Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


 Jahon iqtisodiyotidagi global muammolarning mohiyati



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

 
1.4.1. Jahon iqtisodiyotidagi global muammolarning mohiyati 
Global muammolarning mohiyati shundan iboratki, ular bu yoki u darajada har 
qanday mamlakatning iqtisodiyoti va aholi turmushiga ta‘sir ko‘rsatadi, ushbu 
muammolarning hal etilishi bo‘lsa, dunyodagi barcha mamlakatlarning hatti-
harakatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Global muammolarning vujudga kelishi birinchi navbatda, XX asrning ikkinchi 
yarmidagi iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqdir. 
Birinchi bo‘lib iqtisodchilar global muammolar to‘g‘risida XX asrning 60 – 70
yillarida fikr yurita boshladilar. Aynan, shu davrdan boshlab ilmiy muomalada 
globalistika atamasi ilmiy tadqiqotlarning alohida yo‘nalishi sifatida kirib keldi. 
Mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning o‘sib borish sharoitida bitta 
mamlakat yoki mintaqaning muammosi, agar o‘z vaqtida yechimini topmasa asta-
sekinlik bilan global darajaga o‘sishi mumkin. Buning ustiga barcha zamonaviy 
global muammolar umumiy xususiyatlarga ega bo‘ladi. Global muammolarning 
quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 

barch mamlakatlar (yoki ko‘pchilik mamlakatlar) ning manfaatlariga 
ta‘sir ko‘rsatadi;

jahonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini to‘xtatadi; 

muammoni kechiktirmadan tezlik bilan hal etilishini talab qiladi; 

bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘ladi; 

jahondagi 
barcha 
mamlakatlarning 
harakatlarini 
o‘zaro 
muvofiqlashtirishni talab qiladi. 


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 41 - 
Shuni ta‘kidlash joizki, global muammolarning ustuvorligini aniqlash masalasi 
murakkab hisoblanadi. Bugungi kunga kelib global muammolarning ta‘siri ostida 
uchinchi dunyo mamlakatlaridagi millionlab kishilar uchun turmush darajasi 
turg‘unligicha qolmoqda, ayrim mamlakatlarda bo‘lsa u pasayib ketgan.

Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin