Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 30 - 
to XXI-asr boshigacha sarmoya sifatida kiritilgan har bir dollardan atigi 20 senti 
rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan. 
Kelajakda rivojlanayotgan mamlakatlar infratuzilma va xizmatlar, shu 
jumladan ta‘lim va sog‘liqni saqlash sohalariga katta mablag‘ ajratishga qodir 
bo‘ladi.Savodxonlik oshishi bilan fuqarolarning pul topish imkoniyatlari ham 
kengayadi, bu kambag‘allikni kamaytirishga yordam beradi.
Rivojlanmagan mamlakatlarga Afrikada 33, Osiyoda 10, Amerika qit‘asida 1 
va Okeaniyada 5 mamlakat kiradi. Misol uchun Afrikada Efiopiya va Burundi; 
Osiyoda Afg‘oniston va Bangladesh; Okeaniyada esa, Kiribati va Samo kabilar 
kiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi hisobotida qayd etilishicha, 
rivojlanmagan mamlakatlar iqtisodiyoti zamonaviylashmas ekan, qashshoqlikni 
yengish qiyin. 
BMT hisobotida yozilishicha, jahondagi eng rivojlanmagan 49 mamlakat 
global iqtisodiy tanazzul girdobi ostida qolmaslik uchun qo‘ldan kelgan barcha 
choralarni ko‘rgan, lekin tushkunlikdan butunlay qutula olmayapti. 
Bu jamiyatlar qashshoqlikni yengish yo‘lida chet eldan sarmoya oqimini 
oshirib, tizimni isloh qilib, serdaromad sohalarni kengaytirgan holda, xizmat 
ko‘rsatish sektorini ham yaxshilashi zarur.Rivojlanmagan mamlakatlarda iqtisodiyot 
juda cheklangan bo‘ladi. 
Bugungi kunda rivojlanmangan mamlakatlarda savdo-tijorat yomon emas, 
ammo eksport neft va gaz yoki arzon tovarlardan iborat. Ular faqat bularga qaram 
bo‘lib qolmasliklari kerak ekanligi ko‘plab xalqaro hisobotlarda keltirib o‘tiladi. 
Bugungi kunda Osiyoda rivojlanmagan davlatlar iqtisodiyotda yangi sektorlar 
ochib, xilma-xil mahsulotlar va xizmatlar taklif etish evaziga qaddini rostlay 
boshlagan. 
Shuni ta‘kidlash joizki, globalllashuv ko‘plab jamiyatlarda innovatsiya va 
rivojlanishga olib kelgan bo‘lsa, ayrim rivojlanmagan davlatlarda buning aksi 
sezilmoqda. 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin