Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 33 - 
mamlakatlarda korxona va tarmoklar qatnasha boradi. Buningnatijasida mamlakatlar 
iqtisodiyotida ixtisoslashish yuz beradi va mamlakatlar bir-birlariga mahsulotlar 
hamda xizmatlar yetkazib beradi. Shu sababli hozirgi davrda xalqaro integratsiya eng 
yuqori darajadagi yuqori ko‘rinish hisoblanadi. 
Mamlakatlar o‘rtasidagi mintaqaviy xalqaro iqtisodiy integratsiya uzoq davom 
etadigan ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, turli shakllarda yuz beradi. Birinchi bosqichda 
turli mamlakatlar o‘rtasida erkin savdo-sotiq olib boriladigan, bojxona to‘lovlari, 
eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Natijada 
davlatlararo tovar ayirboshlashda integratsiyalashuv yuz beradi. 
Ikkinchi bosqichda erkin iqtisodiy zonalar shakllanib, bu yerda ham bir necha 
mamlakatlar birlashadi. Bu bosqichda institutegratsion aloqalar savdo-sotiq bilan 
cheklanmasdan sanoat, bank, sug‘urta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi. 
Bu zonalar ochiq iqtisodiy xududlar hisoblanadi, iqtisodiy aloqalar erkin va ko ‘p 
qirrali bo‘lib, barcha iqtisodiyot sub‘yektlari imtiyozlarga ega bo‘ladilar. 
Uchinchi bosqichda umumiy bozor shakllanadi.Umumiy bozorni tashkil etgan 
mamlakatlarning milliy bozorlari bir-biri uchun ochiq bo‘ladi, amalda milliy bozorlar 
birlashib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi.Bu bozorda barcha tovarlar 
erkin, hech bir cheklovlarsiz ko‘chib yuradi. Ish kuchi, kapital va tovarlar bir 
mamlakatdan boshqasiga o‘tadi.Qaysi mamlakatda resurslarni ishlatish qulay bo‘lsa, 
u shu yerga borib joylashadi hamda o‘z faoliyatini kengaytiradi.Umumiy bozorda 
iqtisodiy chegaralar amalda bekor qilinadi, bojxona to‘lovlari, eksport kvotalari, tovar 
sifatiga talab minimal darajaga keltiriladi.Umumiy bozor dastlab 1957 yildan 
Yevropada shakllangan. 
To‘rtinchi bosqichda iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida integratsiya yuz 
beradi. Bu yerda integratsion aloqalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan 
cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Yevropa 
Ittifoqiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000-2001 yillarda umumiy pul-yevro 
muomalaga kiritildi.Milliypullar muomaladan asta-sekin chiqarildi, yagona soliq 
tizimi joriy etildi.Milliy byudjetlar saqlangan holda yagona, umumiy byudjet ham 
tuziladigan bo‘ldi. 21-asrning boshlaridagi institutegratsiyaning eng yuqori shakli 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin