XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 27 - Bugungi kunda jahonda yuqorida aytib o‘tilgan ijtimoiy – iqtisodiy
ko‘satkichlarning o‘xshashligi bilan xarakterlanadigan bir qancha davlatlar guruhlari
mavjud.
Dunyo o‘z ijtimoiy-iqtisodiy tabiatiga ko‘ra nihoyat darajada xilma-xildir.
Bugungikundamamlakatlarniuchguruhgabo‘lishmumkin:
i.
bozor iqtisodiyotidagi sanoati rivojlangan mamlakatlar – bu mamlakatlar
jahon xo‘jaligining tayanchi hisoblanadi;
ii.
Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyaning rivojlanayotgan
mamlakatlari (yoki uchinchi dunyo mamlakatlari);
iii.
o‘tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar – bular asosan yangi xo‘jalik
yuritish shakllarini rivojlantirish yo‘lida bo‘lgan Sharqiy Evropa davlatlari,
shuningdek Rossiyadan iborat bo‘ladi.
Biroq ushbu mamlakatlar guruhlari o‘rtasida nihoyat darajada aniq chegarani
belgilash imkonsizdir. Masalan, bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarning
butun bir guruhini – Janubiy – sharqiy Osiyo mamlakatlari, xususan Janubiy
Koreya, Gongkong va Tayvan, Braziliya va Argentina, shuningdek boshqa
mamlakatlarni bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha jahonning sanoati
rivojlangan mamlakatlari qatoriga kiritish mantiqlidir. Biroq ular boshqa muhim
ko‘rsatkichlar darajasi bo‘yicha (ijtimoiy qarama-qarshiliklarning chuqurligi,
mintaqaviy rivojlanishning notekisligi va boshqalar) hali ham an‘anaviy tarzda
rivojlanayotgan mamlakatlar guruhiga kiradi.
Bir paytning o‘zida shunhasiz rivojlangan mamlakatlar qandaydir ma‘noda
milliy
ishlab
chiqarish
kuchlarini
sifat
jihatidan
rivojlantirish
borasida
kechikishayotgan bo‘lib, bu ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishini
to‘xtatmoqda. Masalan, Sharqiy Yevropa mamlakatlari va Rossiyada bu ko‘rsatkich
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishing atigi 50% ini tashkil qiladi xolos.