4.3. Murakkab foizlarni qoʻllash orqali pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymatini aniqlash Korporativ moliyaviy munosabatlarda va moliyaviy hisob-kitoblarda murakkab foizlar
muhim rol oʻynaydi. Bu haqda quyida atroflicha toʻxtalib oʻtamiz.
Murakkab foizlar bir yildan ortiq muddat davom etadigan moliyaviy operatsiyalar
boʻyicha hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi. Shu bilan birgalikda ulardan qisqa
muddatli moliyaviy operatsiyalarda ham foydalanish mumkin. Murakkab foizlar
ob‘ektiv sabablar tufayli qisqa muddatli moliyaviy operatsiyalarda bitim shartlariga
kiritilishi mumkin. Ob‘ektiv sabablar sifatida esa yuqori inflyatsiya darajasi, yuqori
riskli holatlarni keltirish mumkin. Bunda operatsiya muddati boʻyicha foiz hisoblash
uchun baza sifatida qoʻshimcha ravishda muddatlar boʻyicha foizlar hisobiga
jamgʻariladigan summani oʻz ichiga olgan holda shartnomada belgilangan summa
olinadi.
Murakkab foizlar boʻyicha oʻsib boruvchi qiymatni aniqlash Murakkab foizlar boʻyicha oʻsib boruvchi qiymatni aniqlash texnologiyasini quyidagi
misollarda koʻrib chiqamiz.
100 birlikka teng summa bankka 3 yil muddatga depozitga qoʻyilgan. Depozit stavkasi
yillik 8%. Depozit boʻyicha foiz bir yilda bir marta hisoblanadi. Muddat yakunidagi
depozit miqdorini aniqlang.
Mazkur operatsiya shartlari boʻyicha quyidagi koʻrsatkichlar ma‘lum:
Bankka qoʻyilgan dastlabki mablagʻ summasi
PV = 100 birlik, yillik foiz stavka
r = 8% va muddat
n = 3 yil.
Birinchi yil oxiriga kelgusi qiymat
FV ni aniqlaymiz:
FV 1 =PV + PV x r = PV (1 + r) = 100 x (1 + 0,08) = 108. Mos ravishda, ikkinchi yil uchun
FV miqdorini aniqlaymiz (
n=2 ):
FV 2 = FV 1 + FV 1 x r = PV (1 + r) + PV (1 + r) x r = PV (1 + r) 2 = 100 x (1 + 0,08) 2 = 116,64 birlik. Oxirgi yil uchun (
n = 3)
FV 3 = FV 2 + FV 2 x r= PV (1 + r) 3 = 100 x (1 + 0,08) 3 = 125,97 birlik.
Mazkur misol uchun murakkab foizlar boʻyicha oʻsib boruvchi kelgusi qiymatni
aniqlash sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan (12-rasm):