14-mavzu. Paxta tolasining chiziqli zichligi va mikroneyr ko'rsatkichini aniqlash usuli (2-soat) Darsning maqsadi: Paxta tolasining chiziqli zichligini gravimetrik aniqlash
usuli, xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha aniqlash usuli hamda mikroneyr ko'rsatkichini
namuna xavo o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash usullarini o'rgatish.
Paxta tolasiga joriy qilinadigan quyidagi usullar mavjud:
- tolaning chiziqli zichligini gravimetrik aniqlash usullari;
- chiziqli zichlikni namuna xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha aniqlash usuli;
- mikroneyr ko'rsatkichini namuna xavo o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash usuli;
Paxta tolasini qabul qilish – yetkazib berishda sinash usuli, namuna chiziqli
zichligini xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha aniqlash usuli hisoblanadi.
Chiziqli zichlikni gravmetrik aniqlash usuli graduirovka ishlarida, standart
namunalarni attestasiya qilishda va zarur bo'lganda, arbitraj sinashlarda qo'llaniladi.
O'LCHASHNING XATOLIK ME'YORI. Parallel namunalarning sinash natijalari (usulning yaqinligi) o'rtasidagi ruxsat
etilgan tafovut quyidagilardan oshmasligi kerak:
- ikki namuna bo'yicha chiziqli zichlikni gravimetrik aniqlash usuli, ishonchlilik
ehtimolligi 0,9 bo'lganda - 6 mteks:
- namuna xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha chiziqli zichlikni aniqlash usuli – 4 mteks;
- namuna xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha mikroneyr ko'rsatkichini aniqlash usuli - 0,2
mteks 1.2 ikki turli laboratoriyada olingan sinash natijalari o'rtasidagi yoki bir
laboratoriyada, lekin turli sharoitlarda olingan ikki sinash natijalari (usulning
tiklanishi) o'rtasidagi tafovut quyidagilardan oshmasligi kerak:
-ikki namuna bo'yicha chiziqli zichlikni gravimetrik aniqlash usuli, ishonchlilik
ehtimolligi 0,9 bo'lganda – 6 mteks;
-namuna xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha chiziqli zichlikni aniqlash usuli – 34 mteks:
-namuna xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha mikroneyrko'rsatkichini aniqlash usuli – 0,3.