13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi Reja: Islom dini shakillanishidagi tarixiy sharoit


 Tasavvuf (sufizm) va hozirgi zamon



Yüklə 214,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü214,48 Kb.
#202447
1   2   3   4   5   6   7
13-mavzu

4. Tasavvuf (sufizm) va hozirgi zamon 
VIII–IX asrlarga kelib Islom dini doirasida aqidaviy ixtiloflar ham yuzaga keldi. 
Islom dinida Alloh taolo, uning sifatlari, insonlarning taqdiri, qiyomat, jannat va 
do‘zax, gunoh va savob kabi mavzular aqidaviy masalalar sirasiga kiradi. Zikr 
etilgan unsurlarni o‘rganuvchi fan yana kalom ilmi deb ham ataladi. Qur’onda ham 
hadislarda ham bu borada tortishish, o‘zicha hukm chiqarish qoralangandir. Shu 
sababli ham avval boshida ulamolar kalom ilmi bilan shug‘ullanishni qattiq 
qoralaganlar. 
“Mo‘‘tazila”, “jabariyya”, “qadariyya”, “mushabbiha” kabi bir qator adashgan 
oqimlar yuzaga kelgach oddiy musulmonlarga sof aqidani tushuntirib berish 
ehtiyoji tug‘igan edi. Shundan so‘ng kalom ilmi bilan shug‘ullanishga ruxsat 
beriladi. 
Kalom borasida bahs yuritgan ilk oqim “mo‘‘tazila” hisoblanadi. Ushbu ta’limot 
islom tarixidagi adashgan firqalardan bo‘lib, Hasan al–Basriyning (v. 728 y.) sobiq 
shogirdlari bo‘lgan Vosil ibn Ato (v. 748 y.) va Amr ibn Ubaydga (v. 761 y.) borib 
taqaladi. Umaviy xalifa Hishom ibn Abdilmalik davrida ushbu ikki shogird Hasan 
al–Basriy davrasidan o‘zlarining “manzila baynal manzilatayn” (arosat) 
mavzuidagi aqidalari bilan ajralib chiqada va «mo‘‘tazila» (ajralganlar) nomini 
oladi. Mo‘‘taziliylar abbosiylar xalifaligi davrida muhim o‘rin tutgan.
Mo‘‘taziliylar abbosiy xalifa Xorun ar–Rashid davrida ta’qib ostiga olingan bo‘lsa, 
Ma’mun, al–Mo‘‘tasim va al–Vosiq davrlarida (813–847) suyukli peshvolarga 
aylanadi va yirik davlat mansablariga ham sazovor bo‘ladi. Ma’mun davrida 
mo‘‘taziliylar “mihna” degan jamoa tuzib, o‘zlarining aqidaviy qarashlarini 
mahalliy ulamolarga majburlab sindirishga harakat qilgan. 
Mo‘‘taziliylar ta’limoti “al–adl” (Allohning adolati), “tavhid” (Allohning 
yagonaligi), “al–va’d val va’iyd” (va’da va jazolash), “manzila baynal 
manzilatayn” (Oraliq holatda qolish), “al–amr bil ma’ruf van nahiy anil munkar” 
(Yaxshilikka chaqirish va yomonlikdan qaytarish) deb nomlanuvchi besh 
tamoyilga tayanadi. Xalifa Mutavakkil davriga kelib mo‘‘taziliylar yana siquvga 
olindi va bora–bora butunlay yo‘q bo‘lib ketdi. 
Mo‘‘taziliylar bilan deyarli bir davrda yuzaga kelgan aqidaviy oqimlardan biri 
“qadariya”dir. Qadariylar iroda erkinligini mutlaqlashtirib, inson barcha amallarini 
o‘z ixtiyori bilan qiladi, avvaldan taqdir belgilab qo‘yilmaydi, degan aqidani ilgari 
surdilar. Mo‘‘taziliylar mazkur fikrni qo‘llab quvvatlagani bois, ular ham taqdir 
masalasida qadariylar deya ataldi. Ularga nisbatan ulamolar tomonidan: 
«Qadariylar ushbu ummatning majusiylaridir», degan hadis keltiriladi. Zero, 
taqdirga ishonish imonning ettita shartidan biri hisoblanadi.
Keyinroq shakllangan jabariylar esa insonning barcha qiladigan ishlari Alloh 
tomonidan avvaldan belgilab qo‘yiladi degan aqidani mutlaqlashtirdilar. Bu 


insoniyatni taraqqiyotga intilishdan to‘xtatib qo‘yadigan aqida bo‘lgani sababli 
ulamolar bu fikrni qo‘llab–quvvatlamadilar.
Allohning zoti va sifatlari masalasida esa “mushabbiha” (o‘xshatuvchilar) yoxud 
“ahlu–t–tashbih” (o‘xshatish ahli) yuzaga keldi. Ular Allohning Qur’oni karimda 
kelgan sifatlarini to‘g‘ridan–to‘g‘ri o‘z aqllari bilan talqin qila boshladilar. 
«Allohning «qo‘li» ularning qo‘llari uzradir» (Fath surasi, 10), «Uning Kursiysi 
osmonlar va Erni (ham) o‘z ichiga sig‘dira olur» (Baqra surasi, 255) kabi 
oyatlardagi «qo‘li», «kursiysi» so‘zlaridan Allohning ham inson kabi badan va 
a’zolari bor ekan, u ham inson kabi o‘tirish uchun kursiyga muhtoj ekan, deya 
xulosa chiqardilar. 
Ismlari zikr etilgan oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalariga bir qator ahli sunna 
ulamolari raddiyalar berganlar. Natijada, moturidiya va ash’ariya ta’limotlari 
yuzaga keldi. Mazkur ikki yo‘nalish ham sunniylik doirasida to‘g‘ri hisoblanib
ular o‘rtasidagi farqliliklar lafziy xarakter kasb etadi xolos. 
Moturidiya ta’limotiga movarounnahrlik olim Abu Mansur al–Moturidiy asos 
solgan. Aksariyat manbalarda Moturidiy 870 yili Samarqandning “Moturid” 
qishlog‘ida tug‘ilgani va Samarqandda 944 yili vafot etgani haqida ma’lumotlar 
uchraydi. Ba’zi manbalarda uning 100 yilga yaqin umr ko‘rgani haqida ham 
ma’lumotlar bor. 
Manbalarda Imom Moturidiyning o‘ndan ortiq asarlari bo‘lgani haqida 
ma’lumotlar keltiriladi. “Kitob at–tavhid”, “Kitob al–maqolot”, “Kitob radd avoil 
al–adilla lil–Ka’biy”, “Kitob bayon vahm al–mo‘‘tazila”, “Kitob radd tahzibi al–
jadal lil–Ka’biy”, “Radd kitob al–Ka’biy fi vaiyd al–fussoq”, “Radd usul al–xamsa 
li–Abi Umar al–Boxiliy”, “Radd kitob al–imoma li ba’zi ar–ravofiz”, “Kitob radd 
ala al–qaromita” hamda usul al–fiqhga oid “Ma’haz ash–sharoi’”, “al–Jadal” kabi 
asarlar shular jumlasidandir. 
Moturidiyning aqidaviy qarashlari va kalom ilmidagi o‘ziga xos uslubi XI asrga 
kelib Movarounnahrda alohida maktab sifatida tan olingan va “moturidiya” deb 
atalgan. 
Mazkur maktab o‘zining yarim–ratsionalistik qarashlari bilan boshqa aqidaviy 
ta’limotlardan ajralib turadi. Unda, masalalarning echimini topishda faqat Qur’on 
va sunnatga tayanibgina qolmasdan, mantiqiy tafakkur orqali ham yondoshilgan. 
Moturidiya ta’limotida asosan mo‘‘taziliya, shia, xorijiya, jabariya, qadariya kabi 
ta’limotlarga raddiyalar berilgan.
Moturidiya ta’limoti XI–XII asrlarda keng miqyosda rivojlangan. Ushbu davrlarda 
endi ta’limot nafaqat Movarounnahrda, barki Xuroson, Iroq. Misr va Shom 
o‘lkalariga ham tarqala boshlangan. Bunda moturidiya ta’limoti vakillaridan Abul 
Mu’in an–Nasafiy, Abu Hafs an–Nasafiy, Alouddin as–Samarqandiy, Nuriddin as–
Sobuniy, Ibrohim as–Saffor, Alouddin al–Asmandiy kabi movarounnahrlik 
olimlarning katta bo‘lgan. 
Ko‘pincha, tasavvuf yoki tariqat deganda mashaqqatli hayot yo‘li, tarkidunyochilik 
qilish, zamonaviy fan yutuqlaridan voz kechish, mehnat qilmasdan faqat ibodat 
bilan shug‘ullanish, o‘zini-o‘zi qiynash ko‘z oldimizga keladi. Aslida ham 
shundaymi? Aslini olganda tasavvufning chin mohiyati nafsni poklash, axloqni 
sayqallash, ma’naviy kamolotga erishishdan iborat. Mazkur maqsadlarga erishish 


uchun olimlar tomonidan maxsus maktablar — tariqatlar tuzilgan. «Tariqat» arab 
tilidagi so‘z bo‘lib, «yo‘l» ma’nosini anglatadi. Tasavvufda esa bu muayyan 
yo‘lboshlovchi (murshid, pir) tomonidan Qur’on va hadislar, sahobalarning yo‘l-
yo‘riqlari asosida ishlab chiqilgan ruhiy poklanish yo‘li, metodi jamlanmasi 
hisoblanadi. Bugungi kunda tariqatlar soni ko‘p bo‘lib, ularning eng yiriklari 
Yassaviya, Kubraviya va Naqshbandiyadir. E’tiborlisi, ularning barchasi ona 
yurtimizda yuzaga kelgan. Tasavvuf — islom axloqi bilan bezanish uchun kerakli 
bo‘lgan ilmlarni o‘rgatadigan soha sanaladi. So‘fiy esa tasavvuf bilan 
shug‘ullanuvchi kishiga nisbatan ishlatiladigan atamadir. Ayni ma’noda yana 
«solik» so‘zi ham ishlatiladi. Movarounnahrda tasavvuf yo‘nalishining vujudga 
kelishi shayx Abu Ya’qub Yusuf Hamadoniy (vaf. 1140– 41-y.) shaxsi bilan 
bog‘liq bo‘lsa-da, XII asrda Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan ilk tasavvufiy 
tariqatning asoschisi Xoja Ahmad Yassaviydir. Yassaviya. Xoja Ahmad Yassaviy 
bugungi Qozog‘istonning janubidagi Chimkent viloyati Sayram qishlog‘ida 
dunyoga kelgan. Ba’zi manbalarga qaraganda, u Yassida (hozirgi Turkiston) 
tavallud topgan. Ahmad Yassaviy o‘zining «Devoni Hikmat» asarida ma’naviy 
poklanish, axloq, halollik, bag‘rikenglik g‘oyalarini she’riy uslubda bayon qilgan. 
Yassaviylikning o‘ziga xos jihati oshkora uslubda zikr va duolar o‘qish, dunyo 
lazzatlaridan qisman voz kechishda aks etgan. Yassaviylikka xos xususiyatlar 
keyinchalik yuzaga kelgan ko‘plab tariqatlarda aks etgan. Kubraviya — 
Yassaviylik bilan bir asrda yuzaga kelgan tariqatlardan biri. Bu tariqatning 
asoschisi — Shayx Najmiddin Kubro Xivaqiy (1145–1221). U Xorazmdagi Xivaq 
shahrida dunyoga kelgan. Shayx Najmiddin Kubro kubraviya yoki «zahabiya» deb 
ataluvchi tariqatga asos solgan. Mazkur tariqatchilar orasida «xufiya» zikr qilish 
keng qo‘llangan. Uning eng mashhur asari «Usuli ashara» bo‘lib, u barcha 
tariqatlarga Tasavvuf — xuddi tibbiyot ilmi badan sog‘lig‘iga oid ma’lumotlarni 
o‘rgatganidek, tasavvuf ham qalbning, ruhning yomon axloqlardan xalos bo‘lishi 
yo‘llarini o‘rgatadi. Yassaviya tariqatida Allohni tanish (ma’rifatulloh), mutlaq 
javonmardlik, rostgo‘ylik, o‘zini Allohga topshirish (tavakkul) va teran tafakkur 
muhim o‘rin tutadi. Amir Temur qurdirgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi 74 
o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Najmiddin Kubroning asarlari Eron, Kichik Osiyo va 
Hindistondagi tariqat muhitlariga kuchli ta’sir qilgan. Kubraviya ta’limoti 
mo‘g‘ullar istilosiga bardosh bergan ta’limotlardan biridir. Bu ta’limot mo‘g‘ul 
qabilalari va hukmdorlarining islom dinini qabul qilishida katta ta’sir ko‘rsatgan. 
1221-yilning iyulida Chingizxonning lashkarboshilaridan biri Xulaguxonga qarshi 
76 yoshli Shayx Najmiddin Kubro xalq orasidan lashkar to‘playdi va Urganch 
qal’asini «Yo Vatan, yo shrofatli o‘lim» shiori ostida bir necha kun dushmandan 
saqlab turadi. Mazkur jang paytida shayx Najmiddin Kubro mo‘g‘ul bosqinchilari 
tomonidan vahshiyona o‘ldiriladi. Naqshbandiylik XIV asrda Markaziy Osiyoda 
paydo bo‘lgan tasavvufiy tariqatdir. Bahouddin Naqshband (1318–1389) — islom 
olamining eng mashhur avliyolaridan biri, Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Bahouddin 
Naqshbandning asl ismi — Muhammad. Otasining ismi ham Muhammad bo‘lgan. 
Yoshligida otasi bilan birga kimxobga naqsh solish hunari bilan shug‘ullangani 
uchun Naqshband laqabi bilan mashhur bo‘lgan. «Bahouddin» so‘zi «dinning nuri» 
degan ma’noni anglatadi. Naqshbandiylik ta’limoti asosida «Qalbing Allohda 


bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘laversin», degan shior yotadi. Bahouddin 
Naqshband tasavvufdagi ilgarilari amalda bo‘lgan qattiq talablarni bir qadar 
yumshatdi va kundalik turmushga mosladi. «Qalbing Allohda bo‘lsin-u, qo‘l ish 
bilan band bo‘laversin». Shayx Najmiddin Kubro maqbarasi Bahouddin 
Naqshband vafotidan bir asrcha vaqt o‘tganidan keyin Abdurahmon Jomiy (1414–
1492) birinchi marta bu tariqatni «naqshbandiya» deb atay boshladi. 
Naqshbandiyada zohir (tashqi ko‘rinish) va botin (ichki olam) o‘zaro ajratilgan. Bu 
so‘fiylikni xalq orasida oshkor etmaslik, boshqalardan ajralib turmaslik, xilvatga 
chekinmaslik, mehnat qilib kun ko‘rishdan voz kechmaslik, oila, bola-chaqa 
boqish mas’uliyatini zimmaga olish, boshqalar (qul va cho‘rilar) mehnatidan 
foydalanmaslik kabi ezgu tartib-qoidalarga qat’iy amal qilishni talab qiladi. 
Naqshbandiya tariqatining asosiy tarbiya usuli suhbatdir. Naqshbandiylar 
suhbatning foydasi ko‘p, suhbat orqali inson qalbiga kirib borish mumkin, deb 
hisoblaganlar. Bu tariqat quyidagi to‘rt tamoyil asosiga qurilgan: 1) shariat bilan 
xulq-atvorni poklash; 2) tariqat bilan qalbni poklash; 3) haqiqat bilan Allohga 
yetishmoq; 4) ma’rifat bilan Allohga erishmoq. O‘zbekiston mustaqillikka 
erishgach, tasavvuf ilmi sohiblarining nomlari abadiylashtirilib, ehtirom 
ko‘rsatildi. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p mamlakatlarida, Amerika Qo‘shma 
Shtatlaridan to Avstraliya arxipelagigacha bo‘lgan hududda Bahouddin Naqshband 
va naqshbandiya tariqati ma’lum va hurmatli maqomga ega. Chunki Bahouddin 
Naqshband, avvalo, islom dini shariati mezonlarini mahkam ushlagan va ularning 
buzilishiga yo‘l qo‘ymagan. Ikkinchidan, u chin insoniy g‘oyalar va fazilatlarni 
ilgari surgan, jamiyatning turli vakillari o‘rtasida futuvvat — javonmardlik 
rishtalari paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan. Mustaqillik yillarida diniy qadriyatlarni 
qayta tiklash jarayonida masjidlar, madrasalar va boshqa diniy tashkilotlar bilan bir 
qatorda tariqat vakillarining faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Yüklə 214,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin