O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


Margarin mahsulotlarini saqlash va tashish



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Margarin mahsulotlarini saqlash va tashish. 
Margarin mahsulotlari uzoq vaqt 
saqlanganda yoki tashishda buziladi. 
Oshpazlik, qandolatchilik va nonvoylikda ishlatiladigan yog‘lar margaringa qaraganda tez 
buzilmaydi. Lekin havo tarkibidagi kislorod bilan oksidlanishi mumkin, natijada perekisli 
birikmalar, erkin yog‘ kislotalar yig‘ilib qoladi. 
Margarin sifatining buzilish sababi shundaki suv - sut fazasi mog‘orlaydi va boshqa 
mikroorganizmlar bilan zararlanadi. Omborxonalarda havo namligi yuqori bo‘lganda , mog‘orlash 
jarayoni tez kechadi. 
Yaxshi tanlangan tomizg‘ida ivitilgan sutdan tayorlangan margarin uzoq saqlanadi. Bu 
ko‘rsatkichga mahsulot tayyorlash texnologik rejimlari , yog‘li asos tarkibi , qadoqlash idishlarini 
zichligi ta’sir qiladi. 
Margarin mahsulotlari begona hidni tez yutib oladi, shu tufayli ularni alohida, boshqa 
mahsulotlar bo‘lmagan xonada saqlash kerak. 
Margarin mahsulotlarini saqlash harorati 0
0
C da havoning namligi 80% dan ko‘p 
bo‘lmasligi kerak. 
Omborxonadan jo‘natiladigan margarin mahsulotining harorati 10
0
C dan ortiq bo‘lmasligi 
lozim. 
Margarin mahsulotining sifatini baholash. 
Margarin mahsulot-larining sifati amal 
qiluvchi davlat standarti , tarmoq standarti va organoleptik , fizik – kimyoviy ko‘rsatkichlari bilan 
baholanadi. 
Margarin sifatini baholash
.
 
Margarin mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablardan biri 
unda begona hid va maza bo‘lmasligi , sariyog‘ga o‘xshash hid va mazaga ega bo‘lishi kerak. 


81
Margarin konsistensiyasi tez eruvchi, plastik, zich, qirqilganda yuzasi yaltirashi hamda 
ko‘rinishi quruq bo‘lishi kerak. Bo‘yalgan margarin rangi butun massasi bo‘yicha och sariq rang, 
shokoladli margarin rangi jigar rangdan to‘q jigar ranggacha bo‘ladi. Margarin pachkalari 
ezilmagan, yorliqlari aniq bo‘lishi lozim. 
Maza va hidning buzilishi. 
Ivitilmagan sut qo‘shib hid beruvchi moddalar qo‘shilmaganda, 
hidsiz va mazasi noma’lum bo‘lgan margarin olinadi. 
Mazasiz sut, yomon aromatizatorlar, yomon dezodoratsiyalangan yog‘ ishlatilganda 
bemaza margarin ishlab chiqariladi. Yomon tuz va sutning kuyundi mazasi mahsulotga taxir maza 
beradi. Kislotaligi yuqori bo‘lgan sut ishlatilsa margarinda nordon maza hosil bo‘ladi.
Margaringa mol yoki qo‘y yog‘i aralashib qolsa, mol yog‘i mazasi keladi. Achib ketgan 
sutni ishlatilganda margarindan pishloq, tvorog mazasi keladi. Mahsulot metal idishda uzoq vaqt 
saqlansa metall maza kelishi mumkin. Sovun qoldiqlari bo‘lgan yog‘ ishlatilsa margarinda ishqor 
maza bo‘ladi. 
Margarin konsistensiyasi nuqsonlari.
Margarin yumshoq, qattiq, uqalanib ketadigan 
konsistensiyali bo‘lsa, bu margarin tarkibidagi yog‘ retsepturasi noto‘g‘ri tuzilganligi yoki yog‘ 
aralashmasining qattiqligi yuqori bo‘lganidan dalolat beradi. 
Sovutish rejimi noto‘g‘ri olib borilsa, margaringa ortiqcha mexanik ishlov berilsa kristallar 
juda maydalanib ketsa ham margarin konsistensiyasi buziladi. Loyqa tomchi hosil bo‘lishi 
ivitilmagan yoki yaxshi ivitilmagan sut ishlatilganligini ko‘rsatadi.Emulgator kam qo‘shilsa yoki 
sifati past bo‘lsa yirik sut tomchilari hosil bo‘ladi. 
Qadoqlash va rangidagi nuqsonlar.
Emulsiya bir maromda sovutilmasa, margarin yuzasi 
marmar tusiga ega bo‘lmay, yo‘l-yo‘l va hol-hol bo‘lib qoladi. Bo‘yovchi modda sifatsiz bo‘lsa, 
yoki miqdori yetarli bo‘lmasa rangi och bo‘ladi. Tayyor mahsulot rangi kul rangga yaqin bo‘lsa, bu 
yog‘ yaxshi oqlanmaganligidan dalolat beradi. Margarin mahsulotini saqlash davrida taraning 
namlanib qolishi, bu margarin emulsiyasining barqarorligi yetarli emasligini ko‘rsatadi. Margarinni 
fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari uni oziqa qiymatini belgilaydi. Amaldagi davlat tarmoq 
standartlarida yog‘ miqdori, namlik va uchuvchan moddalar miqdori, erish harorati, kislotaligi 
qat’iy chegaralanib qo‘yiladi. 
Margarindagi yog‘ miqdori uni energetik qiymatini, mahsulotni to‘yimliligini belgilaydi va 
qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab o‘zgaradi. 
Margarindagi suv miqdori sut tarkibidagi shakar va tuz eritmalari bilan kiritilgan suvni 
umumiy miqdori bilan birga hisobga olinadi. 
Davlat standarti bo‘yicha mahsulotning ko‘pchilik turida namlik miqdori 17% atrofida, 
past kaloriyali uchun 24% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Margarindan ajratib olingan yog‘ning erish harorati 27
0
C dan 32
0
C gacha, margarin 
kislotaligi 2 dan 2,5 Kettstorfer graduslarida bo‘lishi lozim. 
Qandolatchilik, oshpazlik va nonvoylik yog‘larining sifatini baholash 
Mahsulotni mazasi va hidi uning turi va retsepturasiga bog‘liq bo‘ladi. Yog‘lar fosfatid 
konsentrati qo‘shib tayyorlangan bo‘lsa, fosfatid mazasi keladi. Pechene, shokolad mahsulotlari, 
keks ishlab chiqarishda ishlatiladigan yog‘lar begona maza va hidsiz bo‘lishi va qo‘shilgan hid 
beruvchi moddaning hidi kelishi kerak. 
Rangi butun massa bo‘yicha oq rangdan sariq ranggacha bo‘lib, bir xil bo‘lishi lozim. 
Yog‘lardagi namlik va uchuvchan moddalar miqdori 0,3% dan ortiq bo‘lmasligi ; kislota 
soni 0,4 dan 1 mg KON gacha; erish harorati vafli ishlab chiqarishda foydalanilsa 26-30 
0
C bo‘lishi 
kerak. 


Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin