Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 35 - 
oluvchi xalqaro tartiblar o‘z navbatida milliy tatibga solishga ta‘sir ko‘rsatishi 
mumkin. 
Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning 20-yillarida tuzilgan bo‘lsada, 
(Millatlar ligasi - 1919 yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki - 1929 yil), xalqaro 
darajada jahon xo‘jalik aloqalarini rivojlantirish‘‘dasturlari tartibga soluvchi 
tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi. 
1945 yil maxsus xalqaro uyg‘unlashtiruvchi muassasalar – Xalqaro valyuta 
fondi (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) tashkil topdi. Hozirgi 
davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilotlat hisoblanib, jahon savdosi, 
xalqaro kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning 
tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan Tariflar va savdo 
bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK), Yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (YeIHT), 
NATOning iqtisodiy masalalarni uyg‘unlashtiruvchi komiteti (IMUK) xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to‘g‘ri keldi. 
Jahon savdosini erkinlashtirish ko‘p tomonlama shartnoma asosida harakat 
qiluvchi, xalqaro savdo tartib qoidalarini qayd qiluvchi xalqaro tashkilot TSBK 
doirasidagi faoliyat bilan bog‘liq. Hozirgi davrda TSBK jahon savdo aylanmasining 
4 5 qismidan koprog‘ini tartibga soladi. TSBK milliy va mintaqaviy darajada vaqti-
vaqti bilan kuchayib boruvchi protekstionizmga qarshi turadi, milliy manfaatlarni 
o‘zaro kelishtirishga yordam beradi. Uning faoliyati savdoda kamsitmaslik, savdoda 
tarifli va tarifsiz cheklashlarni aniqlashda teng asosda maslahatlashish kabi 
tamoyillarga 
asoslanadi. 
TSBK 
faoliyatining 
asosiy 
shakli 
qatnashuvchi 
tomonlarining ko‘p tomonlama savdo muzokaralarini o‘tkazish hisoblanadi. 
Ammo, jahon savdosi raqobat kurashi asosida boradi, shu sababli o‘zaro 
maqbul qarorlarni qidirib topishga va savdoni xalqaro darajada tartibga solishga 
koplab qiyinchiliklar bilan erishiladi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu 
valyuta-kredit munosabatlaridir. Xalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirish 
XVF, XTRB, Iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), xalqaro 
rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliyaviy korporastiya (XMK) va shu 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin