munosabatlarda bu tushuncha kengroq talqin qilinadi. Ya‘ni foiz stavkasi quyidagilarda
namoyon boʻladi:
-
amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha olinadigan foydaning
qoʻyilgan mablagʻ miqdoriga nisbati sifatida hisoblanadigan va foizlarda
yoki birlik
ulushlarda aks etadigan daromadlilik darajasini belgilovchi vosita sifatida;
-
kapitalning muqobil qiymati sifatida.
Oʻsib borish
tushunchasi foiz hisoblash natijasida dastlabki summaning ortib borishi
jarayonini anglatadi.
Oʻsib borish metodining iqtisodiy mazmuni operatsiyalarni amalga oshirish natijasida
dastlabki summaga qoʻshimcha ravishda olinadigan yoki olinishi mumkin boʻlgan
summa miqdorini aniqlashni anglatadi. Boshqacha aytganda oʻsib borish
metodi
ma‘lum bir
n
vaqtlar uchun belgilangan
r
foiz stavkasidan kelib chiqqan holda joriy
qiymat (
PV
)ning kelgusidagi qiymatini aniqlash imkonini beradi. Bunda
foydalaniladigan
r
stavka ba‘zida oʻsish stavkasi deb ataladi.
Diskontlash
tushunchasi pul mablagʻlarini joylashtirish jarayonida kelgusida ma‘lum
bir belgilangan summani olish (egalik qilish) uchun joylashtirish talab etiladigan pul
mablagʻi miqdorini aniqlashni oʻzida aks ettiradi.
Iqtisodiy ma‘noda diskontlash
orqali topiladigan
PV
miqdori ayni paytda belgilab
olingan
FV
kelgusi qiymat orqali aniqlab olinadi.
Ta‘kidlash kerakki, diskontlash mohiyatiga koʻra mablagʻlar miqdori oʻsib borishini
oʻzida aks ettiradi. Bu jarayonda foydalaniladigan foiz stavkasi
r
diskont normasi deb
ataladi.
Qayd etib oʻtish kerakki, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish shartlariga bogʻliq
ravishda mablagʻlar oʻsib borishini aniqlash
kabi diskontlash ham oddiy, murakkab
yoki uzluksiz (muntazam) foizlar qoʻllanilishi orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: