13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi Reja: Islom dini shakillanishidagi tarixiy sharoit


 Muhammad payg’ambar hayoti va faoliyati



Yüklə 214,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü214,48 Kb.
#202447
1   2   3   4   5   6   7
13-mavzu

2. Muhammad payg’ambar hayoti va faoliyati 
Makka davri. Muhammad ibn Abdullox ibn Abdal-Muttalib Arabiston tarixida 
“filvoqeasi” nomi bilan mashxur jangdan 50 kun keyin tavallud topdi. Misrlik 
munajjim Maxmud poshoning aniqlashicha payg‘ambarning tavallud topishi 
milodiy sananing 571 yil 21 aprel kuniga to‘g‘ri keladi. Otasi Abdullox 
Muhammad a.s. tug‘ilmasidan oldin savdo ishi bilan Shomdan qaytayotib 
Yasrib(Madina)da vafot etdilar va o‘sha erga dafn etildi. 
Rivoyat qilinishicha, Rasulullox Xalimaning qo‘ylarini yaylovda boqib 
yurganlarida ikki oppoq kiyimli kishi kelib u kishining ko‘kraklarini yorishadi-da, 
ichlaridan bir narsani olib tashlab, kesilgan joyni tikib qo‘yishadi. Muhammad 
a.s.ni ikki oq kiyimli kishi olib ketishayotganini ko‘rgan akalari o‘z onalariga bu 
xabarni etkazishganida bibi Xalima voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan etib 
keladilar. Bu vaqtda kichkina Muhammad a.s. ranglari bir holatda turgan edilar. 
Keyin ularga bo‘lgan voqeani o‘z og‘izlari bilan gapirib beradilar. Shundan so‘ng 
birovning farzandiga biror shikast etib qolishidan qo‘rqqan Xalima bolani o‘z 
onalariga topshiradi. 
5 yoshlarida onalari Omina vafot etdi. 8 yoshgacha buvalari Abdulmuttalib 
qo‘llarida qolib, buvalari vafot etgach amakilari Abu Tolib Muhammad a.s.ni o‘z 
qarmog‘iga oldi. 


Muhammad a.s. 25 yoshga to‘lganlarida Asad jamoasidan bo‘lgan boy ayol 
Xadicha bint Xuvaylid u kishidan o‘zining savdo karvoni bilan birga Shomga safar 
qilishni so‘radi. Bu savdodan katta foyda tushdi. Muhammadning to‘g‘ri so‘zlilik, 
xalollik, sadoqatlilik kabi yuksak insoniy fazilatlarini ko‘rgan Xadicha yoshlari 
ancha katta bo‘lishiga qaramay, taomilga zid ravishda unga sovchi qo‘ydi. 
Muhammad tomonidan amakilari Abu Tolib, Xadicha tomonidan amakivachchasi
Varaqa rozilik berib, nikox o‘qildi. 
Muhammad 40 yoshga etganida ko‘proq tarkidunyochilikni qo‘msaydigan bo‘lib 
qoldi. Makkaning 3 mil yuqorisidagi Xiro tog‘ida joylashgan g‘orga ketar va 
Ramazon oyini u erda kechirib, ibodat qilardi. G‘amlagan ozuqalari tugagach bibi 
Xadicha oldiga qaytar, bu erda bir oz qolib, yana o‘sha g‘orga ketar edi. Uerda 
o‘zlarini sukunatga berib, chuqur o‘yga tolar edilar. G‘oyibdan quloqlariga “Sen 
Alloxning elchisisan” degan tovushlar tovushlar eshitilar edi. Tush - xayollari 
to‘g‘ri chiqayotgandek edi. 
Milodning 610 yilida Ramazoni sharif oyida Payg‘ambar a.s. odatga ko‘ra, yana 
Xirodagi g‘orga chiqdilar. Jamiyatda yuz berayotgan noxaqliklar, insoniyat jabr 
tortayotgan zalolatdan qutulish - oliy haqiqatga erishish haqida fikr yuritar edilar. 
Xiro tog‘ida avvalgi o‘tgan payg‘ambarlardan Ibroxim, Muso, Iso kabi “taxannus” 
ibodati bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Imom al-Buxoriy bu ibodatga shunday sharx 
beradilar: “Payg‘ambarimizning qaysi shaklda ibodat qilganligi so‘raladigan 
bo‘lsa, buning tafakkur va ibratdan iborat bo‘lganligini aytamiz”. 
Payg‘ambarlikning boshlanishi tushda ayon bo‘la boshladi. Tushda ko‘rilgan har 
bir narsa oydin bir subx kabi o‘ngda yuz berardi. Kunlarning birida Xiro tog‘idagi 
g‘orda vaxy keltirgan malak Jabroil a.s. Payg‘ambarga ko‘rindi va: 
O‘qi, - dedi. 
Payg‘ambar: 
Men o‘qishni bilmayman, - dedilar. 
Malak yana amrini takrorladi. Payg‘ambar yana: 
Men o‘qishni bilmayman, - javobini berdilar. So‘ngra malak uni boshdan oyoqqa 
qadar kuchlari qolmaguncha siqdi. 
Shunda Payg‘ambar: 
Nimani o‘qishim kerak? - deb so‘radi. 
U zamon farishta ilohiy oyatlarni o‘qiy boshladi: 
“Yaratgan rabbing nomi bilan o‘qi! U insonni laxta qondan yaratdi. O‘qi! Karami 
keng bo‘lgan Rabbing xaqqi uchunki, U qalam bilan ta’lim berdi, insonga 
bilmaganlarini o‘rgatdi”. 
Alaq surasining boshidagi bu oyatlar ilk kelgan vaxydir. Payg‘ambar a.s. bu 
oyatlarni qalbga joylab, farishtaning ketidan qaytardilar. Shundan so‘ng bo‘lib 
o‘tgan voqeadan nixoyatda xayrat va qo‘rquvga tushganlaridan darhol bibi 
Xadichaning xuzurlariga qaytdilar va “Meni o‘rab qo‘ying, o‘rab qo‘ying”, dedilar. 
Shundan so‘ng uzoq uyquga ketdilar. Uyg‘ongach bo‘lgan voqeani ayollariga 
so‘zlab berdilar. Xadicha buni yaxshilikka yoyib, Varaqa ibn Navfal nomli avvalgi 
samoviy kitoblardan boxabar bo‘lgan qarindoshlarining xuzuriga borib bu 
voqeaning tafsilotini so‘radilar. Varaqa bu ko‘ringan farishta Muso va Iso 
payg‘ambarlarga vaxyni olib tushgan - Jabroil ekanligini aytdi. U yana kelajakda 


Muhammad a.s. o‘z ummatiga payg‘ambar bo‘lishi, bu yo‘lda ko‘p aziyat chekishi, 
o‘z yurtidan chiqarilishi haqidagi xabarlarni bildirdi.
Rasululox yashirin da’vatga o‘tdilar. Birinchi bo‘lib Xadicha bint Xuvaylid va 
amakivachchalari Ali ibn Abi Tolib iymon keltirishdi. Keyin Zayd ibn Xorisa, Abu 
Bakr iymon keltirishdi. Birinchilardan bo‘lib iymon keltirganlarni ko‘radigan 
bo‘lsak, ular ayollardan - Xadicha, erkaklardan - Abu Bakr, go‘daklardan - Ali ibn 
Abi Tolib, qullardan - Zayd ibn Xorisa bo‘ldilar. Ular jamiyatning turli 
tabaqalaridan bo‘lib, bu narsa islom hamma uchun ham munosib din ekanini 
ko‘rsatardi. Vaqt o‘tishi bilan jami musulmonlar 30 kishiga etdi. Ular 
qurayshiylarning yangi dinga qarshi ekanliklarini bilganliklari uchun o‘z dinlarini 
yashirin saqladilar.
Ilk musulmon bo‘lganlarning ichidan hech kimi va orqasida quvvatli suyanchig‘i 
bo‘lmaganlar mushriklarning ta’qibiga uchradilar. Mushriklar Usmon ibn Affon 
kabi musulmonlarga qo‘llaridan kelgan azoblarni berishdan chekinmayotgan 
edilar. Payg‘ambarga eng ko‘p dushmanlik qilganlar quyidagilar edilar: Abu 
Laxab, Abu Jaxl, Valid ibn Mug‘ira, Abu Sufyon, Umayya ibn Xalaf, Os ibn Voil. 
Quraysh ulug‘lari Payg‘ambarning Allox elchisi bo‘lganligini tan olgan edilar. 
Musulmon bo‘lmagan makkaliklar ham Muhammadning yuksak axloq egasi 
ekanini tan olar edilar. Musulmonlar safi kengayib Payg‘ambar amakilari - jasur 
Hamza undan so‘ng Umar ibn al-Hattobning imon keltirishlaridan mushriklar 
sarosimaga tushib qoldilar. Ular musulmonlarga ozor berishni yanada kuchaytirib 
yubordilar. Bu aziyatlardan holi bo‘lishlari uchun Payg‘ambar musulmonlarga 
Xabashistonga xijrat qilishni buyurdilar. 
Xabashistonga ketishni istagan 11 erkak va 4 ayoldan iborat bo‘lgan birinchi guruh 
Makkadan yashirin ravishda chiqib, Qizil dengiz bo‘ylab ketdi. Ularning ichida 
Usmon ibn Affon va xotini Ruqiya (Payg‘ambarning qizi), Abu Xuzayfa va xotini, 
Zubayr ibn Avvom, Abdurraxmon ibn Avf, Abdullox ibn Mas’ud bor edilar. Guruh 
boshlig‘i Usmon ibn Maz’un edi. 15 kishi bir guruh holida vaxyning 5-yili 
Xabashistonga ketdilar. Ularni Xabashistonda juda yaxshi kutib oldilar. U erda 
yaxshi sokin hayot kechira boshladilar. Ularning bunday osoyishta hayot 
kechirayotganliklarini eshitgan boshqa musulmonlar ham bir yildan so‘ng ikkinchi 
bir guruh holida u erga xijrat etdilar. Bu guruhning boshida Ja’far ibn Abi Tolib 
bo‘lib (Alining akasi), ular 80 kishi edilar.
Xabashiston xalqi va uning podshoxi Najoshiy musulmonlar juda yaxshi 
munosabatda bo‘ldilar. 
Makkaliklar Abdumanof urug‘ini Abu Tolib darasiga qamal qildilar. Shundan 
so‘ng ikki marta Habashistonga xijrat qilindi. 
Qamaldan so‘ng Xadicha vafot etdi. Payg‘ambar Toifga xijrat qildilar. 
Makkada “Isro va Me’roj” voqeasi yuz berdi. Dushmanlar Rasululloxni o‘ldirishga 
qaror qilishdi. 
Madina davri.Madinaliklar Makkaga Payg‘ambar xuzurlariga kelib islomni qabul 
qildilar. Ular bilan makkalik musulmonlar o‘rtasida do‘stlik aloqalari o‘rnatildi. 
Makka mushriklarining musulmonlar ustidan tazyiqlari kuchaygach, Payg‘ambar 
ularga Yasrib(Madina)ga xijrat qilishni buyurdilar. Ular ketidan o‘zlari ham 
jo‘nadilar. 


Madinalik “ansor”(“yordamchi”)lar makkalik muxojirlarni juda samimiy kutib 
oldilar. Muhammad a.s.ning xijratlari rabi al-avval 8-kuni milodiy 622 yil 20 
sentyabrda bo‘ldi. Birinchi musulmonlar masjidi qurildi. Azonga asos solindi. Avs 
va Xazraj arab qabilalari va Banu Qurayza, Banu Qaynuqo’, Banu Nadir qabilalari 
bilan o‘zaro sulx tuzildi. Har tomondan musulmonlarga qarshi xujumlar 
uyushtirildi. Musulmonlar ularni muvaffaqiyat bilan qaytardilar. “Badr” g‘azoti 
bo‘ldi. 
Madina davrida Muhammad payg‘ambar etakchiligidagi islom jamoasi yaqin 
davlatlar orasida tuzilajak kuchli bir davlatning vazifalarini bajarib, turli arab 
qabilalarining va bir-biriga qaram bo‘lgan qabilalar ittifoqlarining o‘zaro 
dushmanligini yo‘qotishga ular o‘rtasida yaqin va uzoq muddatli sulx 
shartnomalarini tuzishga kirishgan edi.
Xijratning 6 - yilida Makka qurayshiylari bilan tuzilgan Xudaybiya shartnomasi 
eng muhim tarixiy xujjatlardan biridir.
Oradagi keskin vaziyatni yumshatish uchun payg‘ambar Xudaybiya degan joyda 
Makka raislari bilan o‘n yillik sulx shartnomasini tuzishni taklif etdilar. Xudaybiya 
shartnomasi musulmonlar uchun murakkab vaziyatda tuzildi. 
Musulmonlar davlatining ilk tarixiy xujjatlaridan bo‘lgan
Shartnomaga musulmonlar jamoasi tarafidan Muhammad payg‘ambardan so‘ng 
Abu Bakr Siddiq, Umar ibn al-Xattob, Abduraxmon ibn Avf, Abdullox ibn Suxayl 
(g‘uraysh vakilining o‘g‘li), Sa’d ibn Abi-l-Vaqqos, Muhammad ibn Maslama 
imzo chekdilar. Qurayshilar tarafidan Suxayl ibn Amr, Miqroz ibn Xafs, Xuvaylid 
ibn Abdul Uzza imzo chekdilar. 
Xijratning 8-yili Makka fatx etildi. Makka fatxidan so‘ng islom xukumati 
Arabiston yarim orolida to‘la g‘alabaga erishdi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, 
Makkaning olinishi musulmonlar uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki 
shundan so‘ng Madinadagi musulmonlar jamoasi Arabiston muxitida yagona 
davlat va siyosiy kuchga aylandi. 
632 yili payg‘ambar hajga borishga qaror qildi. Bu uning oxirgi haji 
bo‘lganligi tufayli islom tarixida “Xajjatul vado” (xayrlashuv haji) deb nomlandi. 
Bu safarga to‘qson ming musulmon otlandi. Zu-l-xijja oyining to‘qqizinchi kuni 
Arafot tog‘ida Payg‘ambar a.s. islom dinining asosiy shartlarini bayon etgan 
“Vidolashuv xutbasi”ni o‘qidilar. Shundan so‘ng, deyarli barcha arab qabilalari 
islomni tan olib Payg‘ambar a.s.ga elchi va maktublar yo‘llay boshladilar. 
Hajdan Madinaga qaytgan Payg‘ambar bir oz muddatdan so‘ng kasallikka 
chalindilar. Zotan “Moida” surasining 3-oyati nozil bo‘lgan vaqtda saxobalarning 
ba’zilari payg‘ambar hayotining oxirlashib qolganligini sezgan edilar.
Xijratning o‘n birinchi yilida Payg‘ambar a.s. vafot etdilar. Payg‘ambarning vafot 
etgan kuni haqida tarixchilar orasida turli xil fikr-muloxazalar mavjud. Tarixchilar 
V.V.Bartold, Muhammad Xuzariy Sayid Amir Ali, marxum profesor Mutalib 
Usmonov, Doktor Abdulmun’im Majid Muhammad payg‘ambarning vafot etgan 
kunini 632 yilning 8 iyun deb beradilar. Tarixchi Muhammad Rizo payg‘ambarni 
632 yil 9 iyunda (11 xijriy yil, 12 rabiul avval) vafot etgan deb hisoblaydi. 
Islom soʼzining arab tilidagi lugʼaviy maʼnosi – taslim boʼlish, boʼysunish, 
istilohda esa yagona Allohga boʼysunish maʼnolarini beradi. Islom dini taʼlimoti 


boʼyicha Muhammad paygʼambar (a.s.) avvalgi paygʼambarlar ishini davom 
ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi paygʼambar 
(Xotam al–anbiyo) – nabiy va rasul deb tan olinadilar. 
Imon, namoz, zakot, roʼza, haj islomning besh asosiy sharti – rukni hisoblanadi. 
“Imon” soʼzining lugʼaviy maʼnosi ishonmoq, tasdiqlamoq boʼlib, istilohda esa 
“La ilaha illallohu Muhammadun rasululloh” (“Allohdan oʼzga iloh yoʼq va 
Muhammad – Allohning paygʼambari”) kalimasini til bilan aytib, dil bilan 
tasdiqlash demakdir. Hadislarda imonning yetti sharti borligi taʼkidlanadi. Ular: 
– Allohning borligi va birligiga, Qurʼon va hadislarda bayon qilingan barcha 
ismlari va sifatlariga imon keltirish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va 
barcha qaytargan narsalaridan qaytish.
– farishtalarning borligiga imon keltirish. Farishtalar (maloika) Allohning nurdan 
yaratgan, uning buyruqlarini soʼzsiz bajaruvchi, uning amridan tashqari 
chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan Jabroil, Mikoil kabi buyuk farishtalarning 
nomlari Qurʼonda zikr etilgan; 
– ilohiy kitoblarga imon keltirish. Alloh Muhammad paygʼambarga (a.s.) Qurʼonni 
nozil qilganidek, boshqa paygʼambarlarga ham kitoblar tushirgan. Ulardan bizga 
maʼlum boʼlganlari: Ibrohim paygʼambarga “Sahifalar”, Muso paygʼambarga 
“Tavrot”, Dovud paygʼambarga “Zabur” va Iso paygʼambarga berilgan “Injil” 
kitoblaridir. Islom taʼlimotiga koʼra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi 
sababli Qurʼon ularning taʼlimotini tiklab kelgan; 
– paygʼambarlarning haqligiga imon keltirish. Alloh insonlarga toʼgʼri yoʼlni 
koʼrsatish uchun paygʼambarlar yuborgan. Barcha paygʼambarlar bir zanjirning 
boʼgʼinlari kabidirlar. Qurʼonda 25 paygʼambarning nomlari zikr etilgan. 
Hadislarda paygʼambarlarning umumiy soni 124 ming ekani bayon qilingan; 
– oxirat kuniga ishonish. Islom taʼlimotiga koʼra, bu dunyo bir sinov maydonidir. 
Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo 
beriladigan oxirat hayoti mavjud; 
– taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga eʼtiqod 
qilish;— 217 —
– oʼlimdan keyin qayta tirilishga ishonish. Islom taʼlimotiga koʼra, qiyomat kuni 
boʼlganda barcha insonlar qabrdan turadilar va mahshargoh maydoniga 
yigʼiladilar. U yerda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) 
yoki jazo (doʼzax)ga mahkum etiladilar. 

Yüklə 214,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin