76
Vertikal silindrli aralashtirgich (28-rasm) korpus (10) dan, taglik (1)dan va qiya qilib
joylashtirilgan chiqarish trubasi (12) dan iborat. Qopqoq (5) ustida reduktor (6)
va elektrodvigatel
(7) joylashgan va ramaga mahkamlangan. Mahsulot kirishi uchun shtutser (8) mavjud. Silindr
qismining ichida 60 ayl/min aylanish chastotasiga ega bo‘lgan vintli aralashtirgich (2) joylashgan.
Silindr ichida vintga parallel qilib otboynik (9) mahkamlangan, u aralashmani meshalka yo‘nalishi
bo‘yicha aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Aralashtirgich bug‘li ko‘ylak (3) bilan ta’minlangan.
Suv ko‘ylakdan truba (4) orqali quyiladi va sath o‘lchagich (11) orqali rostlab turiladi.
Bu turdagi
aralashtirgichdan margarin ishlab chiqarishning uzluksiz liniyalarida foydalaniladi.
28 – rasm. Vertikal silindrli aralashtirgichni sxemasi.
Emulsiyalash.
Aralashmadan mayda zarrachali emulsiya hosil qilish uchun
gomogenizatorlardan foydalaniladi. Ular gorizontal uch plunjerli yuqori bosimda ishlaydigan
nasoslardir. Ularning asosiy elementi bo‘lib gomogenizatsiyalovchi qismi hisoblanadi. Dag‘al
emulsiya
nasos kamerasiga tushgach, tirkish (tirqishning kengligi 100 mkm) va klapan orqali siqib
chiqariladi. Shu vaqtda yuqori dispers emulsiya hosil bo‘ladi. Nasos hosil qilgan yuqori bosim
emulsiyani o‘ta sovitgichdan kadoqlash avtomatigacha bo‘lgan trubalardagi
qarshilikni bartaraf
qilish uchun sarf bo‘ladi. Nasosning quvvati 1670-3700 l/soatga teng, ish bosimi 2,2-2,5 MPa.
Yuqori bosim ostida ishlaydigan nasos suyuqlik bilan to‘ldirilgan holda ishlaydi va doimiy sathni
ta’minlash uchun maxsus moslama ishlatiladi.
O‘ta sovitish.
Margarin emulsiyasi sovitilganda kristallanish jarayoni sodir bo‘ladi. Bunda
kristallar turg‘un formaga o‘tadi. Buni poliformizm jarayoni deyiladi.
Kristall strukturalarining
turlarini
α
;
β
:
β
- shaklida belgilanadi.
α
- turi past suyuqlanuvchan va turg‘un bo‘lmagan,
β
- o‘rta,
β
- turg‘un va yuqori haroratda suyuqlanuvchi kristalldir. Kristall strukturalarining shakllanishi
sovitish va aralashtirish tezligiga, to‘yingan va to‘yinmagan glitseridlarning miqdoriga bog‘liq
bo‘ladi. Sekin sovitilganda katta kristallar (
β
) hosil bo‘ladi. Ular margaringa dag‘allik, mo‘rtlik va
maydalanuvchanlik xossalarini beradi.
Tez sovitish va aralashtirishda turg‘un bo‘lmagan kristallar hosil bo‘ladi (
α
-shakl).
Ularning suyuqlanish harorati ham past. Ular
β
- formaga tez utishi mumkin.
Shuning uchun
zamonaviy margarin ishlab chiqarish korxonalarida o‘ta sovitish aralashtirish bilan birgalikda olib
boriladi. Natijada tez suyuqlanuvchan, egiluvchan va yaxshi konsistensiyali margarinlar olinadi.
77
Sovitish uchun 3 va 4 –silindrli sovitgichlar ishlatiladi. Kerak bo‘lgan kristall strukturali, birxil va
muloyim konsistensiyali mahsulot olish va kadoqlash uchun kristallizatorlar o‘rnatiladi.
29 – rasm. Uch silindrli o‘tasovutgichni
sxemasi
Dostları ilə paylaş: