O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Aralashtirish.
Yog‘li asos va suv-sut faza alohida-alohida qilib tayyorlanadi va 
dozalanadi. Shuning uchun ularni yaxshilab aralashtirish kerak. Ishlab chiqarishda sut 15-20
0
C da 
yog‘larniki esa suyuqlanish haroratidan 4-5
0
C yuqori haroratda kiritiladi. Aralashtirish vaqtida 
harorat 38-40
0
C ga yetkaziladi va dag‘al emulsiya hosil qilinadi. 


76
Vertikal silindrli aralashtirgich (28-rasm) korpus (10) dan, taglik (1)dan va qiya qilib 
joylashtirilgan chiqarish trubasi (12) dan iborat. Qopqoq (5) ustida reduktor (6) va elektrodvigatel 
(7) joylashgan va ramaga mahkamlangan. Mahsulot kirishi uchun shtutser (8) mavjud. Silindr 
qismining ichida 60 ayl/min aylanish chastotasiga ega bo‘lgan vintli aralashtirgich (2) joylashgan. 
Silindr ichida vintga parallel qilib otboynik (9) mahkamlangan, u aralashmani meshalka yo‘nalishi 
bo‘yicha aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Aralashtirgich bug‘li ko‘ylak (3) bilan ta’minlangan. 
Suv ko‘ylakdan truba (4) orqali quyiladi va sath o‘lchagich (11) orqali rostlab turiladi. Bu turdagi 
aralashtirgichdan margarin ishlab chiqarishning uzluksiz liniyalarida foydalaniladi.
 
 
28 – rasm. Vertikal silindrli aralashtirgichni sxemasi. 
Emulsiyalash.
 
Aralashmadan mayda zarrachali emulsiya hosil qilish uchun 
gomogenizatorlardan foydalaniladi. Ular gorizontal uch plunjerli yuqori bosimda ishlaydigan 
nasoslardir. Ularning asosiy elementi bo‘lib gomogenizatsiyalovchi qismi hisoblanadi. Dag‘al 
emulsiya nasos kamerasiga tushgach, tirkish (tirqishning kengligi 100 mkm) va klapan orqali siqib 
chiqariladi. Shu vaqtda yuqori dispers emulsiya hosil bo‘ladi. Nasos hosil qilgan yuqori bosim 
emulsiyani o‘ta sovitgichdan kadoqlash avtomatigacha bo‘lgan trubalardagi qarshilikni bartaraf 
qilish uchun sarf bo‘ladi. Nasosning quvvati 1670-3700 l/soatga teng, ish bosimi 2,2-2,5 MPa. 
Yuqori bosim ostida ishlaydigan nasos suyuqlik bilan to‘ldirilgan holda ishlaydi va doimiy sathni 
ta’minlash uchun maxsus moslama ishlatiladi. 
O‘ta sovitish.
Margarin emulsiyasi sovitilganda kristallanish jarayoni sodir bo‘ladi. Bunda 
kristallar turg‘un formaga o‘tadi. Buni poliformizm jarayoni deyiladi. Kristall strukturalarining 
turlarini
α
;
β

β
- shaklida belgilanadi. 
α
- turi past suyuqlanuvchan va turg‘un bo‘lmagan, 
β
- o‘rta, 
β
- turg‘un va yuqori haroratda suyuqlanuvchi kristalldir. Kristall strukturalarining shakllanishi 
sovitish va aralashtirish tezligiga, to‘yingan va to‘yinmagan glitseridlarning miqdoriga bog‘liq 
bo‘ladi. Sekin sovitilganda katta kristallar (
β
) hosil bo‘ladi. Ular margaringa dag‘allik, mo‘rtlik va 
maydalanuvchanlik xossalarini beradi.
Tez sovitish va aralashtirishda turg‘un bo‘lmagan kristallar hosil bo‘ladi (
α
-shakl). 
Ularning suyuqlanish harorati ham past. Ular 
β
- formaga tez utishi mumkin. Shuning uchun 
zamonaviy margarin ishlab chiqarish korxonalarida o‘ta sovitish aralashtirish bilan birgalikda olib 
boriladi. Natijada tez suyuqlanuvchan, egiluvchan va yaxshi konsistensiyali margarinlar olinadi. 


77
Sovitish uchun 3 va 4 –silindrli sovitgichlar ishlatiladi. Kerak bo‘lgan kristall strukturali, birxil va 
muloyim konsistensiyali mahsulot olish va kadoqlash uchun kristallizatorlar o‘rnatiladi. 
29 – rasm. Uch silindrli o‘tasovutgichni sxemasi 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin