sonlilik tamoyilini, aks ettirish, muayyanlik va atromorflik (ya’ni inson xususiyatlarini tabiat
ob’yektlariga o’tkazish), obraz va ob’yektni tenglashtirish kabilar mifologik bilishning o’ziga
xos xususiyatlaridir. Borliqni anglab yetish usuli sifatida mif inson, jamiyat, dunyoni
modellashtiradi, tasniflaydi va talqin qiladi.
SHaklan mif muayyan voqeani tabiatda yoki ma’lum xalqlar tarixida bo’lib o’tgandek
ifodalovchi rivoyatdir. Kosmogonik miflarda Logos yoki Aql harakatga keltiradigan va
boshqaradigan, iyerarxik tuzilishga ega bo’lgan yagona va yaxlit kosmos haqidagi tasavvur
shakllangan. SHu sababli kosmos oliy barkamollikka ega deb tasavvur qilingan. Bu tasavvurlar
kosmosning o’zgarishlarida tabiat hodisalarining uzluksiz aylanishini hosil qiluvchi yer, havo va
olov stixiyalari podsholigi sifatidagi talqinida muayyanlashgan.
Miflarda qat’iy rioya qilish lozim bo’lgan amaliy tavsiyalar ham ifodalangan. Garchi
mifologiyaning amaliy tavsiyalari isbotlanmagan va qoida sifatida belgilangan bo’lsa-da, ular
odamlarning juda ko’p avlodlari tajribasini umumlashtirish mahsuli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: