O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Takrorlash uchun savollar 
1.
Margarin ishlab chiqarishning zarurligi. 
2.
Margarin retsepturasi. Margarin maxsulotlari assortimenti 
3.
Margarin ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyolar. 
4.
Emulsiyalar haqida tushuncha. 
5.
Margarin uchun ishlatiladigan emulgatorlar 
6.
Sutli margarin retsepturasi 
7.
Yumshoq margarin retsepturasi 
8.
Kulinar yog‘lari retsepturasi. 
9.
Sutni tayyorlash, pasterizatsiyalash.Sutni achitish 
10.
Retseptura bo‘yicha kompanentlar va ularni tayyorlash. 
11.
Ta’m va xushbo‘y xid beruvchi qo‘shimchalar (aromatizatorlar). 
12.
Sutning tarkibi. 
13.
Sutni pasterizatsiyalashda ishlatiladigan pasterizatorlar. 
14.
Sutni achitish jarayoni sxemasi. 
15.
Sutni achitish uchun ishlatiladigan tomizgilar 
 
 
12 – MA’RUZA
MARGARIN ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI. MARGARIN ISHLAB 
CHIQARISH TEXNOLOGIK SXEMASI 
 
Reja: 
Retseptura komponentlarini dozalash. Aralashtirish. Margarin emulsiyasini o‘ta 
sovutish va kristallash. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
emulsiyalash, aralashtirish, dozalash, o‘ta sovitish, struktura, 
kristall struktura, vatator (o‘ta sovitgich), dekristalizatsiya, banderollash, konsistensiya, tomizg‘i 
Margarin ishlab chiqarish quyidagi operatsiyalardan iborat: dozalash, aralashtirish, 
emulsiyalash, o‘ta sovitish, kristallash va qadoqlash. 
Dozalash.
Dozalashning ikki usuli ma’lum: og‘irligi va hajmi bo‘yicha . Og‘irligi bo‘yicha 
dozalash komponentlarni aniq miqdorda olishni ta’minlaydi. Komponentlarni miqdorini aniqlash 
uchun quyidagi tarozilar ishlatiladi: siferblat qurilmali va korobkali. Ular ikki qismdan iborat, katta 
qism yog‘lar uchun, kichik qism sut-suv fazasi uchun mo‘ljallangan. Siferblatli qurilma 
mahsulotlarni kerakli miqdorda ketma-ket o‘lchash imkoniyatini beradi. Buning uchun esa 
tarozining bosh qismiga datchiklar o‘rnatilgan. Ularning soni retseptdagi komponentlarning soniga 
teng. 
Tarozi ishga tushganda uning strelkasi datchikka tegib, elektroimpuls pnevmatik 
o‘zlashtirgichga uzatiladi. Shu vaqtda siqilgan havo porshenli klapan orqali trubani ochadi. Natijada 
taroziga birinchi komponent oqib tushadi. Shu paytda tarozini strelkasi (1) harakatga keladi, toki 
ikkinchi datchikka yetkuncha. Elektrreleli qurilma avtomat holatda mos bo‘lgan klapanlarni qayta 
qo‘shadi. Shu vaqtda birinchi komponent kelayotgan klapan yopiladi va ikkinchi komponent oqib 
tushishi uchun kerak bo‘lgan klapan ochiladi va hokazo. Komponentlar tarozidan olinayotganda, 
strelka teskari harakatlanadi. Tarozi komponentlardan to‘liq bo‘shagach, tarozi «0» holatini 
ko‘rsatishi kerak. 
Hajm bo‘yicha taqsimlash uchun bir necha har xil diametrdagi porshenli silindrlarga ega 
bo‘lgan dozator nasoslar ishlatiladi. Bunda umumiy bitta dvigatel bo‘ladi. Suyuqlikning hajmi 
maxsus qurilma yordamida, ya’ni porshenning harakatini o‘zgartiruvchi qurilma yordamida 
boshqariladi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin