spirt,
askorbat, aspirin, aminokislotalar va ko’pgina boshqa moddalar miqdorini o’ta aniqlik
bilan o’lchash uchun biosensorlardan foydalanib kelinmoqda..
Hozirgi vaqtda biosensorlardan gazlar va engil uchuvchan mahsulotlarni aniqlashda
foydalanishni sanoat miqyosida ishlatish usullari amaliyotga tadbiq etildi. Biosensorlarni asosiy
biotexnologik elementi sifatida ko’pincha turli xil fermentlardan foydalaniladi.
Elektrokimyoviy,
kolorometrik va optik biosensorlar ishlab chiqarishda xususan: glyukozosidaza, laktooksidaza,
peroksidaza, uriaza, S sitoxrom fermentlari ishlatilmoqda.
Gazli fazada biosensorlarda formaldegidgidrogenazalar (formaldegid juftini aniqlash
uchun) va xolinesterazalardan (fosfororganik pestisidlarni aniqlash uchun)
muvaffaqiyatli
qo’llanilmoqda. Keyingi vaqtda biotexnologiyaning bu sohasida asosiy o’rinlardan birini
biosensorlarning yangi avlodi immunosensorlar egallay boshladi. Biosensorlarning - biologik
reseptorlarning turli xil elektrodlar birikmalarini yaratish katta istiqbolli va yangi yo’nalishdir.
Bozorda (sabzavot va mevalar tarkibidagi nitrat, nitrit va
xilma xil yadoximikatlarni
aniqlash uchun) biosensorlarga talab kundan kunga uzluksiz ortib bormoqda, bunga quyidagi
ko’rsatkichlar guvohlik beradi: 1986 yilning o’zidagina AqSH da biosensorlar ishlab chiqarish
umumiy miqdori 14,4 mln. dollarni tashkil etgan bo’lsa, 1991 yilga kelib esa 365 mln.
dollarni
tashkil etganligi qayd etilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashlaricha bu usuldan foydalanish Yaponiya va Evropa davlatlarida
ham keng tarqalmoqda.
Dostları ilə paylaş: