Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#200703
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash tex

O'LCHASH SHAROITI. 
Namunalarni sinashdan avval GOST 10681 bo'yicha standart klimatik 
sharoitda, xarakatdagi havo oqimi ostida 4 soat yoki 12 soat davomida xarakatsiz 
havo oqimi ostida yoki namuna massasi o'zgarishi 2 soat ichida 0,25% dan oshmagan 
xollarda undan kam vaqt davomida saqlanadi. 
LPS-4 qurilmasi tajriba o'tkazishdan avval namuna Uz RST 618 bo'yicha 
klimatik sharoitda saqlanadi. 
O'LCHASHGA TAYYORGARLIK. 
Dinamometrdan foydalanish shart sharoitlariga muvofiq tekshirish va standart 
namunalarda nazorat sinovlari o'tkazib ko'rsatkichlarni aniqlash tavsiya etiladi. 
Agar solishtirma uzilish kuchini standart namunalarning ruxsat etilgan
me'yorlardan yuqori bo'lgan takroriy xatosi mavjud bo'lsa, sinov natijalariga maxsus 
to'g'irlov koeffisiyenti belgilash ruxsat etiladi. To'g'irlov koeffisiyenti 

– standart
namuna solishtirma uzilish kuchining me'yorlangan kattaligini dinamometrda
olingan xaqiqiy solishtirma uzilish kuchiga nisbatiga teng. To'g'irlov koeffisiyenti
aniqlash belgilangan tartibga ko'ra tasdiqlangan qo'llanmaga muvofiq aniqlanadi.
Bunda dinamometr tekshiruv qo'llanmasi bo'yicha belgillangan texnik va 
metrologik ko'rsatkichlarga muvofiq kelishi kerak. 
Sinash uchun namuna Uz RST 604 yoki Uz RST 614 bo'yicha tanlab olinadi. 
O'LCHASHLARNI BAJARISH. 
Pressli qisqichli dinamometrda yassi tutamli tolalarni uzish usuli. Yakuniy 
plitadan MPU-1 yordamida taram tayyorlab olinadi, uni siyrak ignali tarmoqda (1sm 
da 10 igna) taraladi va pressli qisqichlariga joylab tolalarni qisqichdan chiqib turgan 
qismi qirqib olinadi. Bunda tolalar soni sanalmaydi. 
Qisqichlar bloki dinamometrning qisqich ushlashlariga o'rnatiladi, bunda 
qisqich berkitkichlari chap tarafda bo'lishi kerak. Taramcha uzib olingandan so'ng 
blok qisqich ushlagichdan olinadi va xama tolalar uzilishda ishtirok etilganligi 
tekshiriladi. Agar xama tolalar uzilishda ishtirok etmasa, yoki qisqichlarga nisbatan
burchak ostida notekis uzilgan bo'lsa, ushbu tajriba noto'g'ri xisoblanadi. So'ngra blok 
qisqichga o'rnatiladi. Kalit bilan yuqori va pastki qisqichlar vintlar bo'shatilib,


45 
traversiya yuqoriga ko'tariladi. Pinsent yordamida uzilgan taramchalarni avval 
birinchi yarmini, so'ngra ikkinchi yarmi chiqarib olinadi, va vaqtincha ikkita buyum 
oynachalari orasiga joylanadi. Barcha taramchalar uzib olingandan so'ng, uzilgan 
bo'laklar birga taxlanadi va GOST 10681 bo'yicha klimatik sharoitda 1 soat davomida
saqlab vazni o'lchanadi. Massa qiymati 0,05 mg aniqlikda yoziladi. Yassi tutamlarni
riflen qisqichli dinamometrlarda uzish usuli. Namuna plitasidan bo'yiga ikkita
namuna qismi ajratib olinadi. Birinchi qismi 1-jadvalga muvofiq dinamometrda
tajriba o'tkazish uchun, ikkinchisi chiziqli zichlikni va 1 mg dagi tolalar sonini
aniqlash uchun. 
17-jadval. 
Paxta tolasining uzunligi 
Uzilish kuchini aniklash uchun tortim
massasi, mg 
35,1 gacha 
50-60 
35,2-45,1 
60-70 
45,2 va yukori 
70-80 
Xar bir namuna qismidan ko'lda qisqich va tayanchli, duxoba qoplangan 
taxtacha yordamida bir tomoni tekis bo'lgan taram tayyorlanadi va taroq yordamida 
taraladi. Tayyorlangan birinchi taram 10 ta katta bo'lmagan taramchalarga xar bir 
taramchaga barcha uzunlikdagi tolalar kirishi va bu taramchalarning uzilish kuchi 
1500-2000 gk dan kam bo'lmaydigan qilib bo'linadi. Qisqichga taramni o'rnatishdan
avval taram yana bir marta to'g'irlanadi. Bunda tolani chiqib ketishiga yo'l 
qo'yilmaydi. Barcha 10 ta taramchalar birin ketin yuqori qisqichga o'rnatiladi.
Taramchalarni tekis tomoni bilan yuqori qisqichga joylashtirish o'lchamlari 18–
jadvalga muvofiq bajariladi. 
18- jadval 
Paxta tolasining uzunligi, mm 
Yuqori qisqichga taramning o'rnatish
o'lchami, mm 
35,0 

35,2-45,1 
10 
45,2 va yuqori 
13 
Taramchani ikkinchi uchi pastki qisqichga tolalar bir xil tortilib siqiladi. 
Uzilgan taramchalar GOST 10681 bo'yicha standart klimatik sharoitda 1 soat 
davomida saqlanadi va massasi o'lchanadi. Massa qiymati 0,05 mg aniqlikda 
yoziladi.
Namunaning solishtirma uzilish kuchini xavo o'tkazuvchanlik bo'yicha
aniqlash LPS-4 qurilmasida bajariladi.


46 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin