qurilmalar
ko’rsatkichlar
KOBOS-1 BF-500
BGU-25 BGU-50
BGU-100
Unumdorlik, go’ng bo’yicha,
m
3
/sut
35-50 80 2 4 8
Biogaz
chiqish miqdori, m
3
/sut 260
200
20
40
80
Reaktor hajmi, m
3
/sut 2x125
500
25 50
2x50
Ishlov berish davri, sut
5-10
5
10
10
10
Ishlov berish harorati,
0
S 40
55 35 35 35
Komplekt massasi, t
90
43
5
7
11
Biogaz qurilmalar go’nga ishlov berish davri va sutkalik yuklash miqdori bo’yicha ham
bir-birlaridan farqlanadilar (5dan 30 sutkagacha ishlov berish vaqti va 3,3 dan 20%gacha bir
sutkalik yuklash miqdori). Metanteklarni solishtirma hajmi bir shartli boshga Vengriyada
2,57m3 bo’lsa, Rossiyada (KOBOS) 0,625m3 ; biogazni miqdori ham 0,5 m3/bosh dan
2,0m3/boshgacha.
SHuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, metanogenez jarayni anchagina issiqlik energiyasini
talab qiladi. Harorat qancha baland bo’lsa, qo’shimcha issiqlikka ketadigan harajat shuncha
baland bo’ladi. SHuning uchun ham metanogenez tezligini harorat ta’sirida ko’tarishni
salbiy
tomonlari ham mavjud. Biogaz qurilmalarini iqtisodiy samarasi muayyan region yoki xo’jalikni
sharoitlari bilan uzviy bog’liqdir.
SHimoliy mintaqalarda issiqlikni iqtisod qilish maqsadida mezofil rejimdan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Bunday sharoitda reaktorni ishchi hajmi va chegirib qolingan vaqt
ko’payadi. Misol tariqasida Finlyandiyani «AV Enbom» firmasi tayyorlagan, Laplandin
sharoitida (330Sda) ishlaydigan biogaz qurilmasini keltirish mumkin. Ba’zan
issiqlik
harajatlarini kamaytirish va biogaz miqdorini oshirish maqsadida metanogenerasiyani ikki
fazada: kislotogen va metanogen fazalarida o’tkaziladi. Birinchi faza 30-350S, ikkinchisi esa
550S da olib boriladi.
Biogaz hosil bo’lish ko’rsatkichlari bu reaktorlarda 0,67 dan 2,55 m3/m3 kun. teng bo’ladi.
Rossiyada tayyorlangan KOBOS-1 qurilmasi namligi 89-96 % bo’lgan suyuq go’ngni
sifatli, zararsizlantirilgan, dezodarasiya (badbo’y hidi yo’qolgan) qilingan o’g’itga
aylantirish
bilan birga chorvachilik kompleksini sanitar holatini tuzatish va biogaz olishga mo’ljallangan.
Go’ngni mexanik yoki gidravlik yo’l bilan chiqarishga mo’ljallangan chorvachilak komplekslari
va fermalarida ishlatiladigan texnologik liniya tarkibida ishlatiladi.
BF-500 biofiltrli cho’chqa axlatlarini oldindan ajratilgan suyuq fraksiyasidan birgaz
olishga mo’ljallangan.
BGU-25, BGU-50 va BGU-100 biogaz qurilmalari, 100, 250 va 500 bosh cho’chqa
boqadigan fermalar uchun ularni sanitar holatini yaxshilash va biogaz olish uchun yaratilgan.
Olingan biogaz ozuqa tayyorlash uchun issiqlik manbai sifatida ishlatiladi.
Biogaz qurilmalarini samaradorligi tabiiy-iqlim sharoitiga bog’liq bo’lganligi
uchun ham
keng miqyosda o’zgarib turadi. Samaradorlik bijishga tayyorlangan moddalarni turiga, sifatiga,
tarkibiga, holatiga, hamda qurilmani texnologik va texnik parametrllariga
hamda ishlash tartibiga
bog’liq. Taqqoslash uchun olingan energiya tashuvchining bahosi qancha baland bo’lsa, biogaz
qurilmasining samaradorligi ham shuncha baland bo’ladi.
Amerikalik olimlarning hisob-kitoblaricha doimiy rejimda ishlaydigan biogaz
qurilmalarida ishlab chiqariladigan biogazni tannarhi 0,27-0,52 dollar/m3 ga teng bo’lar ekan.
Bunda biogaz qurilmasi ishlab chiqarishning q20S gacha bo’lgan sharoitda energichga bo’lgan
talabini qondirishi lozim. Iqlim qo’rsatilgandan past bo’lgan hollarda tashqaridan energiya
kiritish lozim.
Dezodarasiya va sifatli o’g’itdan
foydalanishni hisobga olganda, 1m3 biogazni tannarhi 15-
20 % ga pasayadi (faqat biogaz olishga ketgan harajatlarga nisbatan).
AqSH sharoitida yirik chorvachilik komplekslarida biogaz ishlab chiqarishga ketadigan
kapital solishtirma harajat quyidagi jadvalda ko’rsatilgan (8.9-jadval).
8.9-jadvaldan ko’rinib turibdiki, biogaz ishlab-chiqarish o’rta (mol soni 1000 dan
10000gacha bo’lgan) va katta hajmdagi (mol soni 10000 mingdan ko’proq) fermalarda iqtisodiy
samaraliroq bo’lar ekan. Bu jadval shuningdek biogazni tannarxi
tabiiy gazga nisbatan juda
baland ekanligi ko’rsatib turibdi. Bu ko’rsatkich biogaz ishlab chiqarishdan olinadigan boshqa
samaralarni hisobga olinmaganligi bilan tushuntiriladi. Hisob kitoblarda, o’g’itni yoki to’plangan
mikrob biomassasidan ajratib olinadigan oqsil-vitamin kompleksin,
shuningdek olinadigan
ekalogik samaradorlik e’tiborga olinmagan. Nepallik mutaxassislarni hisob kitoblariga ko’ra,
o’g’it sifatida qayta ishlangan go’ngni bahosi biogaznikiga nisbatan etti marotaba ko’proq bo’lar
ekan.
8.9-jadval
Dostları ilə paylaş: