XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 626 -
Hukumat 1999 yilgi hosil uchun qarzini to'lamaguncha va ularni yoqilg'i
narxining oshishiga to'lay
olmas ekan, norozilik namoyishlarini uyushtirish bilan
tahdid qilgan xususiy fermerlarning bosimiga duch keldi. Shuningdek, ular qishloq
xo'jaligi eksporti uchun subsidiyalarni va qishloq xo'jalik
mahsulotlariga yangi
qo'shilgan qiymat solig'i stavkasini 19 foizdan 5 foizgacha qisqartirishni talab
qildilar.
4.10.4. Tabiiy resurslari va Energetika
Makedoniyada rux, temir, mis, qo'rg'oshin, xrom, marganets, antimon, nikel,
kumush va oltin konlari mavjud bo'lsada, mamlakatning kon sanoati linyit
(qo'ng'irko'mir) qazib olishga yo'naltirilgan. Makedoniyaning to'rtdan
uch qismi
energiyasi issiqlik hisobiga (asosan linyit) ishlab chiqariladi. Qolgan energiya
quvvati gidroenergetikadan keladi. 2016 yilda Makedoniyada energetika bozoridagi
o'zgarishlar ichki gaz taqsimlash tarmog'ini qurish, elektr energiyasi bozorini
erkinlashtirishni davom ettirish va elektr hamda gaz
aloqalari uchun mintaqaviy
hamkorlikni kengaytirishni o'z ichiga olmoqda.
Makedoniyaning davlat energetika shirkati 2000-yillarda alohida ajratilgan va
qisman xususiylashtirildi. Avstriyaning EVN kompaniyasi 2006 yilda bozorga kirib
kelganidan keyin Makedoniyada elektr energiyasi taqchilligi bartaraf etildi.
Davlatga tegishli elektr ishlab chiqaruvchisi MEPSO Makedoniyaning elektr uzatish
tizimi operatori hisoblanadi.
Makedoniyada elektr energiyasi ishlab chiqarish tizimi 800
MVt quvvatga
ega ikkita issiqlik elektr stantsiyasidan iborat bo'lib, 650 megavatt quvvatga ega
bo'lgan sakkizta katta va bir nechta kichik gidroelektr stantsiyadan iborat. "REK
Oslomej" kichikroq issiqlik elektr stantsiyasi amalda keng foydalabilmoqda va
eskirgan uskunalarni modernizatsiya qilindi. 2016 yilda bir necha marta "REK
Bitola" katta issiqlik elektrostantsiyasi faoliyati kengaytirildi. Umumiy quvvati 7
mln.tonna 15 yilga mo'ljallangan ikkita ochiq konlar hisobga rivojlantirilmoqda.
Zamonaviylashtirishga kiritilgan ayrim investitsiyalarga qaramasdan, so'nggi o'n
yilda elektr energiyasining mahalliy ishlab chiqarilishi qariyb 25
foizga kamaydi va