80
Suyuq margarinni tayyorlash quyidagicha bajariladi. Me’yorlangan komponentlar (yog‘,
emulgator, fosfatidli konsentrat) aralashtirgichga kelib tushadi, 45-56
0
C
gacha isitilib, so‘ngra
aralashtirgichga suv qo‘shilib, 10-15 minut davomida aralashtiriladi va 28-32
0
C gacha sovitiladi.
Emulsiyani TOM- 2M rusumli sovutgichda, yoki "Votator" rusumli sovutgichda 10-12
0
C
gacha
sovutiladi.
Sovitilgan emulsiyani nasos-emulsator yordamida aralashtirgich – me’yorlagichga yuboriladi.
Bu yerda kristalli strukturani buzilishi natijasida oquvchan sistema hosil bo‘ladi. Tayyor
margarin avtotsisternaga quyiladi.
Qandolatchilik, oshpazlik va nonvoylik yog‘larini ishlab chiqarish.
Bu yog‘lar tarkibida suv-sut fazalar bo‘lmaydi. Ular butunlay o‘simlik yog‘lari, salomas,
pereeterifikatsiyalangan va gidropereeterifikatsiyalangan yog‘larni , hamda mol yog‘ini
aralashmasidan iborat bo‘ladi. Ishlatilish maqsadiga muvofiq tarkibiga quyidagi qo‘shimchalar
emulgator, bo‘yoq, vitaminlar va aromatizatorlar qo‘shiladi.
Suv-sut fazalarini tayyorlash jarayoni bo‘lmagani uchun bu yog‘larni
ishlab chiqarish
texnologiyasi oson hisoblanadi.
Mayda yoki kichik idishlarga qadoqlangan tayyor mahsulot ishlab chiqarishda o‘ta sovutish
usulidan foydalaniladi. Mayda qadoqlangan (200-250 g) mahsulot ishlab chiqarishda “Djonson”
liniyasi va A1- JLP quvvati 2-2,5 t/soat bo‘lgan uskunalardan foydalaniladi.
Mahsulot 10,15 va 20 kg massali monolit
shaklida ishlab chiqarilganda, sath saqlovchi
bakdan keyin berilayotgan yog‘li aralashmalar haroratini pasaytirish uchun o‘tasovutgichdan
oldin
birlamchi sovutgich o‘rnatiladi. Sovutgich silindrsimon korpusli bo‘lib , ichki qismiga 30 ta o‘ramli
zmeevik o‘rnatilgan.
Yog‘ zmeevikni ichki qismidan oqib o‘tadi , sovutgich korpusining ichiga beriladigan suv
bilan sovutiladi . Bunda aralashmaning harorati 3-5
0
C ga pasayadi . O‘ta sovutgichdan so‘ng
sxemada dekristallizator qo‘yiladi.
Sanoatda quvvati 2-2,5 t/c bo‘lgan korobkalarga qadoqlaydigan A1 – JLK, A1 – JLU
(universal) liniyalaridan foydalaniladi.
Ba’zi korxonalarda o‘ta sovutgich sifatida uchsilindrli apparat TOM-2M ishlatiladi.
Qadoqlashda faqat yangi karton koropkalardan foydalaniladi.
Har bir qadoqlangan
mahsulot yorlig‘ida kerakli ma’lumotlar ko‘rsatib qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: