51
asoslangan. Bu munosabat seleksiya navlarining maxsus jadvallari bo'yicha
belgilanadi. Sinash uchun namuning massasi g'o'zaning seleksiya naviga bog'liq
ravishda belgilandi.
Mikroneyr ko'rsatkichini aniqlash usuli.
Mikroneyr ko'rsatkichi namunadagi tola qalinligining havo o'tkazuvchanlik
bo'yicha xarakteristikasidir. Ba'zi bir seleksiya navlari uchun mikroneyr ko'rsatkichi
mikrogrammni dyuymga nisbatida bo'lgan chiziqli zichlik bilan to'gri kelishi
mumkin. Xalqaro kelishuvlarga binoan bu ko'rsatkich paxta tolasining xar xil
seleksiya navlari uchun shartli mikroneyr shkalasi birligida qo'llaniladi. Sinalgan
namunalarning massasi shu tipdagi asbob uchun o'zgarmas va u g'o'zaning seleksiya
naviga bog'liq emas.
Namunalarni sinashdan avval GOST 10681 bo'yicha klimatik sharoitda,
xarakatdagi havo oqimi ostida kamida 4 soat, yoki xarakatsiz havo oqimi ostida 12
soat davomida, yoki namuna vaznining o'zgarishi 2 soat davomida 0,25 foizdan
oshmagan xollarda undan kam vaqt davomida ushlab turiladi.
O'lchashni bajarishdan avval asbob-uskunalar muvozanatning to'g'riligi va
standart namunalarda sinash natijalarining aniqligi tekshiriladi. Sinash uchun namuna
tanlab olinadi.
Dostları ilə paylaş: