XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 175 - Bu olimlar biz faxrlanib yurgan ota-bobolarimiz yaratgan nazariya va boshqa
tadqiqotlarni aynan XIX-XX asr amaliyotga tadbiq eta olgan klassik maktab
vakillari hisoblandilar. Chunki, bunday yutuqlar 1472 yilda batamom tugatilgan
Ispaniya hududidagi Al-Andalusiya (poytaxti Kordoba) ―Tirik jannat‖ nomi bilan
700 yil mashhur bo‘lgan islom olami vakillari tomonidan yaratilgan ilmiy
nazariyalar, kitob holiga keltirilgan qimmatbaho qo‘l yozmalarni turli xil yo‘llar
bilan hatto Angliyagacha talon taroj qilish orqali erishganlar. Bu davrda Yevropa
mamlakatlari o‘z boshlardan ―qora kunlar‖ni (Dark Ages) o‘tkazaotgan edilar.
Aynan bunday olamshumul yutuqlardan keyin g‘arb olamida Renessians davri
boshlandi. Tayyor holga keltirilgan dallilarga tayanib yozilgan kitoblarni o‘qib
o‘zlashtirish uchun arab tilini o‘rganish kifoya qilindi. Lekin, kitoblarning aksariyati
lotin tiliga tarjima qilingan edi.
Buyuk iqtisodchilardan Adam Smit, David Rekardo, Jon Maynard Keyns va
boshqa ko‘plab olmlar 18-19 asrlarda dunyo mamlakatlari taqdirini hal qiladigan
iqtisodiy boshqaruv modellarini ishlab chiqdilar.Hozirda dunyo bo‘ylab kapitalistik
ya‘ni bozor mexanizmlariga asoslangan iqtisodiyotlarning barchasi aynan ushbu
maktab vakillari olg‘a surgan nazaria va amaliy bilim hamda ko‘nikmalar asosida
boshqariladi.
2.5.2. Iqtisodiy rivojlanish tarixi Klassik va Neoklassik maktablar yaratgan modellarg atayangan Britaniya 18-
19 asrda keskin iqtisodiy tub burilish yasadi. Yangi yerlarni kash etilishi va
mustamlakachilik aynan iqtisodiy modellarni ishlashi uchun ayni muddao bo‘ldi.
Xalqaro iah kuchi migratsiyasi va xalqaro mehnat taqsimoti Buyuk Britaniya uchun
jahon iqtisodiyotiga glonallashsish uchun ancha ustunlik berdi. Bu mamlakatning
xalqaro savdo aloqalaridan shuni kuzatish mumkinki, deyarli barcha mahsulotlar
import hisobiga to‘g‘ri kelgan. Mamlakatda sanoat to‘ntarilishidan so‘ng, ilm-fan
yutuqlarini sanoatga jalb qilinishi bilan yengil sanoat, elektronika, temir yo‘l tizimi
va qishloq xo‘jaligida juda katta o‘sish kuzatildi. Mamlakatning eng katta raqiblari
Ispaniya, Italiya va Fransiya hisoblanar edi. Fransiyaning Yaqin sharq mintaqasida