78
MARGARIN ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK SXEMALARI
Reja:
A1 – JLU liniyasida margarin olish texnologiyasi. Quyma margarin ishlab chiqarish.
Qandolatchilik, oshpazlik, va nonvoylik yog‘larni ishlab chiqarish. Margarin mahsulotlarni saqlash
va tashish.
Sut qabul qilish va qayta ishlash.
Margarin zavodiga sut, sut zavodlaridan avtotsisternalarda
keltiriladi. Avtotsisternalardagi sut qabul qiluvchi rezevuarga quyiladi va u erdan nasos orqali
tarkibidagi mikroorganizmalar va fermentlardan tozalash uchun yuqori haroratli plastinkali
posterizatorga beriladi. Pasterizatsiyalangan sut ivitish vannaga kelib tushadi. 60-80
o
ternergacha
ivitilgan sut margarin sexiga beriladi.
Rafinatsiyalangan, dezodoratsiyalangan o‘simlik moylari, tabiiy va gidrogenlangan yog‘lar
margarin zavodlariga qabul qilinadi 1,2,3,4 chi rezervuarlarda saqlanadi.
Komponentlarni retseptura
bo‘yicha dozalash og‘irligi bo‘yicha avtomat tarozi 12da amalga oshiriladi.
Margarin komponentlari emulgator, ozuqa bo‘yog‘i dezodoratsiyalangan o‘simlik moyida
eritiladi. Aralashtirgichli quti 5da emulgator dezodoratsiyalangan moy bilan aralashtirilib 12chi
taroziga beriladi. 6chi va 7chi aralashtirgichda eritilgan tuz va shakar eritmasi 13chi suv va sut
fazasi uchun taroziga kelib tushadi. SHu taroziga 8chi pasterizatordan sut kelib tushadi. 12 va 13chi
tarozida tayrlangan komponentlar aralashtirgichlar 14 va 15ga beriladi. Aralashtirgichlarda dag‘al
emulsiya xosil qilinadi.
Bu emulsiya o‘z oqimi bilan satx rostlovchi bak 16ga tushadi
va u erdan yuqori bosimli
nasos 17ga beriladi. Nasos emulsiyani votator 18 ga atm.bosimda xaydab beradi. Votatorda
emulsiya 15-18
o
С
gacha sovutiladi. Sovutilgan emulsiya 19 sig‘imga yig‘iladi taqsimlovchi uskuna
20 yordamida ikkita oqimga taqsimlanadi va qadoqlovchi uskunaga uzatiladi.
Agar tayyorlangan mahsulot talabga javob bermasa qayta ishlash uchun tayyor emulsiya
uchun mo‘ljallangan bak 16 ga qaytarib beriladi.
Uzluksiz ishlaydigan avtomatlashtirilgan liniyalarning ko‘pchiligining
unumdorligi soatiga
2,5 t ga teng. Ba’zi bir zavodlarda quvvati soatiga 5 t ga teng bo‘lgan yuqori unumdorli liniyalar
o‘rnatilgan. U yerda 4-silindrli sovutgichlar qo‘llaniladi va me’yorlash, me’yorlovchi nasoslar
yordamida xajmiy usul bilan bajariladi. Bu liniyalarda uchta aralashtirgichlar o‘rnatilgan.
Dostları ilə paylaş: