Konsepsiyasi



Yüklə 135,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix26.12.2023
ölçüsü135,35 Kb.
#197875
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-MAVZU

4.2.
 
Oddiy foizlarda pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymatini 
aniqlash 
Qoidaga koʻra oddiy foizlardan qisqa muddatli, bir yil yoki undan kam muddatlarda 
oʻtkaziladigan moliyaviy operatsiyalarda qoʻllaniladi. Bunday holatda har bir davr 
uchun foiz hisoblashda baza sifatida shartnomadagi dastlabki summa olinadi. 
Oddiy foizlar boʻyicha oʻsish hisoblanishi 
Umumiy holda yillik oddiy foiz stavkalari boʻyicha mablagʻlar kelgusi qiymati 
quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi: 

(4.1) 
bu yerda FV – kelgusi qiymat; PV – 
joriy qiymat; 
n – davr (yillar soni) r – foiz 
stavkasi. 
Amaliyotda qisqa muddatli operatsiyalar davomiyligi odatda bir yildan kam boʻladi. 
Bunday holatda operatsiya amalga oshiriladigan muddat quyidagi shaklda aks ettiriladi: 


(4.2) 
bu yerda t – operatsiya oʻtkaziladigan kunlar soni; V – vaqt 
bazasi (yil kunlari soni 360, 365 yoki 366). 
Operatsiya 
muddati aniqlashtirilgan holda kelgusi qiymatni quyidagi 
formula bilan aniqlash mumkin: 
(4.3) 
Odatda operatsiya muddatini aniqlash jarayonida uning boshlanish va tugash kunlari bir 
kun hisoblanadi. 
Tahlil oʻtkazish jarayonida vaqt bazasi (V) sifatida qulaylik uchun shartli ravishda 
moliya yili 360 kun (12 oy 30 kundan)dan iborat deb olinadi. Bunday baza boʻyicha 
hisoblanadigan foizlar odatiy yoki tijorat foizlari deb yuritiladi. Aniq foizlarda esa vaqt 
bazasi olinayotganda haqiqatdagi yil kunlari soni 365 yoki 366 kun olinadi. 
Misol koʻrib chiqamiz. 
10 000 birlik qiymatga teng mahsulot 30 kunga toʻlov kafolati olingan holda xaridorga 
tijorat krediti tarzida berildi. Kredit boʻyicha yillik foiz stavkasi 30%. Shartnoma 
boʻyicha muddat yakunlangach xaridordan qancha mablagʻ olinadi? 
a)
Odatiy foizdan foydalangan holda hisoblaymiz: 
FV = 10 000x(1+0,30x(30/360)) = 10250 birlik

b)
aniq foizlardan foydalangan holda hisoblaymiz: 
FV = 10 000x(1+0,30x(30/365)) = 10 246,57 birlik. 
Oʻz navbatida, operatsiya davomiyligi muddati 

oy boʻyicha olinganda shartli 
ravishda 30 kun yoki oy boʻyicha haqiqatdagi kunlar soni olinadi. 
Shunday qilib, t va V parametrlariga bogʻliq holda operatsiya muddati quyidagi 
variantlarda hisoblanishi mumkin: 
365/365 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning aniq soni va yil boʻyicha 
haqiqatdagi kunlar soni; 
365/360 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning aniq soni va moliya yili (12 
oy 30 kundan iborat deb olinadi); 
360/360 – operatsiya amalga oshiriladigan kunlarning taxminiy soni (bir oy 30 kunga 
teng deb qabul qilinadi) va moliya yili (12 oy 30 kundan iborat deb olinadi). 
Odatiy foizlar (360/360) tahliliy hisob-kitoblarda foydalanish uchun juda qulay. Bu 
jihat ularning koʻplab rivojlangan davlatlar, xususan AQSh va Yevropa mamlakatlari 
amaliyotida qoʻllanilishi bilan izohlanadi. 
Oʻzbekiston amaliyotida asosan operatsiya oʻtkaziladigan kunlar aniq soni va moliya 
yili (365/360) amaliyotda qoʻllaniladi. Rossiya Federatsiyasi amaliyotida esa aniq 
foizlar (365/365) qoʻllaniladi. 
Aniq foizlarni formula boʻyicha hisoblash operatsiyalar oʻtkaziladigan kunlarning 
haqiqatdagi sonini aniqlashni talab etadi. Bunda foizlar boʻyicha ma‘lumotlar aks etgan 
maxsus jadvallardan yoki kompyuter dasturlaridan, masalan Microsoft Excel dasturidan 
foydalanish tavsiya etiladi. 


10 000 birlik pul mablagʻining yillik 10%, 15% va 20%lik stavka boʻyicha kelgusi 
qiymati quyidagi jadvalda keltirilgan (2-jadval). 
2-jadval 

Yüklə 135,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin