Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

Nazorat savollari 
1. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti fanining maqsadi va vazifalarini sanab o‘ting? 
2. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga tavsif bering? 
3. ―2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi‖ dan kelib chiqqan holda fan oldida 
qo‘yilgan ustuvor vazifalarni aytib bering? 
4. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, 
tendentsiyalari va istiqbollarini ko‘rsatib bering? 


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 25 - 
5. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini izohlang? 
 
 


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 26 - 
1.2. XORIJIY MAMLAKATLARNING IQTISODIY RIVOJLANISH 
DARAJASIGA KO’RA TASNIFI 
REJA: 
1.2.1. Jahon iqtisodiyotida mamlakatlarni tasniflashning mohiyati va mazmuni 
1.2.2.Xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlarni iqtisodiy rivojlanish darajasiga 
ko‘ra tasniflash usullari 
1.2.3.Mamlakatlarning an‘anaviy tasnifi: rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan 
mamlakatlar va o‗tish davri mamlakatlari 
1.2.1.Jahon iqtisodiyotida mamlakatlarni tasniflashning mohiyati va mazmuni 
Turli mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining turli – tumanligi 
iqtisodiy rivojlanish darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda 
baholashga imkon bermaydi. Buning uchun quyidagi bir qancha asosiy 
ko‘rsatkichlar va mezonlardan foydalaniladi: mutlaq va nisbiy YaIM (YaMM); 
milliy daromad va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad; milliy 
iqtisodiyotning tarmoqli strukturasi; mamlakat eksporti va importi strukturasi; aholi 
turmush darajasi va sifati va boshqalar. Shuni ta‘kidlash joizki, mamlakatning 
iqtisodiy rivojlanish darajasi va uning jahon xo‘jaligidagi ishtiroki – bu tarixiy 
tushunchadir. Milliy iqtisodiyot va butun jahon xo‘jaligi rivojlanishining har bir 
bosqichi asosiy ko‘rsatkichlar tarkibiga bu yoki u o‘zgartirishlarni kiritadi. 
Mamlakatning jahob xo‘jaligida egallagan o‘rnini aniqlash uchun bir qancha 
yondashuvlar mavjud bo‘ladi. Ular orasida eng oddiysi bo‘lib jaho iqtisodiyotini 
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad darajasiga qarab mamlakatlar 
guruhlariga bo‘ishdir. Bunday yondashuv BMT, XVF, XTTB tomonidan amalga 
oshiriladi (mamlakatlar bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan mutlaq 
daromad ko‘rsatkichlari har yili hisoblab boriladi). Masalan, XTTB daromad 
darajasiga qarab mamlakatlarni uch guruhga bo‘ladi. 
Jahon xo‘jaligida mamlakatlarni tasniflash va ularning jahon takror ishlab 
chiqarish jarayonidagi rolini baholash uchun boshqa yondashuvlar ham mavjud.



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin