13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi Reja: Islom dini shakillanishidagi tarixiy sharoit


 Islomda mazhablarning paydo bo’lishi



Yüklə 214,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü214,48 Kb.
#202447
1   2   3   4   5   6   7
13-mavzu

3. Islomda mazhablarning paydo bo’lishi. 
Muhammad payg’ambar vafotidan keyin islom 2 ta yirik oqimga bo’linib ketdi. Bu 
bo’linishning asosida turli hukmron guruhlarning hokimiyat uchun kurashlari 
yotadi. Xalifalar hokimiyati tarafdori bo’lgan umaviylar islomdagi an’anaviy diniy 
ta’limotga amal qiluvchilarni da’vo qilganlar sunniylikni, Ali va uning avlodlari 
hokimiyatining tarafdorlari esa shialikni tashkil qildilar. 
Sunniylik (Ahli sunna val-jamoa) o’zlarini sunnatga amal qiladigan va jamoatdan 
ajralmaydigan guruhi sunniylar deb ataldi. Bugungi kunda sunniylar dunyo 
musulmonlarining 92.5 foizini tashkil etadi. Sunniylar doirasida 4 ta fiqhiy mazhab 
mavjud. 


Mazhab so‘zi arabcha “yo‘l, yo‘nalish” ma’nosini bildirib, istilohda esa “biror 
diniy masala, muammo bo‘yicha muayyan mujtahid olimning fatvosiga ergashish” 
ma’nosini bildiradi 
Hanafiy mazhabi. Hanafiylik asoschisi Imom A’zam Abu Hanifa No‘‘mon ibn 
Sobitdir. U hijriy 80-150 milodiy 699- 767 yillarda hayot kechirgan. Ko‘fa 
shahrida voyaga etgan.
No‘‘mon ibn Sobit tarixga ikki sharafli nom bilan kirdi.
Abu Hanifa, ya’ni to‘g‘ri yo‘lda sobit turuvchilar rahnamosi. 
Imom A’zam, ya’ni buyuk imom.
Abu Hanifa yoshlik chog‘idayoq Qur’oni karimni yodladi va uning ma’nolarini 
fahmlashga intildi. Keyinchalik mantiq va kalom ilmi bilan shug‘ullanib, bu 
borada atrofdagilardan o‘zib ketdi.
Imom A’zam (r.h.) ham aqidaviy ta’limotga ham fiqhiy mazhabga asos 
soldi. E’tiqod sohasida birinchi bo‘lib "Al-fiqhul-akbar", ya’ni "Katta fiqh" degan 
kitoblarini yozdi. Bu kitobda islomdagi musaffo e’tiqod ta’limoti o‘z ifodasini 
topgan. Keyinchalik Imom A’zamning mazkur asariga ko‘plab sharhlar bitilgan. 
Ba’zi manbalarda qayd qilinishicha Imom A’zamning ushbu "Al-fiqhul-akbar" 
kitobiga buyuk vatandoshimiz Imom Moturidiy (r.h.) ham sharh yozgan. Bu 
narsani ba’zi bir tarixchilar inkor etishadi. Lekin, Imom Moturidiy o‘z ta’limotini 
yaratishda Imom A’zamning e’tiqod borasidagi qarashlariga tayanganlari, 
Moturidiyning ustozlari Imom A’zam izdoshlari ekani manbalarda o‘zining aniq 
ifodasini topgan. 
Movaunnahrga hanafiy mazhabi Muhammad ibn al-Hasanning buxorolik shogirdi 
Abu Havf al-Kabir al-Buxoriy olib kelgan. Keyinchalik Abu Sulaymon al-
Jo’zjoniy Xurosonda hanafiy mazhabini tarqatgach, uning shogirdi Abu Bakr al-
Jo’zjoniy Samarqandga kelib joylashadi va bu yerda “Dor al-Jo’zjoniya” nomli ilm 
markazini tashkil etdi. Buxoro olimlari asosiy e’tiborni fiqhga qaratishgan bo;lsa, 
Samarqand olimlari aqoid va kalom ilmiga moyil bo’lishi. 
Umuman, hanafiy mazhabi mo‘‘tadilligi, ilmiy asoslarining puxtaligi va
huquqiy muammolarni osonlik bilan hal etgani kabi xislatlari tufayli islom
olamining ko‘plab hududlariga tarqaldi. Natijada, mazhablar ichida katta va keng 
yoyilgan mazhabga aylandi 
Molikiy mazhabi.Molikiy mazhabining asoschisi Imom Molik ibn Anasdir. Abu
Abdulloh Molik ibn Anas al-Asbaxiy (r.h.) hijriy 93-179, milodiy 713-795 
yillarda hayot kechirgan. Madina shahrida tug‘ilib, shu erda vafot etgan. Hadis ilmi 
bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lgan. Hadis rivoyat qiluvchi eng siqa (ishonchli) 
roviylardan hisoblanadi. Imom Molikning ustozi Nofe’dan, Nofe’ning esa 
Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilgan hadislar silsilasi muhaddislar 
o‘rtalarida “oltin sanad” deb yuritiladi. 
Molik ibn Anas ham muhaddis va ham faqih bo‘lgan. U Hijoz o‘lkasi (Arabiston 
yarim orolining g‘arbiy sohillari)dagi e’tirof etilgan olim sifatida tanilib,
“Imomul-Madina”, “Imomu doril-hijra”, ya’ni Madina shahrining imomi degan 
unvonga musharraf bo‘lgan. Imom Molik (r.h.) Imom Abu Hanifa va uning 
shogirdi Abu Yusuf bilan muloqotda bo‘lgan. U Arabiston zaminida zohir bo‘lgan 
molikiy mazhabining asoschisi bo‘lib tanildi. Zotan, Molik ibn Anas asos solgan 


bu ta’limot Arabiston yarim oroli va Afrika mintaqasi aholisi uchun muvofiq keldi. 
Imom Molik umrining 40 yilini sarflab, “Muvatto” nomli ulkan kitobni yozdi. Bu 
kitobda u fiqhiy masalalarga doir o‘z echimlarini bayon qilgan va ularning isboti 
sifatida Payg‘ambar (a.s.)ning juda ko‘plab hadislarini rivoyat qilgan. Bu kitobda 
nafaqat hadislar balki, o‘sha zamondagi sahobalarning fikrlari va so‘zlari ham 
rivoyat qilingan.
Molikiy mazhabi ta’limoti. 
Imom Molik ikki harami sharif orasida Makkai mukarrama va Madinai 
munavvarada hayot kechirdi. Imom Molikning asosiy asari bo‘lmish “Muvatto”ga 
qaraganda molikiy mazhabining asoslari quyidagilardir: 
Qur’oni karim 
Sunnat nabaviya 
Sahobalar so‘zlari 
Ijtihod va qiyos 
Istehson 
Al-maslaha al-mursala 
Urf 
E’tiborli jihati, Imom Molik ijmoni asos qilib olishda, asosan, Madina ahlining 
ijmosini nazarda tutgan. Negaki, Molik ibn Anas ushbu shahar ahlini payg‘ambar 
va sahobalar yo‘l - yo‘riqlarini bilib olgan va unga asoslanib kelgan deb hisoblardi.
Shofeiy mazhabi. Shofeiy mazhabi asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris 
ibn Abbos ibn Usmon Shofeiydur. U 150/767 - 204/ 820 yillar davomida hayot 
kechirdi.
Shofeiy hadis va fiqh borasida ulkan darajalarga erishdi.
Shofeiy mazhabining manbalari quyidagilardir: 
1.Qur’oni karim.
2.Sunnati mutohhara.
3.Sahobalar qavllari.
4.Qiyos.
5.Ijtihod. 
“Islomda huquq” kitobi mualliflari fikricha, uning davrida huquqiy istidlol, ya’ni 
fatvolarni dalillar bilan asoslash nihoyat darajada rivojlanadi. Payg‘ambar 
(s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadislarga bo‘lgan chuqur ishonch ul zotga boshqa 
biror hadisni ochiq shaklda rad kilish imkonini bermaydi. Imom Shofeiy faqat 
rivoyatga qarshi rivoyat topilgandagina bunday imkoniyatga ega bo‘lardi. 
Hanbaliy mazhabi.Hanbaliylik asoschisi Imom Ahmad ibn Hanbaldir. U hijriy 
164 – 241, milodiy 780- 855 yillarda hayot kechirgan. Ahmad ibn Hanbalning
to‘liq ismi - Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad az-Zuhaliy al-
Marvaziy al-Bag‘dodiydir.
Ahmad ibn Hanbalning eng mashhur asari “Musnad” bo‘lib, u o‘z ichiga o‘ttiz 
mingdan ortiq hadisni jamlagan. 
Hanbaliy mazhabi ta’limoti. Ahmad ibn Hanbal hadisshunoslik bo‘yicha katta 
shuhrat qozondi. Bir guruh mashhur muhaddislar, jumladan, imom Muhammad ibn 
Ismoil Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj undan hadis rivoyat qilganlar. U o‘ziga xos 
fiqxiy qarashlarga ega edi va ular bilan boshqa mazhab tarafdorlaridan ajralib 


turardi. Gunohi kabiralarga qo‘l urgan kishi haqida mo‘‘tazilaga qarshi turib, 
bunday gunoh qilgan kishi mo‘‘min emas, degan fikrni rad qildi. Ahmad ibn 
Hanbal (r.h.) o‘z uslubiga tayangan holda hanbaliy mazhabiga asos soldi va uni 
rivojlantirishda Makkada Ibn Abbos orqali kurtaklari o‘sa boshlagan ilk huquqiy 
maktabdan foydalandi. U Qur’on, sunnat, sahobalar so‘zlari va ijmoga asosiy 
e’tiborni qaratib, qat’iy zarurat bo‘lmasa qiyosdan foydalanmagan. Barcha 
hadislarni hatto xabari vohid va sahobalar qavlini qiyosdan ustun qo‘yardi. 
Hanbaliylarga binoan fiqh asoslari beshta: 
1.Qur’on va sunna matnlari. 
2.Sahobalarning fatvolari. 
3.Qur’on va sunnaga muvofiq bo‘lsa, ayrim sahobaning qavllari. 
4. Isnodi zaif yoki ohod hadislar. 
5. 
Mutlaqo 
ilojsiz 
qolganda, 
qiyos 
bo‘yicha 
hukm 
chiqarish. 
Shialik oqimi. Shia so’zining to’liq shakli “ash-Shia” (tarafdorlar, guruh, partiya) 
yoki, Ali tarafdorlari bo’lib, bu nom Aliga ergashganlar va ularning avlodlariga 
nisbatan berilgan. Shialik quyidagi mazhablarga bo’lingan. Imomiylar, 
zaydiylar,jaffariya, ismoiliya.

Yüklə 214,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin