Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 36 - 
kabilar doirasida amalga oshiriladi. G‘arbdagi yetti yetakchi mamlakatlarning har 
yillik kengashi bu sohada muhim rol o‘ynaydi. 
Valyuta–moliyaviy sohani xalqaro uyg‘unlashtirishning kuchayishi ko‘p 
jihatdan XVFning faoliyati bilan bog‘liq. U o‘zining nizomiga muvofiq valyuta 
kurslari va a‘zo mamlakatlar to‘lov balanslarini tartibga soladi, ko‘p tomonlama 
to‘lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a‘zo 
mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit 
beradi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish 
bilan XTTB faol shug‘ullanadi. XTTB va u bilan birga jahon banki tarkibiga 
kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporastiya 
(XMK) har xil investistion ob‘ektlarni o‘rta va uzoq muddatli kreditlash bilan 
shug‘ullanadi, 
loyihalarning 
moliyaviy-iqtisodiy 
asoslarini 
tayyorlaydi, 
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o‘zgartirishga yordam beradi. 
Davlatlararo 
tashkilotlar 
ichida 
barcha 
sanoat 
jihatdan 
rivojlangan 
mamlakatlarni birlashtiruvchi IHRT muhim rol o‘ynaydi. Uning doirasida ichki 
iqtisodiy tadbirlarning boshqa mamlakatlar milliy iqtisodiyoti samaradorligiga 
ta‘sirini, ularning to‘lov balansi holatini o‘rganish amalga oshiriladi, milliy 
iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi tamoyillariga tez moslashishini ta‘minlash maqsadida 
makroiqtisodiy tartibga solish bo‘yicha tavsiyanomalar beriladi. IHRT jahon 
xo‘jaligi doirasida ko‘p omilli aloqalarni o‘rganishni amalga oshiradi, valyuta va 
byudjet siyosati, narxlar dinamikasi, savdo va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy 
asoslangan iqtisodiy inqirognozlarni oldin oladi. 
Sharqiy Yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta‘sir 
ko‘rsatish hamda yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Yevropa tiklanish va 
taraqqiyot banki (YTTB) tuzildi. 
Shuni ta‘kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xaqaro tartibga solish 
tizimida doimiy o‘zgarishlar ro‘y berib turadi. 
80-yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sabablar taqozo qilgan dunyo siyosiy 
vaziyatdagi o‘zgarishlar, jahon xo‘jalik aloqalari tizimini ko‘p tomonlama tartibga 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin