Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 31 - 
Nazoratsavollari 
1.
Nima uchun jahon mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra 
tasniflanadi? 
2.
Xorijiy mamlakatlarni tasniflashda qandayasosiy ko‘rsatkichlar va mezonlardan 
foydalaniladi? 
3.
Bozor iqtisodiyotidagi sanoati rivojlangan mamlakatlar deganda qanday 
mamlakatlar tushuniladi? 
4.
Xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlarni iqtisodiy rivojlanish darajasiga 
ko‘ra tasniflash usullarini tushuntirib bering? 
5.
Rivojlanayotgan mamlakatlar deganda qanday mamlakatlarni tushunasiz? 
 
 
 


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 32 - 
1.3. XORIJIY MAMLAKATLAR O’RTASIDAGI IQTISODIY 
INTEGRASTIYA MUNOSABATLARI 
 
REJA: 
1.3.1.Xorijiy mamlakatar o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va 
mazmuni.
1.3.2
. Xalqaro tashkilotlar xalqaro iqtisodiy integrasiyaning asosi sifatida 
1.3.3. Rivojlangan mamlakatlarning integratsion birlashmalari 
 
1.3.1 Xorijiy mamlakatar o’rtasidagi iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va 
mazmuni 
Iqtisodiy 
integratsiya-turli 
korxona 
va 
tarmoqlarning, 
shuningdek, 
mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular o‘rtasida 
uzviy iqtisodiy aloqalar o‘rnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xo‘jalikning 
shakllanishi jarayonidir. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy 
xo‘jaliklar 
darajasida, 
shuningdek, 
korxonalar, 
firmalar, 
kompaniyalar, 
korporatsiyalar darajasida ham kuzatiladi. Iqtisodiy integratsiya ishlab chiqarish 
texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda 
foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish 
jarayonida bir-biriga qulay sharoitlarni yaratishda, o‘zaro to‘siqlarni olib tashlashda 
namoyon bo‘ladi. Buning asosida mehnat taqsimoti yotadi, albatta. Mehnat taqsimoti 
tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va 
tarmoqlarda ishlab chiqariladi. 
Shu tariqa korxona va tarmoqlar o‘zaro yaqin va muntazam iqtisodiy aloqa 
bog‘laydi. Avvalo, korxonalar o‘rtasida iqtisodiy integratsiya yuz beradi va ularning 
birlashmasi vujudga keladi.So‘ngra tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik ishlab 
chiqarish majmualari paydo bo‘ladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, 
tarmoqlararo esa, vertikal iqtisodiy integratsiya yuz beradi.Vertikal integratsiyaga 
agrosanoat majmui misol bo‘ladi.U qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, mashinasozlik, 
kimyo sanoati o‘z ichiga oladi. Mehnat taqsimoti xalqaro miqyosda amalga oshishi 
bilan xo‘jalik hayoti baynalmilallashadi, moddiy mahsulot yaratishda turli 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin