168
Pedagogik fanlar bo‘yicha quyidagi dasturlar tahlil qilindi:
“Pedagogika tarixi” [61]
“Pedagogika nazariyasi” [61].
“Pedagogik texnologiyalar” [61]
“Pedagogik mahorat” [61].
Dasturlarni o‘rganish va tahlil qilishdan maqsad: bo‘lajak o‘qi-
tuvchining ma’naviy-estetik tarbiyasiga ta’sir qiluvchi savollarni o‘rga-
nish va aniqlash; bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik,
kasbiy-
shaxsiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ma’naviy-estetik tarbiya,
o‘quvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyasiga e’tiborini oshirish orqali
pedagogik fanlar dasturlarini zamonaviylashtirish imkoniyatlarini
aniqlash; pedagogik fanlar dasturlari mazmunini “ma’naviy-estetik”
mavzu - ma’naviy-estetik mazmundagi mangu milliy va umuminstoniy
qadriyatlar bilan boyitish.
Pedagogik fanlar dasturlarining tarkibiy qismlarini o‘rganish va tahlil
qilish quyidagi sxema bo‘yicha olib boriladi: maqsadi,
kurs maqsadi,
bo‘lajak o‘qituvchilardan talab qilinadigan bilim, ko‘nikma, malakalar;
ma’ruzalar, seminarlar mavzulari; talabalar mustaqil ishlarining
mazmuni;
yakuniy nazorat masalalari; xulosalar; dasturni o‘zgartirish
imkoniyati bo‘yicha xulosalar; o‘rganilayotgan
muammo kontekstida
dasturlarni o‘zgartirish bo‘yicha takliflar (ma’ruza, seminar, mustaqil
ish, nazorat va yakuniy savollarga maqsadli qo‘shimchalar).
Pedagogik fanlar dasturlarini modifikatsiyalashda o‘zaro bog‘liq-
likning quyidagi prinsiplari hisobga olingan: umumiy pedagogik va
aniq maqsadlarni belgilash; tarkibning izchilligi va doimiyligi, ularning
integratsiyasi; bir-birini to‘ldirish va boyitish; bo‘lajak o‘qituvchilarni
shaxsiy-kasbiy, ma’naviy-estetik o‘qitish va tarbiyalash.
Dostları ilə paylaş: