupqa yengil shishadan yasalgan 
kapillyar naychaga (naycha uzunligi 50-80 mm, diametri 1-1.2 mm, devori qalinligi 0.2-0.3 mm) 
shunday miqdor to‘liq erigan filtrlangan salomasdan olinadiki, bunda kapillyardagi yog‘ ustuni 
balandligi 10 mm atrofida bo‘lsin. 
Kapillyarni to‘ldirish, uning uchini yog‘ga tiqish bilan amalga oshiriladi. Yog‘li trubkani 
muzda 10 minut davomida ushlab turiladi. 
Shundan so‘ng trubkani ingichka rezinali xalka yordamida termometrga (shkalasining 
bo‘limlari 0.1
0
C) maxkamlanadi, bunda yog‘ ustuni va termometrni simobli sharigi bir xil satxda 
turishi kerak. Shundan so‘ng termometrni kapillyar bilan harorati 15-18
0
C bo‘lgan suvli stakanga 
solinadi, bunda kapillyar suvga 3-4 sm kirib turishi kerak. 
4-rasm. Suyuqlanish xaroratini aniqlash 
uchun asbob. 
1-aralashtirgich; 2-termometr;
3-kapillyar naycha 


 153
Bunda kapillyarning to‘ldirilmagan uchiga suv kirib ketmasligini nazorat kilish kerak. 
Mexanik aralashtirgich bilan doimiy aralashtirib turgan holda stakandagi suvni dastlab minutiga 
2
0
C ga, suyuqlanish harorat yaqinlashgan sari minutiga 1
0
C dan ko‘paytmay oshirib borish kerak. 
Erish harorati deb, trubkadagi yog‘ ko‘tarila boshlaydigan harorat olinadi. 
Aniqlashni 2 marta bajariladi va natija sifatida 2 ta parallel aniqlangan ko‘rsatkichlarning 
o‘rtachasi olinadi. Ular bir-biridan 0.5
0
C dan ko‘p farq qilmasligi kerak. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin