Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


Jahon resurslarining yo’qolib borishi va atrof – muhitning buzilishi



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

Jahon resurslarining yo’qolib borishi va atrof – muhitning buzilishi
. Dunyo 
aholisining 25% gacha bo‘lgan qismi rivojlangan mamlakatlarda yashaydi va ular 
jahon resurslarining 80% ini iste‘mol qilishadi. 
Ekologik muammolar.
Jahon bankining 1992 yildagi jahonning rivojlanishi 
to‘g‘risidagi ma‘ruzasida ta‘kidlanganidek, atrof – muhitni muhofaza qilish 
rivojlanishning muhim qismi hisoblanadi. Uni samarali muhofaza qilmasdan 
bo‘ladigan rivojlanish jarayoni borib – borib tanazzulga yuz tutadi. 
XX asrning 70-yillarida iqtisodchilar va siyosatchilar iqtisodiy rivojlanish 
uchun atrof – muhit muammosining muhim ahamiyatga egaligini anglab yetishdi. 
Atrof – muhitning degradatsiyalashuvi, ya‘ni yomonlashuvi jarayonlari o‘z – 
o‘zidan replikatsiyalanish xarakteriga ega bo‘lib, bu jamiyatga uning buzilishi va 
resurslarning nobud qilinishi bilan xavf soladi. 
Turli – tuman iqtisodiy faoliyat turlarida atrof – muhitni asrash uchun 
sarflanadigan xarajatlarning miqdori to‘g‘risida yagona fikr mavjud emas. Biroq, 
ko‘plab mutaxassislar ularni rivojlanish siyosatini ishlab chiqishda hisobga olish 
zarurligini ta‘kidlashadi. 
Tabiiy resurslar muammosi.
Global energetika resurslari muammosi kelib chiqish 
xarakteriga ko‘ra bir – biriga o‘xshash bo‘lgan ikkita muammodan iborat bo‘ladi: 
energetik va xom ashyo. 
70-yillarning oxiri va 80-yillarning boshida birinchi bo‘lib energetik va xom 
ashyo inqirozlari nomini olgan voqealar kuzatila boshlandi. 
Bu davrda ular mavjud xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimiga qattiq zarba berdi, 
ko‘plab mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni yomonlashtirdi. Biroq, 
amalda ular ishlab chiqarishda enrgiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni 
joriy etish uchun rag‘batlarni yaratdi. XX asrning 70-80 yillarida ishlab 
chiqarishning energiya sig‘imi taxminan 25% gacha pasaydi. 

Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin