Matematik diskontlash pul mablagʻlar oʻsib borishini aniqlashga teskari tartibda
FV, r,
n
koʻrsatkichlari oldindan aniq boʻlgan holda
PV
miqdorini aniqlash tartibini anglatadi.
Bunda qabul qilingan belgilashlarni hisobga olgan holda
r
stavka boʻyicha diskontlash
formulasi quyidagi koʻrinishda boʻladi:
(4.4)
FV
va
PV
oʻrtasidagi, ya‘ni kelgusi qiymat va joriy qiymat oʻrtasidagi farq
diskont
deb
ataladi. Bunda foydalaniladigan joriy qiymatni aniqlash me‘yori
r
dekursiv foiz
stavkasi deb yuritiladi.
Misol koʻrib chiqamiz.
Nominal qiymati 100 birlikka teng boʻlgan, 90
kundan keyin qoplanadigan, talab
qilinadigan daromadlilik me‘yori 12% boʻlgan kuponsiz obligatsiyani sotib olish uchun
investordan qancha mablagʻ toʻlash talab etiladi?
Odatiy foizlardan foydalanilsa:
PV = 100/(1+0,12x90/360) = 97,087 birlik
Aniq foizlardan foydalanilsa:
PV = 100/(1+0,12x90/365) = 97,12 birlik.
Tijorat diskontlash
Diskontlashning bu metodi xorijiy amaliyotda asosan veksellarni
banklarda hisobga
olishda, shuningdek, ayrim holatlarda qisqa muddatli
bank kreditlari berishda
qoʻllaniladi. Uning mazmunini operatsiya boʻyicha hisoblanadigan foizlar
summasining muddat oxirida qaytarib olinadigan summa
tarkibida aks etishida
koʻrishimiz mumkin. Bu jarayonda
d
hisob stavkasi qoʻllaniladi.
Hisob stavkasi
boʻyicha diskontlash formulasi quyidagi koʻrinishga ega:
(4.5)
Hisob stavkasi boʻyicha diskontlash jarayonida ham vaqt bazasi sifatida 360/360,
365/360 yoki 360/365 foiz aniqlash shakllaridan foydalaniladi. Bunda foydalaniladigan
d
joriy qiymatni aniqlash keltirish me‘yori antisipativ foiz stavkasi deb yuritiladi.
Misol koʻrib chiqamiz.
100 000 birlik qiymatga teng oddiy veksel 90 kundan keyin toʻlash sharti bilan bankda
hisobga olindi. Bank hisob stavkasi 15%. Veksel egasi oladigan summani aniqlang.
PV = 100 000 x (1 – 0,15 x 90/360) = 96 250 birlik.
Mos ravishda bank tomonidan
100 000 – 96 250 = 3750
birlik bank foydasi sifatida
hisobga olinadi.
Mazkur amaliyotdan koʻrinib
turibdiki,
d
stavkaning belgilanishi
natijasida bank
diskont koʻrinishida daromad oladi, veksel egasi esa bankdan veksel nominalidan past
summani oladi.
Diskontlashning ikkala koʻrib chiqilgan usullarining qoʻllanishi bir-biriga nisbatan turli
natijalarni keltiradi. Bu holat
d=r
da ham shunday. Grafikdan koʻrinib turibdiki,
d
hisob stavkasi
r
odatiy stavkaga qaraganda diskontlanayotgan
summani bir muncha
tezroq kamaytirish imkonini beradi (3-jadval).