Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 44 - 
marketing fani tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlardagi noaniqlikni pasaytirishga 
qodir bo‘lgan qodir bo‘lgan texnika va usullarni yanada chuqur o‘rganishga harakat 
qilmoqda. 
Globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarining ta‘siri yuqori sur‘atlarda 
o‘sa boshladi. Korporativ axborot tizimlari maxsus toifalari, masalan ERP yoki 
Workflow ning rivojlanishi ichki ziddiyatlarni pasaytirishga qaratiladi. Aftidan E-
business texnologiyalarining rivojlanishi tashqi ziddiyatlarni pasaytirishning yangi 
vositalarini izlashga bo‘lgan intilish natijasi hisoblanadi. 
Shu jihatdan olib qaraganda, globallashuv – bu gigant tizimlari darajasida 
tranzaksion xarajatlarni pasaytirish tendentsiyasidan boshqa narsamas. Birinchidan, 
kapitalni samarali boshqarishga bo‘lgan intilish oxir-oqibatda global markaziy bank 
ko‘rinishidagi muvofiqlashtiruvchi organni yaratish zaruriyatiga olib keladi. Bu 
rolga eng yuqori imkoniyatlarga ega bo‘lga yagona da‘vogar AQSH Federal Rezerv 
Tizimi bo‘lishi mumkin. Bu haqiqat bo‘lsa iqtisodiy jihatdan ko‘plab ta‘siri yuqori 
bo‘lgan mamlakatlarning siyosiy elitalariga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan ko‘rinib 
turganidek, raqobat yana transmilliy korporatsiyalar doirasida emas balki,
mamlakatlar doirasida kechadi. Aynan, mamlakatlar yuqorida aytib o‘tilgan 
ustunliklarni ta‘minlashlari zarur bo‘ladi.
 
Nazorat savollari 
1.Globalistika deganda nimani tushunasiz?
 
2. Jahon iqtisodiyotidagi asosiy global muammolarni sanab o‘ting? 
3.Aholi 
o‘sishi 
muammosining 
xorijiy 
mamlakatlar 
iqtisodiyotiga 
ko‘rsatadigan ta‘sirini baholang? 
4. Ekologik muammolar xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga qanday ta‘sir 
ko‘rsatadi? 
5.Tabiiy 
resurslar 
muammosining 
xorijiy 
mamlakatlar 
iqtisodiyotiga 
ko‘rsatadigan ta‘sirini tasvirlab bering? 
6. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlariga yangicha yondashuvni 
tavsiflab bering? 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin