Biotexnologiya asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   139
Biotexnologiya asoslari

 
 
Energiyani qayta hosil qilish 
 
Hozirgi vaqtda biotexnologiyaning yangi yo’nalishi shakllanmoqda. Bu yo’nalishni - 
energiya biokonversiyasi deb atash mumkin. 
Energiyaning biokonversiyasi deganda biologik mahsulotlar va qonuniyatlar asosida bir 
energiya turini boshqa biriga transformasiya qilish (aylantirish) xususiyatlari tushiniladi.
Ayni vaqtda biologik tizimlarda energiya hosil qilish texnologiyasini yaratish tadqiqotlari 
bir necha yo’nalishlarda faol rivojlanmoqda: 
1.
quyosh energiyasidan ekologik toza va turg’un yoqilg’i energiyasini hosil qilish;
2.
Sellyuloza saqlovchi xom-ashyolardan yuqori kolloriyali yoqilg’i olish, chiqindilar va 
oqovalardan spirtlar, metan, vodorod, uglevodorodlar ishlab chiqarish usullarini 
rivojlantirish; 
3.
Bevosita yoqilg’i energiyasidan elektr energiyasi hosil qilish. Har doim tirik hujayralarda 
stabil elektron molekulalar ionlar majmuasidan samarali konversiya vujudga kelib turadi, 
masalan: anaerob nafas olishda elektron-transportli zanjir
4.
Biologik mikroqurilmalar yaratish, shu jumladan biokimyoviy signallarni elektrik 
signallarga aylantiruvchi ditektorlar va biologik mahsulotlardan (fermentlar, antigenlar
hujayra va x.k) tuzilgan bioaniqlagichlar (biodatchiklar) yaratish. 
Mazkur bo’limda energiya biokonversiyasining elektrokimyoviy energiya bilan bog’liq bir 
necha yo’nalishlari haqida so’z yuritiladi. Energiya biokonversiya tizimlari ayni vaqtda har doim 
maxsus xususiyatlariga ko’ra ulardagi jarayonlarning o’rganilganligi, texnologik qulaylikka 
yaqinligi bilan farq qiladi. 
Energiya biokonversiya tizimidagi qator muammolar izlanishlar boshida hamda ulardan 
foydalanish jarayonlarida vujudga keladi. Zamonamiz talablaridan kelib chiqqan holda yangi 
yaratilajak istiqbolli texnologiyalar ularni atrof muxit va biosfera bilan munosabatlari uzviy 
bog’liq bo’ladi. Energetikaning atrof-muhit bilan o’zaro munosabati ekologiya sohasida 
“enerkologiya” termini bilan atalishi taklif etilgan. 
Enerkologik nuqtai nazardan keng asoslangan istiqbolli energiya turlaridan biri atom 
energiyasi bo’lsada, ularning bir qator salbiy xususiyatlarga egaligi shu jumladan, issiqlik 
ajratishi, radiaktiv nurlar chiqarishi va x.k ko’pchilikka ma’lum. 


YAngi energiya manbalarini izlash, eng avvalo erning issiqlik balansiga zarar 
etkazmaydigan tizimlar ishlab chiqishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Ayni vaqda ma’lum 
bo’lgan bunday manbalardan biri- ekologik toza bo’lgan quyosh energiyasidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin