Shukurullo mardonov umida zokirova


 Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida bo‘lajak



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

11.6. Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida bo‘lajak 
o‘qituvchilarni badiiy meros negizida ma’naviy-estetik 
tarbiyalashning nazariy-pedagogik va amaliy asoslari
Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni 
milliy-badiiy meros vositasida ma’naviy-estetik tarbiyalashning 
nazariy, pedagogik va amaliy asoslari: uslubiy va pedagogik asoslar, 
konsepsiya va etakchi g‘oya; zaruriy glossariy; bo‘lajak o‘qituvchilar 
uchun mezonlar, maqsad, vazifa, sabab, rag‘bat, mazmun va manbalari; 
o‘quvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlari, ma’naviy-estetik 
tarbiyada inobatga olinadigan yosh xususiyatlari; psixologik-pedagogik 
shart-sharoitlar; tamoyillar, ularning o‘ziga xosligi va yo‘nalishi, umumiy 
qonuniyatlar, omillar; pedagogik jarayon (uning vazifalari, xususiyatlari, 
mohiyati, mazmuni) sanaladi. Pedagogik fanlarni o‘rganayotganda 
milliy-badiiy merosdan bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik 
tarbiyalash tizimi sifatida pedagogik texnologiyalaridan unumli 
foydalanish lozim. Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida ma’ruza 
bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy badiiy meros, abadiy qadriyatlar asosida 


188
ma’naviy-estetik tarbiyalash jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli 
hisoblanadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ajdodlar badiiy merosi asosida 
ma’naviy-estetik tarbiyalash shakllari, usullari, vositalari, o‘qitish 
usullari va uslublari turlicha bo‘lishi lozim. O‘qituvchilar uchun ma’ruza 
materiallari bo‘yicha topshiriqlar, ma’naviy-estetik tarbiya tarkibdagi 
nazariy-pedagogik, amaliy-uslubiy ishlar aloqador-ligi va uyg‘unligi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ajdodlarimizning badiiy merosidan 
“abadiy qadriyatlar” sifatida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik 
tarbiyalashda “ijtimoiy maydon”, milliy san’at qadriyatlari sifatida 
foydalanishni taqozo qiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash metodologiyasi, 
tushunchasi va etakchi g‘oyasi. Ajdodlarimizning milliy-badiiy merosi 
asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashda uslubiy 
va pedagogik asoslar quyidagilardan iborat: davlat ta’lim siyosatida 
ta’lim oluvchilarni ma’naviy trabiyalash to‘g‘risidagi metodologik 
qarorlar, Sh.M. Mirziyoyevning asarlari va nutqlaridagi talabalarni 
ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha uslubiy qoidalar; xalq pedagogikasida 
ta’lim konsepsiyasi; Sharqning buyuk mutafakkirlari, zamonaviy 
olim-pedagoglarning tarbiya to‘g‘risidagi qarashlari; ta’lim nazariyasi 
- oliy ta’limda tarbiya, shaxs nazariyasi, motivatsiya asosda shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya; pedagogika metodologiyasi - emotsional-
hissiy darajadagi materialistik dialektika va anglash nazariyasi; tarbiya, 
psixologiya, pedagogika, estetika, san’atning zarur materiallariga 
kompleks yondashishga oid tegishli qoidalar, uslubiy va didaktik 
tamoyillar; bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash 
nazariyasining ushbu tarbiyaning kasbiy-shaxsiy amalga oshirish bilan 
bog‘liqligi hamda anglash va o‘zini o‘zi tarbiyalash empirik metodlarning 
o‘zaro bog‘liqligi; talabalarni kelgusi kasbiy-shaxsiy tarbiyaviy ishlarga 
– ma’naviy-esttetik tarbiyalash. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash konsepsiyasi 
quyidagi asosiy qoidalardan iborat: bo‘lajak pedagogik kadrlarni 
ma’naviy-estetik tarbiyalash oliy ta’lim tizimi uchun, shu jumladan, 
pedagogik ta’lim uchun juda muhim va dolzarb muammo; bo‘lajak 
o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash muhim ijtimoiy-pedagogik 
xarakterga ega, sababi dalat ta’lim siyosatida, Sh.M. Mirziyoyevning 
nutq va ma’ruzalarida, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim 
oluvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ma’naviy etuk 


189
shaxs qilib tarbiyalashga ustuvor o‘rin berib kelinmoqda. Bo‘lajak 
o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash pedagogik fanlarni 
o‘rganish jarayonida (tizimida) (o‘zaro bog‘liqlik, uzviylik va bir-
birini to‘ldirish) amalga oshiriladi va bunda ajdodlarning milliy badiiy 
merosi - ma’naviy-estetik qadriyatlariga asoslanadi hamda shaxsga 
yo‘naltirilgan pedagogika, nazariy-pedagogik asoslar, ta’limdagi yangi 
yo‘nalishlar va innovatsiyalardan mo‘ljal olib, o‘zbek xalqining tarixiy-
madaniy merosidan foydalanib, sifatli pedagogik kadrlar tayyorlash 
takomillashtiriladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning etakchi 
g‘oyasi. Tarbiyaning asosiy qonunini “keksa avlodlarining ijtimoiy 
tajribasini majburiy va zaruriy ravishda o‘rganishni taqozo qiladi, 
chunki u yosh avlodni jamiyat hayotiga qo‘shishni va avlodlar 
o‘rtasidagi davomiylikni, jamiyatni, shaxsni qo‘llab-quvvatlashni va 
har bir insonning muhim kuchlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi” 
[141, 93]. Ushbu qonun asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-
estetik tarbiyalash tartibi, xususiyatlari va mazmuni, uning ijtimoiy 
yo‘nalishi, shaxsiy yondashuvi, pedagogika OTM talabalarini 
ma’naviy-estetik tarbiyalashga oid etakchi g‘oyasi shakllantirildi: 
bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy-badiiy qadriyatlar asosida tegishli 
kasbiy va shaxsiy ma’naviy-estetik tarbiyalash omili sifatida bo‘lajak 
mutaxassislarning pedagogik tayyorgarligi takomillash-tiriladi.
Kerakli glossariy (lug‘at) - bu aniq “konseptual makon”dir. Quyidagi 
tushunchalar ko‘rib chiqiladi va integratsiyalashtiriladi: “ma’naviyat: 
vazi falari, mohiyati”, “ma’naviyatning tuzilishi, uning tarkibiy qism-
lari”, “ma’naviy hayot”, “ma’naviy rivojlanish”, “ma’naviy tarbiya”, 
“ma’naviy-estetik tarbiya”, “bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-
estetik tarbiyasi”, “estetika”, “estetik qadriyat”, “estetik madaniyat”, 
“badiiy qadriyat”, “badiiy meros”, “abadiy qadriyatlar”, “milliy-badiiy 
meros”.
Talabalar - bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning 
maqsadi, vazifalari, motivi, rag‘batlari, mazmuni, manbalari.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin