va xatosiz
deb qarash mumkin
bo’lgan fikrlar va ma’lumotlarga tayanishini talab qilish mumkin.
Bilim zamirida aniq, ishonchli va xatosiz asoslar yotishi lozim, degan tasavvur bilish
nazariyasidagi eng nufuzli yondashuv hisoblanadi. Unga antik faylasuflarning asarlaridayoq
duch kelish mumkin, eng aniq ko’rinishda va dasturilamal sifatida u YAngi davrda mashhur
faylasuflar F.Bekon, R.Dekart va J.Lokk tomonidan ta’riflab berilgan. Bu yondashuvni klassik
fundamentalizm deb nomlash, uning barcha muqobillarini esa, hozircha undan ma’lum darajada
chetga chiqish sifatida tavsiflash mumkin.
Bilim shakllari - Inson o’zini qurshagan olamni anglab yetadi, uni har xil usullar yordamida
o’zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiy-
texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma’naviy
(ideal) usul; uning doirasida sub’yekt va ob’yektning bilishga doir munosabatlari ular o’rtasidagi
ko’p sonli munosabatlarning biridir. O’z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar
amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o’zining har xil shakllarida
mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o’zaro bog’liq bo’lsa-da, lekin bir-biriga
o’xshamaydi va har bir biri o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Bilish, ma’naviy faoliyat shakli sifatida, jamiyat paydo bo’lgan davrdan va jamiyat bilan
birga ma’lum rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda. Bu bosqichlarning har birida bilish
jarayoni insoniyat tarixi mobaynida yuzaga kelgan rang-barang va o’zaro bog’langan ijtimoiy-
madaniy shakllarda amalga oshiriladi. SHu bois yaxlit hodisa sifatidagi bilishni biron-bir
shaklga, hatto so’zning o’z ma’nosidagi bilishni to’liq «qoplamaydigan» ilmiy shaklga ham
bog’lash mumkin emas. SHu sababli gnoseologiya umumlashtirish uchun faqat bir soha – ilmiy
bilimdan va hatto yuksak darajada rivojlangan tabiatshunoslikdan material olib, o’z xulosalarini
chiqara olmaydi.