Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 34 - 
bo‘lgan iqtisodiy va valyuta ittifoqi mamlakatlar iqtisodiyotini yuksak darajada 
birlashtiradi. Iqtisodiy umumiylikka ustuvorlik beradi, ammo ayrim mamlakatlar 
mustaqilligini ma‘lum darajada cheklaydi (milliy parlamentlar va hukumatlarning bir 
qator vakolatlari Yevropa Ittifoqining umumiy organlariga berilgan). 
Hozirgi davrda jahonning boshqa mintaqalarida ham integratsiya jarayonlari 
jadal bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, AQSH, Kanada va 
Meksikani birlashtirgan Shimoliy Amerika uyushmasi, Janubiy Sharqiy Osiyo 
davlatlari uyushmasi (ASEAN), Tinch Okean region uyushmasi (ATES), Iqtisodiy 
hamkorlik tashkilotiga a‘zo mamlakatlar o‘rtasida integratsion hamkorlik kuchayib 
bormoqda. 1991-2002 yilllarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy 
integratsiyasini chuqurlashtirish yo‘lida jiddiy ishlar amalga oshirildi: zaruriy 
huquqiy va tashkiliy shartsharoitlar yaratildi, davlatlararo kengash tuzildi, ijroiya 
qo‘mita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. 
1.3.2.Xalqaro tashkilotlar xalqaro iqtisodiy integrasiyaning asosi sifatida
Butun jahon xo‘jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo‘jalik 
aloqalarni tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi.Hozirgi 
davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida 
Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), jahon 
savdosi sohasida - Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK)ni ko‘rsatish 
mumkin. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan 
boshlanadi. Xo‘jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar 
faoliyatini xalqaro uyg‘unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar 
tuzilishiga olib keldi. 
Huquqiy ma‘noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o‘rnatishga, ya‘ni me‘yoriy 
chegaralar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro 
aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga 
amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalarni o‘z ichiga 



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin