Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#200703
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash tex

O’LCHASHNING XATOLIK ME’YORI. 
Pishib etilganlik koeffisienti bo’yicha parallel namunalarning natijalari 
orasidagi ruxsat etilgan tafovut (usulning yaqinligi) quyidagilardan oshmasligi kerak: 
-qutblangan yorug’likda ikkita namuna orasida ko’pi bilan –0,1;
-to’rtta namuna, maksimum va minimum qiymatlari o’rtasida havo 
o’tkazuvchanlik bo’yicha, ko’pi bilan – 0,03 yoki LPS-4 shkalasiga nisbatan Pa (mm 
suv ustuni) da 2,5 %. 
Pishib etilganlik koeffisientining sinash natijalari orasidagi ikki turli 
laboratoriya yoki bir laboratoriyada har xil sharoitda (usulning tiklanishi) olingan 
ikkita sinash orasidagi ruxsat etilgan tafovut –0,1 dan oshmasligi kerak. 
O’LCHASH USULLARI, YORDAMCHI QURILMALAR. 
Qutblangan yorug’likda pishib etilganlikni aniqlash usuli: 
80-120 marotaba kattalashtiradigan har qanday markali mikroskop; 
25 x 76 yoki 13 x 76 mm o’lchamli oynachalar to’plami; 
Mikroskop uchun qutblantiruvchi uskuna; 
VT-200 torsion tarozisi yoki shunga o’xshash boshqa markadagi tarozi
Tolalarni taxlash uchun qisqich № 1; 
Tolalarni predmet oynachalarga taxlashda kerakli duxoba qoplangan taxtacha; 
Tola joylashgan juft oynachalarni qistirish uchun qisqich; 
Namunaning havo o’tkazuvchanligi bo’yicha pishib etilganlikni aniqlash 


33 
usuli; 
LPS-4 qurilmasi; 
Shkalaning oraliq darajasi 10 mg dan ko’p bo’lmagan, eng katta tortish 
chegarasi 1 kg gacha, GOST 24104 bo’yicha aniqligi 4-sinfga mansub bo’lgan 
laboratoriya tarozilari; 
AX yoki FM-30 tipidagi, yoki boshqa o’xshash markadagi paxta 
analizatorlari. 
Pishib etilganlikni aniqlash usullarini tekshirish uchun maxsus tartibda 
tasdiqlangan paxta tolasining standart (etalon) namunalari. 
O’LCHASH USULLARI. 
Paxta tolasining pishib etilganligi devor to’qimalari qalinligining o’zgarishida 
ro’yobga chiqadigan selyuloza to’planishi va g’o’zaning o’sish davrida tola ichki 
strukturasining o’zgarishi bilan tavsiflanadi. 
Pishib etilganlikni qutblangan yorug’likda aniqlash usuli, qutblangan 
yorug’likda kesishgan qutblantirgichlarda interferension bo’yalishini tolaning ichki 
tuzilishi va qalinligiga bog’liqligiga asoslanadi. 
Pishib etilganlikni havo o’tkazuvchanlik bo’yicha aniqlash usuli tola 
qalinligining uni havo o’tkazuvchanligiga bog’liqligiga asoslangan. Bu nisbat 
seleksion navlar bo’yicha LPS –4 uchun maxsus jadvalda berilgan. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin