52
bilan ikki qisqichning vinti buraladi. Vertikal o'qda aylanuvchi qisqichning ustunlari
nazorat nuqtasi – fiksatorga kelguncha kalit bilan buraladi. Vint bo'shatilib, richag
tepaga ko'tariladi va qisgichdan yuqori xamda pastki qisqich bloki, o'rtadagi
qatlam
bilan birga bo'shatib olinadi. Olingan blok stolga shunday qo'yiladiki, bunda pastki
qisqich klassifikatorga karashi kerak, so'ngra chap qo'lning o'rta barmog'i bilan stolga
mahkam bosib turiladi. Taramchaning qisqichdan chiqib turgan qismi tortiladi va
cheti maxsus pichoq bilan kirqib olinadi. Keyin blok qarama-qarshi tomonga burilib,
taramchaning chiqib turgan ikkinchi cheti qirqib olinadi. Qirqilgan taramchaning
chetlari tashlab yuboriladi. Blok yana qisqichga joylashtiriladi, qisqichlar ochiladi va
qirqilgan taramcha qismi pinset yordamida olinib, vaqtincha juft buyum
oynachalariga joylashtiriladi. Xuddi shunday tartibda boshqa taramchalarning o'rta
qismi qirqiladi, so'ngra xamma taramchalarning qirqilgan o'rta
qismlari birga
qo'shilib, 0,05 mg aniqlikda tortiladi.
Agar chiziqli zichlik bilan birgalikda shu taramchaning solishtirma uzilish
kuchini ham dinamometrda aniqlashga to'g'ri kelsa, bu holda taramcha qismlari tola
uzilgandan keyin tortiladi. Uzilgan tolalar qisqichdan bo'shatib olinadi va tarozida
tortishdan avval GOST 10681 bo'yicha klimatik sharoitda 1 soat davomida saqlanadi.
Paxta tolasi chiziqli zichligini qo'l bilan taram tayyorlash yordamida
gravimetrik aniqlash usuli.
Namuna piltasidan 20-jadvalda ko'rsatilgan massadagi tortimcha ajratiladi.
20-jadval
Paxta tolasining uzunligi, mm
Chiziqli zichlikni aniqlash uchun
tortimcha massa, mg
35,1 gacha
35-45
35,2 – 45,1
40-45
45,2 va
undan yuqori
50-60
Qo'l bilan taram tayyorlanadi, keyin №1 qisqichi va tirgovichlari bor taxtacha
yordamida bir cheti tekis taram tayyorlanadi. Taxtachada tayyorlangan taram pinset
yordamida olinib, uning tekis cheti chap qo'lning barmoqlari bilan qisiladi va
qaytadan №1 qisqichi yordamida tirgovichlari bor taxtachaga qo'yiladi. So'ngra taram
millimetr qog'oziga ko'chiriladi. Taramning tekis chetiga qarama-qarshi tomonidagi
chetidan №1 qisqichi yaqinlashtirilib, tekis chetidan 21-jadvalda berilgan A masofada
taram qisiladi.
21-jadval
53
Paxta toloasining
uzunligi, mm
Taramning tekis chetidan
tarash uchun qisilgan A
masofa, mm
Qirqgichga taramni
o'rnatishdagi B o'lcham,
mm
35,1 gacha
16
5
35,2-45,1
20
7
45,2 va
undan
yuqori
25
9
Qisilgan taram: avval siyrak - 10 igna/sm, so'ng zich - 20 igna/sm li metall
taroq bilan taraladi. Taram asta-sekin: birinchi marta tekis chetiga yaqin, ikkinchi –
uzoqroq va uchinchi – qisqich yonidan boshlab taraladi. Keyin taram № 1 qisqichdan
bo'shatilib, taralgan qismi chap qo'l bilan to'liq qisiladi va qolgan qismi avval siyrak,
so'ngra zich taroqda ikki marta taraladi. Umumiy soni taxminan 2500-3000 tolaga
teng bo'lgan taralgan taramdan №1 qisqichi yordamida tola uzunligi bo'yicha 10 dan
kam bo'lmagan guruhlarning xar birini predmet oynachalariga taxlanadi. Har bir juft
predmet oynachalaridagi tolalarning soni 120-250 marta kattalashtiruvchi mikroskop
yordamida sanaladi. Sanalgan tolalar pinset yordamida ehtiyotlik bilan bir
tutamchaga tolalarning bir cheti bir chiziqda qoladigan qilib yig'iladi.
Olingan tola
tutamchasi taroq bilan taraladi. Taraganda chiqqan tolalar soni umumiy tolalar
sonidan olib tashlanadi.
Keyin tutamcha qirqgichga tolalarning egri-bugriligini taramni tortish
yordamida yo'qoladigan qilib joylashtiriladi. Qirqgichga taramni o'rnatishda uning
tekis chetidan qoldiriladigan B masofa 2 - jadval bo'yicha olinadi.
Taramning (10,0 + 0,1) mm uzunlikdagi qirqilgan o'rta qismi GOST 10681
bo'yicha klimatik sharoitda 1 soat davomida saqlanadi. So'ngra VT-20 torsion
torozida 0,05 mg aniqlikda tortiladi.
Chiziqli zichlikni havo o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash usuli LPS-4
qurilmasida O'z RST 618 ning 6,2 bandi bo'yicha bajariladi.
Mikroneyr ko'rsatkichini havo o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash usuli:
Birlashtirilgan yoki nuqtadan olingan paxta tolasi namunasining turli joyidan
sinash uchun ikkitadan kam bo'lmagan namuna olinadi. Namuna har xil iflosliklar:
urug'lar, qum, shox bo'laklari va boshqalardan qo'l bilan tozalanadi. Qo'l
bilan
tozalangan paxta tolasidan sinash uchun massasi qo'llanilayotgan mikroneyr tipiga
mos namuna tanlab olinadi.
Mikroneyr ko'rsatkichini aniqlash uchun LPS-4 qurilmasi qo'llanilganda sinash
uchun namuna massasi (9,0+ –0,02) gr. Sinash uchun namuna kichik-kichik
qismlarda qurilmaning kamerasiga tolalarning to'p-to'p bo'lib yig'ilib qolishiga yo'l
qo'yilmaydigan qilib joylashtiriladi. Zichlashgan va yig'ilib qolgan tolalar albatta qo'l
bilan titiladi. Namuna orqali qurilmaning konstruksiyasiga bog'liq bo'lgan ma'lum
54
bosim (yoki oqim) ostida havo oqimi yuboriladi. Asbob shkalasi bo'yicha hisob + –1
foiz aniqlikda bajariladi.
Mikroneyr va LPS-4 asboblarida mikroneyr ko'rsatkichini aniqlash uchun
ishlatilayotgan namuna sinash oldidan paxta analizatoridan o'tkazilmaydi.
Dostları ilə paylaş: