О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

3.1.1. Autentifikatsiya 
Identifikasiya yoki autentifikasiya jarayonlarida subyektlar inson, qurilma 
(kompyuter yoki jarayon) ko’rinishida bo’lishi mumkin. Ya’ni, inson insonni 
autentifikasiyadan o’tkazishi mumkin, mashina insonni autentifikasiyadan 
o’tkazishi mumkin yoki mashina mashinani autentifikasiyadan o’tkazishi mumkin. 
Mazkur bo’limda mashina insonni yoki mashina mashinani autentifikasiyadan 
o’tkazish ssenariylariga asosiy e’tibor beriladi.
Mashina insonni quyidagi “narsalar” asosida autentifikasiyadan o’tkazishi 
mumkin [13, 23]: 
-
siz bilgan biror narsa (something you know); 


80 
-
sizda mavjud biror narsa (something you have); 
-
sizning biror narsangiz (something you are). 
“Siz bilgan biror narsa” asosida autentifikasiyalash usuliga parol misol bo’ladi. 
“Sizda mavjud biror narsa” asosida autentifikasiyalash usuliga esa smartkartalar, 
token, mashinaning pulti yoki kaliti misol bo’ladi. “Sizning biror narsangiz” holati 
odatda biometrik parametrlarga sinonim sifatida qaraladi. Masalan, siz noutbuk sotib 
olib, undagi barmoq izi skaneri orqali autentifikasiyadan o’tishingiz mumkin.
Parol –
tizimda autentifikasiya jarayonidan o’tishni ta’minlovchi faqat 
foydalanuvchiga ma’lum bo’lgan biror axborot. Parol amalda autentifikasiya 
jarayonida keng qo’llaniluvchi parametr hisoblanadi. Masalan, o’z shaxsiy 
kompyuterlarimizdan foydalanish huquqini olishda parolni kiritish talab etiladi. 
Mazkur jarayonni mobil telefonlar uchun ham ishlatish mumkin. Parolga asoslangan 
autentifikasiyalash jarayonining umumiy ko’rinishi 30-rasmda keltirilgan. 
Сервер
Фойдаланувчи
Фойдаланувчи идентификатори

парол
ОК

Хатолик
30-rasm. Parolga asoslangan mashina-insonni autentifikasiyalash jarayoni 
Parolga asoslangan autentifikasiya quyidagi xususiyatlarga ega: 
-
parolga asoslangan autentifikasiyalash qulay (sarf xarajati kam, 
almashtirish oson); 
-
foydalanuvchi paroli odatda unga aloqador ma’lumot bo’ladi (masalan, 
uning yaxshi ko’rgan futbol komandasining nomi, telefon raqami va h.) (
123456, 
12345, qwerty
) va shuning uchun “hujumchilar” tomonidan aniqlab olinishi oson; 
-
murakkab parollarni xotirlab qolish qiyin (masalan, 
jfIej(43jEmmL+y
); 
-
parolga asoslangan autentifikasiyalash usuli amalda keng qo’llaniladi. 


81 
Smartkartalar
yoki qurilma ko’rinishidagi tokenlar autentifikasiyalash uchun 
qo’llaniladi. Smartkarta kredit karta o’lchamidagi qurilma bo’lib, kichik hajmdagi 
xotira va hisoblash imkoniyatiga ega. Smartkarta odatda o’zida biror maxfiy kattalik, 
kalit yoki parolni saqlaydi va hattoki qandaydir hisoblashni ham amalga oshiradi. 
31-rasmda maxsus maqsadli smartkarta va uni o’quvchi qurilma (smartkarta 
o’quvchi qurilma) aks ettirilgan. 
31-rasm. Smartkarta va smartkarta o’quvchi (ACR39U [1]) qurilma 
Biror narsa asosida autentifikasiyalash usullarini turlicha amalga oshirish 
mumkin. Masalan, tokenga asoslangan autentifikasiyalashni ko’rib chiqaylik. Bunda 
parollar generatori qurilmasidan foydalanib, u tizimga kirishda qo’llaniladi. Faraz 
qilaylik, Alisa parol generatoridan foydalanib Bobdan autentifikasiyadan o’tmoqchi. 
Buning uchun Bob biror tasodifiy son 
𝑋𝑋
ni (“savolni”) Alisaga yuboradi. Alisa qabul 
qilingan 
𝑋𝑋
sonini va parol generatoridan foydalanish ShIR (Shaxsiy identifikasiya 
raqami)ini parol generatoriga kiritadi. Alisa parol generatori javobini Bobga uzatadi. 
Agar javob to’g’ri bo’lsa, Alisa autentifikasiyadan o’tadi, aks holda o’ta olmaydi. 
Mazkur “savol-javob” ssenariysining umumiy ko’rinishi 32-rasmda keltirilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin