158
Inozit
Mioinozit biologik faollikka egadir. Inozit hamma to‘qimalardagi
inozitfosfatlar, ayniqsa, nerv to‘qimalari tarkibiga mansub. Ular
biomembranalarda fosfat guruhlar almashinuvida qatnashadi, sitozolda
regulyatorlik vazifasini o‘taydi. Inozit
lipotrop omil hisoblanadi,
uchatsilglitseridlar to‘planishini oldini oladi va fosfolipidlar sintezini
kuchaytiradi.
Inozit go‘sht va o‘simlik mahsulotlarida keng tarqalgan. Asosan,
go‘sht mahsulotlarida miya, jigar, tuxum sarig‘i, non, kartoshka,
yashil
no‘xat, qo‘ziqorinda ko‘p uchraydi. Bir kunlik ehtiyoj miqdori 1,5-2
gni tashkil qiladi.
Orotat kislota
Orotat kislota pirimidin asoslar va nukleotidlar sintezining
o‘tmishdoshi hisoblanadi. Uning biologik faol shakli orotidil-5-fosfatdir.
Orotat kislota nukleotidlar va nuklein kislotalar sintezini oshirishi
hisobiga oqsil sintezi, hujayra bo‘linishi, o‘sishi
va rivojlanishini
ta’minlaydi.
Orotat kislotasi go‘sht mahsulotlarda keng tarqalgan.
S-metilmetionin (vitamin U)
Vitamin U metioninni metillashgan shaklidir. U metil guruhlar
donatori hisoblanib, to‘qimalarda holin va holinfosfatlar, kreatin va
boshqa moddalar sintezida ishtirok etadi.
Vitamin U antiulserogen
modda hisoblanadi va klinikada keng qo‘llaniladi. Lipotrop xususiyatga
ega.
Vitamin U xom sabzavotlarda, ayniqsa, karamda ko‘p uchraydi.
Karnitin
Karnitin biosintezi jigarda kechadi, aminokislota
lizin metillanishi
hisobiga bir necha bosqichlardan so‘ng hosil bo‘ladi. Biologik faol bo‘lib
karniti hisoblanadi. Uzun zanjirli yog‘ kislotalar va atsil guruhlarni
mitoxondrial membrananing lipid qavatidan o‘tishini ta’minlaydi va
shu sababli yog‘ kislotalar oksidlanishi hamda ulardan energiya hosil
bo‘lishini boshqaradi. Karnitin me’da osti bezini tashqi sekretor
funksiyasini
faollashtiradi, spermatogenez va spermatozoidlar
harakatchanligini ta’minlaydi, regeneratsiya jarayonlarini kuchaytiradi.
159
Odamlar mushagida karnitin miqdorini kamayishi ularning
bo‘shashishi, distrofiyasi va mushak tolalarini noziklashishiga olib
keladi.
Karnitin keng tarqalgan modda, ayniqsa, go‘sht mahsulotlarda
uning miqdori ko‘p. Bir kunlik ehtiyoj miqdori: 500 mg.
Lipoat kislota
Lipoat kislota ozuqa mahsulotlari bilan tushadi. To‘qimalarda lipoat
fermentlarining apofermenti faol markazidagi lizinning NH
2
-guruhlari
bilan kovalent bog‘lanadi.
Lipoat kislota piruvat, a-ketoglutorat va
boshqa ketokislotalar oksidlanishidagi ferment komplekslar tarkibiga
kiradi.
Lipoat kislota sut va go‘sht mahsulotlarida, xamirturushda ko‘p
uchraydi.
Dostları ilə paylaş: