Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#200703
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash tex

O’LCHASH SHAROITI. 
LPS-4 qurilmasida sinashdan aval namunalar GOST 10681 bo’yicha klimatik 
sharoitda 2 soat saqlanadi. 
Agar paxta tolasining namligi 6 dan 10 % gacha bo’lsa, shuningdek namlik 6 
% dan kam 10 % dan ko’p bo’lgan hollarda LPS-4 qurilmasida o’lchash uchun 
tasdiqlangan qo’llanmaga muvofiq tuzatma kiritilsa, klimatik sharoitda saqlamasdan 
tajriba o’tkazishga ruxsat etiladi. 
Tolaning pishib etilganlik koeffisientini qutblangan yorug’likda tayyorlash 
O’zRST 604 va O’zRST 614 ga muvofiq bajariladi. 
O’LCHASHNI BAJARISHGA TAYYORGARLIK. 
Paxta tolasidan namuna tanlab olish, namuna piltasini sinashga tayyorlash 
O’zRST 604 va O’zRST 614 ga muvofiq bajariladi. 
O’LCHASHLARNI BAJARISH. 
Pishib etilganlikni qutblangan yorug’likda aniqlash usuli. 
Qutblangan uskunani ikkita vint bilan mikroskopning predmet stoliga 
shunday mahkamlanadiki, bu holda mikroskop ob’ektivi yuqori qutblantirgich 
uskunasini markazidan ustida joylashgan bo’lsin. 
Namuna piligidan 25-30 mg massada taram (shtapel) tayyorlanadi. Taram 
qora duxobali taxtacha ustiga qo’yilgan to’rtta predmet oynalariga qisqich yordamida 
tola tarqalishiga yo’l qo’yilmagan holda to’liq taxlanadi. 


34 
Tolalar bir tekis qatlamda bir-biriga parallel holda shunday taxlanadiki, bunda 
mikroskop ostida qaralganda ko’rilgan qismda paxta tolasi 40-50 ta atrofida bo’lishi 
kerak. Ko’rilgan paxta tolalarining umumiy soni 300-400 dan kam bo’lmasligi kerak. 
Har bir tola joylangan predmet oynachasini ketma-ket qutblantirgich uskuna 
stoliga mahkamlanadi. 
Paxta tolalari kesishgan qutblantirgichlarda ko’riladi. Bunda ko’rinish 
qismdagi qutblangan yorug’likda kristall plastinkalari qizil rang asosini ta’minlaydi 
va pishib etilganligiga qarab har xil interferension bo’yalgan paxta tolalari ko’riladi. 
Paxta tolasining pishib etilganlik darajasi uning keng qismidagi eng past 
interferension bo’yalishi asosida aniqlanadi. 
4-rasmga binoan paxta tolasining qutblangan yorug’likda bo’yalishi, to’rtta 
pishib etilganlik guruhiga bo’linadi. 
4-rasm.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin