67
qotish va erish haroratiga ega bo‘lgan oziqa salomasi bilan pereeterifikatsiyalangan yog‘ bo‘ladi.
Bulardan tashqari tarkibida pereeterifikatsiyalangan yog‘ va fosfatid konsentrati bo‘lgan “Zdorove”
parxez margarinlari ham ishlab chiqariladi.
Margarinlar qandolatchilik, non mahsulotlari sanoati va umumiy ovqatlanish tizimi uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, tarkibida yog‘ miqdori 82% dan kam bo‘lmaydi. Maza kirituvchi moddalari
bor margarinlar (shokoladli) tarkibida kakao-poroshok, ko‘p miqdorda shakar bo‘ladi va ular
qandolat mahsulotlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Qandolat yog‘lari quyidagi assortimentda ishlab
chiqariladi: pechene, shokolad va vafli mahsulotlari uchun keks tayyorlash uchun
pereeterifikatsiyalangan yog‘lar asosidagi qattiq yog‘lar pereeterifikatsiyalangan. Non mahsulotlari
uchun ishlatiladigan yog‘lar fosfatid qo‘shilib suyuq holatda tayyorlanadi.
Kulinar yog‘lari turli tarkibga ega bo‘lib quyidagi komponentlardan iborat: salomas,
pereeterifikatsiyalangan yog‘, o‘simlik moyi. Ba’zi kulinar yog‘lar tarkibiga mol yog‘i ham
qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: