3
KIRISH
Mamlakatimizda oliy taʼlimni tizimli
isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy
fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori
malakali kadrlar tayyorlash
jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy hamda oliy taʼlimdan
keyingi taʼlimni modernizatsiya qilish, ilg‘or taʼlim texnologiyalariga asoslangan
holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, oliy taʼlim
muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari
natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy
faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish
kadrlar tayyorlashning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Taʼlim sifatini yanada takomillashtirish, uzluksiz taʼlim tizimining barcha
bosqichlarida o‘qitish sifatini taʼminlash, yetuk
mutaxassislarni tayyorlash
tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu yo‘nalishdagi o‘quv
dasturlarining
uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash hozirgi paytda davr talabiga aylanib
bormoqda.
“Ta’limda menejment” ixtisosligi bo‘yicha dasturning maqsad va
vazifalari:
talabgorning ta’lim menejmentiga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirish, ularni amaliyotda qo‘llay bilish va ushbu sohaga oid barcha
bilimlarni chuqurlashtirilgan holda o‘zlashtirish, boshqaruv sohasidagi bilim va
ko‘nikmalarni ilmiy faoliyatida qo‘llay olishi
malakasini shakllantirish, ta’lim
menejmentining qonuniyatlari,
tamoyillari, metod va usullarini aniqlash,
tahlil
etish, ushbu sohada mukammal bilimlarni egallash va uni amaliyotga tadbiq eta
olishlik hamda mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning nutqlaridagi
umuminsoniy va maʼnaviy-axloqiy tamoyillarni bilish; hozirgi zamonaviy taʼlim
texnologiyalarini bilishi hamda ularni amaliyotda qo‘llay olishiga o‘rgatishdan
iborat.