Antivitaminlar Vitaminlarning ochilishi ko‘pgina yuqumli kasalliklarni davolash
va oldini olishda muhim rol o‘ynadi. Chunki bakteriyalar o‘zining o‘sishi
va ko‘payishi uchun vitaminlarning bo‘lishi, kofermentlarni sintezlashga
muhtojdir. Organizmga vitaminlar struktur analoglarini –
antivitaminlarni, kiritish mikroorganizmlarni halok bo‘lishiga olib
keladi. Antivitaminlar odatda fermentlarning faol markazlarini bog‘lab
olib, u yerdan vitaminlarni (koferment) siqib chiqarib, ularning raqobatli
ingibirlanishini vujudga keltiradilar. Antivitaminlar organizmga
kiritilgandan keyin gipo- va avitaminozning klassik ko‘rinishini keltirib
chiqaradigan moddalar kiritiladi.
Hozirgi vaqtda antivitaminlar 2 guruhga bo‘linadi:
1. Nativ vitamin tuzilishiga o‘xshash bo‘lgan strukturaga ega
bo‘lgan antivitamin.
2. Vitaminlar kimyoviy tabiatini o‘zgartiradigan yoki ularning
so‘rilishi, transport qilinishini pasaytiradigan antivitaminlar.
Shunday qilib, ta’sir mexanizmiga bog‘liq bo‘lmasdan vitaminlar
biologik faolligini pasaytiruvchi yoki umuman yo‘qotuvchi moddalarga
antivitaminlar deb aytiladi. Qurilishi o‘xshaydigan antivitaminlar tub
ma’noda antimetabolitlar bo‘lib, apoferment bilan birikkanda noaktiv
ferment komplekslarini hosil qiladilar. Vitaminlarning strukturasi
o‘xshaydigan analoglaridan tashqari biologik tabiatga ega bo‘lgan
antivitaminlar tafovut etiladi. Ularga tiaminaza 1 va 2 kiradi, tiamin
molekulasi parchalanishini vujudga keltiradi, askorbatoksidaza, vitamin
Cni parchalanishini katalizlaydi, avidin oqsili biotinni bog‘lab noaktiv
kompleks hosil qiladi.
Ko‘pchilik antivitaminlar davolash vositalari sifatida bioximik va
fiziologik jarayonlarga bevosita ta’sir etuvchi sifatida qo‘llaniladi. Qon
ivishiga qarshi preparat sifatida yog‘da eruvchi vitamin K antivitamini
sifatida dikumarol, varfarin va tromeksan qo‘llaniladi. Yaxshi
o‘rganilgan antivitaminlarga tiamin antivitamini oksitiamin, piri- va
neopiritiamin, riboflavinning – atervin, akrixin, galaktoflavin,
izoriboflavin (ular barchalari FAD, FMN sintezida vitamin B
2
bilan
raqobatlanadi), piridoksin uchun – dezoksipiridoksin, sikloserin,
izoniazid tuberkuloz mikobakteriyalariga antibakterial ta’sirga ega.