Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

 


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 43 - 
1.4.3. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlariga yangicha yondashuv 
Iqtisodiy adabiyotda globallashuvning ko‘plab turli – tuman ta‘riflari mavjud. 
Bizning fikrimizcha, ular bir – biriga qarama – qarshi bo‘lmasdan, yana ham 
aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ular bir – birini to‘ldiradi. Har bir ta‘rif muallifga 
yaqinroq bol‘gan globallashuvning muayyan jihatlarini xarakterlaydi. Bir xillilik va 
aniqlikka da‘vo qilmasdan, globallashuvni yagona umumjahon ishlab chiqarish, 
moliyaviy – iqtisodiy va axborot makonini shakllantirish jarayoni sifatida 
xarakterlash mumkin.
Amaliyotda globallashuvga nisbatan turli – tuman munosabatlar mavjuddir. 
Uning tarafdorlari ham bor, unga qarshilar ham bor. 
Globallashuv bo‘yicha umumiy fikrlar shundan iboratki, u savdo va moliyaviy 
oqimlar uchun chegaralarning ochiqligini ta‘minlab beradi. Globallashuv 
tarafdorlari 
uning 
ustuvorligini 
global 
mehnat 
taqsimoti 
sharoitlarida 
protektsionistik va ideologik chegaralar bilan cheklanmagn unumli raqobatning 
kuchayishida ko‘rishadi. Umuman olganda, raqobat kooperatsiyaga qarshi bo‘ladi.
Agar bu fikrlarni chuqur tahlil qiladigan bo‘lsak, shunday xulosaga kelish 
mumkinki, globallashuvning manfaatlari va ularning manbalari har doim ham bir xil 
bo‘lavermaydi. Aynan qanday ijtimoiy samara kutiladi: yoki raqobat samaradorlikka 
olib keladi, yoki mehnat taqsimoti sinergetik samara beradi. 
Agar global raqobatni mamlakatlar o‘rtasida emas, balki faqatgina transmilliy 
korporatsiyalar o‘rtasida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, u holda bunday qarama – 
qarshilik bekor qilinishi mumkin. Chunki, ular uchun mehnat taqsimoti tamoyilidan 
foydalanish mumkin. 
Kompaniyalar o‘z samaradorigini oshirish maqsadida o‘z rivojlanish 
jarayonlarida tranzaksion xarajatlarni kamaytirishga qodir bo‘lgan vositalarni 
topishga harakat qilishadi. Bu xarajatlar tizimning o‘zini tashqi muhit bilan har 
qanday o‘zaro munosabatida yoki o‘z elementlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda 
yuzaga keladigan noaniqliklardan kelb chiqadi. Boshqaruv fanining rivojlanishi 
korporatsiyalarning ichidagi tranzaktsion xarajatlarni pasaytirish va bu bilan yanad 
yirik barqaror kompaniyalarni qurish imkoniyatini berdi. Bir paytning o‘zida 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin