13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi Reja: Islom dini shakillanishidagi tarixiy sharoit


Тошкент. Ҳазрати Имом мажмуаси. Муқаддас Усмон Қуръони



Yüklə 214,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix07.01.2024
ölçüsü214,48 Kb.
#202447
1   2   3   4   5   6   7
13-mavzu

Тошкент. Ҳазрати Имом мажмуаси. Муқаддас Усмон Қуръони 
Ko‘krakdan ajratish muddati ikki yilda bitar. (Biz insonga buyurdikki,) «sen, 
menga va ota —onangga shukr qilgin. Qaytishlik mening xuzurimgadir».
(Luqmon surasi 14 oyat). 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan Qur’on oyatlari insonlarni ezgu amallarni bajarish, 
haqqoniy odil bo‘lishga, ota —onani hurmat qilishga va er yuzida tinchlik osudalik 
bo‘lishiga undaydi. Xulosa kilib aytsak, Qur’oni Karim Islom diniga e’tiqod 
qiluvchi xalqlar hayoti va tarixida asosiy o‘rin egallaydi.
Hadisi Sharif - Qur’ondan keyingi ikkinchi manbadir. 
Hadis — arabchadan olingan bo‘lib, (xikoya, xabar) Muhammad alayhissalomning 
aytgan so‘zlari qilgan ishlari ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlardir. Qur’ondek 
muqaddas kalom turganda hadis yaratilishining sabablari nima edi? 
Xalifalik kengayib borgan sari jamiyatda siyosiy, ijodiy, madaniy hayotda 
ziddiyatlar kuchaydi. Qur’on mukammal manba bo‘lmasin u baribir musulmon 
hayotining barcha huquqiy axloqiy masalalariga javob bera olmasdi. 
Natijada 
saxobalar 
tomonidan 
yod 
olingan 
Muhammadning 
so‘zlari 
imollari 
kog‘ozga 
tushirila 
boshlandi. 
Qur’onda 
barcha 
huquqiy 
va 
axlokiy 
masalalarga 
aniqlik 
kiritish 
uchun 
Muhammad 
alayhissalom 
o‘z 
hadislarini 
aytganlar. 
Saxobalar 
uni 
yod 
olganlar. 
VII —VIII asrlardan boshlab hadis yoza boshlandi. Muhaddislar hadis yozish 
bilan shug‘ullangan. Hadis 2 turga bo‘linadi. 
1. Hadisi kudsiy (ma’no Alloxdan so‘z payg‘ambardan)
2. Hadisi nabaviy (ma’no ham, so‘z ham, payg‘ambardan) Bu xayrli ishga 
birinchilardan bo‘lib ummaviylarning sakkizinchi xalifasi Umar —Ibn Marvon 
qo‘l urdi. Muhammad payg‘ambar vafotidan 80 yil o‘tgach to‘plana boshlandi. 
Lekin hadis to‘plaganlari tartibga solinmagan edi. Islom dini VIII asrda Markaziy 
Osiyoda kirgandan keyin Buxoro Samarkand, Shosh, Marv Xorazm, Nasaf 


shaharlarida Qur’oni Karim va payg‘ambar hadislari o‘qitilib, targ‘ib qilindi. Bu 
sohada yurtdoshlarimizdan 
1)Xaysam Ibn Shoshiy 
2)Ibroxim ibn Nasafiy 
3) Hafiz al Xorazmiy 
4)Abu Muhammad al —Dorimiy 
5) As — Samarkandiy faoliyat ko‘rsatdilar. 
Hijriy uchinchi (milodiy) to‘qqizinchi asr hadis ilmi taraqqiyotida alohida o‘rin 
egalladi. 
Aynan shu davrda faqat sahihlari ajratilib, mustaqil asarlar yaratilgan. Xuroson va 
Movarunnaxr zaminidan etishib chiqqan 
1)Abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil — al Buxoriy (810 – 870) 
2)Muslim —ibn al Xajjoj an — Naysorubiy (819 — 874)
3)Dovud Sulaymon Ibn —al — At’as —as Sijistoniy (817-880) 
4)Iso-at-Termiziy (824-892)
5)Axmad ibn Nasoiy (830-915)
6)Abdullox ibn Moja (822-886) Olti sahih to‘plamini yaratdilar. 
Ular orasida buyuk alloma imom al —Buxoriy hazratlari alohida ajralib turadi. 
Islom olamida eng obro‘li hadis to‘plamlari
1.Al — Jomi’ —as —sahih (Sahihi Buxoriy) 
2.Sahihi Muslim 
Z.Sunati Termiziy 
4.Sunati Abu Dovud 
Imom al-Buxoriy-Sharqning buyuk muhaddisi 
Imom al —Buxoriy 810 yilning 20 iyulida Buxoro shahrida dunyoga kelgan. Otasi 
shayx Ismoil ibn Ibrohim o‘z davrining ilmli odamlaridan edi. Birok, unga 
o‘g‘lining qanday inson bo‘lib etishishini ko‘rish nasib etmaydi. Imom al —
Buxoriy go‘dakligidayok otadan etish kolib, onasi kulida katta bo‘ladi. Aql — 
idrokli, o‘tkir zehnli bo‘lgan Imom al —Buxoriy 10 yoshidanok arab tili va hadis 
kitoblarini astoydil o‘qishva ularni yodlashga qunt bilan kirishadi. 
825 yilda Imom al —Buxoriy onasi va akasi bilan haj safariga yul oladi. Hajjdan 
keyin onasi va akasi qaytib ketgach, 6 yil Hijozda yashab hadis ilmidan astoydil 
saboq oladi. Shundan so‘ng uz bilimini yana oshirish maksadida usha paytda ilm 
— fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qoxira, Basra, Kufa, 
Bag‘dod kabi shaharlarda yashab mashxur olimlardan hadis, fikx ilmidan tahsil 
ko‘radi. Ilmiy bahslar va munozaralarda qatnashadi, toliblarga dars beradi. 
863 — 868 yillarda Nishopurda yashab, madrasada hadis ilmidan dars beradi. 
O‘sha paytda Nishopur musulmon Sharqidagi eng yirik ilmiy markazlardan biri 
bo‘lib, bu erda mashxur olimlar to‘plangan edi. Al — Buxoriyning at —Termiziy 
bilan uchrashuvi ham Nishopurda yuz berib, ikki mashhur muxaddis o‘rtasida 
qizg‘in ilmiy bahslar, ko‘pdan —ko‘p ijodiy va do‘stona muloqotlar bo‘lib o‘tadi. 
At —Termiziyning yozishicha, u o‘z asarlari uchun ko‘plab ma’lumotlarni al —
Buxoriy bilan o‘tkazgan maroqli suhbatlardan olgan. O‘z navbatida al —Buxoriy 


ham shogirdi va safdoshi at — Termiziy saloxiyatini yuqori baholab: «Sen mendan 
baxra topganingdan ko‘ra, men sendan ko‘prok bahra topdim», — deydi. Bu 
so‘zlar al — Buxoriyning at —Termiziyga bo‘lgan cheksiz hurmatining belgisi edi. 
Imom al —Buxoriy zehni o‘tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan 
g‘oyatda keng shuxrat qozongan inson edi. Manbalarda al —Buxoriyning 300 
mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd qilingan. 
Imom al Buxoriy xorijdan qaytgach o‘z vatani Buxoroda ham ko‘plab shogirdlar 
va ulamolarga xadis ilmidan sabok berdi. Birok, Buxoriy bilan Buxoro amiri 
o‘rtasida kelib chiqqan ixtilof tufayli uning o‘z vatanidagi hayoti og‘ir kechdi. 
Buxoro amiri Xolid ibn Axmad az —Zuxaliy al —Buxoriy xuzuriga odam yuborib 
«At —Terix al —kabir» (katta tarix) kitoblarini saroyga kelib bolalariga o‘qib 
berib turishni tayinlaydi. Lekin, al — Buxoriy “men ilmni xor kilib, uni xokimlar 
eshigiga olib bormayman” deydi. Natijada al —Buxoriyni ko‘rolmagan ba’zi 
hasadguy, fitnachi, bo‘htonkor kimsalarning gapiga kirgan Buxoro amiri unga 
Buxoroni tark etishni amr etadi. Imom al —Buxoriy Samarkandga ko‘chishiga 
majbur bo‘lib va Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida yashaydi. Bu orada 
kasalga chalingan al — Buxoriy 870 yili 62 yoshda vafot etadi va shu erda dafn 
kilinadi. Hozir uning qabri musulmonlarning tabarruk ziyoratgoxiga aylangan. 
Imom —al—Buxoriy o‘z ijodiy faoliyati davomida yigirmadan ortiq asar yaratdi 
ulardan bizgacha etib kelgan Alloma ijodida al —Jome’ —as —Sahih (ishonarli 
tuplam) sahih — al — Buxoriy nomi bilan mashxurdir). Bu qimmatbaho asar 
Makkai mukarrama, Madinai Munavvara va Buxoroi Sharifda o‘n olti yil 
davomida yozilgan bo‘lib, o‘n sakkiz mingga yakin sahih hadislarni to‘qson etti 
kitob, 3450 bobdan iborat. Asosan 4 jildda joylashgan. «Sahih —al —Buxoriy» 
ning ko‘plab qo‘l yozmalari dunyoning turli yirik shaharlarida kimmatbaxo manba 
sifatida saqlanadi. U bir necha xorijiy, jumladan ingliz, fransuz, fors, turli tillarga 
tarjima qilindi. Mustaqillik tufayli qilib tarjima qilinib, Toshkentda nashr etildi. 
Imom —al —Buxoriy jami 600 ming hadis to‘plab, shulardan 100 ming «Sahix» 
200 ming «g‘ayrisahihlarni» yod olgan. Uning 4 jilddan iborat hadis tuplami 
kitobida 7275 ta eng «sahih»
Imom —al —Buxoriyning hadislari beqiyos tarbiyaviy axloqiy ahamiyatga ega. 
1998 yilda Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi munosabati bilan ulug‘ 
alloma xotirasiga Samarqand viloyatining CHelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida 
Ulkan yodgorlik obidasi bunyod etilgan. 
Necha umrlarga tatigulik ilm zaxmati evaziga allomani musulmon olamida 
«Amirul —mo‘min — fil — hadis» ya’ni «hadis ilmida imomlarning sultoni», 
«Imomul —dunyo» ya’ni «dunyodagi barcha imomlarning ulug‘i» deb ulug‘lanib 
uning kitobiga ikkinchi manba deb karab kelganlar. 
Abu Iso Muhammad Ibn Iso at-Termiziy 
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, at-Termiziy 824 yilda Termizda tug‘ilgan. Yoshlik 
chog‘laridan boshlab ilmga katta qiziqish va ishtiyoq ko‘rsatgan. Hijoz, Xuroson 
va boshqa joylarda mashxur muhaddislar, ulamolar bilap muloqotda bo‘lgan, 
ulardan sabok olgan. Imom al Buxoriyni o‘z ustozi deb bilgan. Imom al-Buxoriy at 


Termiziyning hadislarni sinchiklab o‘rganishdagi nodir qobiliyati, taqvodagi 
ustunligini tan olgan. 
Hofiz Umar ibn Alak bunday degan: «Imom al-Buxoriy vafot etib, butun 
Xurosonda ilmda taqvoda va zuxdda Abu Iso Termiziyga teng keladigan ulug‘ 
pirni o‘zidan keyin qoldirmadi». 
Imom at-Termiziyning mashhur asari ham «Al-Jome’ as-sahih» deb ataladi. 
Shuningdek, «Shamoili Nabaviya» (Payg‘ambar alahissalomning shakl va 
sifatlari), «Kitob uz-zuxd» (Zoxidlik kitobi), «As-mo’ us-saxoba» (Saxobalarning 
ismlari), «Al-Asmo’ val kuna» (Ismlar va kunyalar), «Kitobo‘l-ilal» (Illatlar kitobi) 
kabi asarlar ham bitgan. 
Imom at-Termiziy hadislarni 3 guruhga ajratgan. Ular — sahih, xasan, zaif deb 
atalgan. Bu bilan Imom at-Termiziy hadisning sahihligini (ishonarliligini) 
aniqlashda yana bir boskichga ko‘tarildi. 
Har bir hadisga «sahih», «xasan» yoki «zaif» belgilarini qo‘ygan edi. 
Imom at-Termiziy har doim ilm-fanni targ‘ib etgan, ayniqsa yoshlarni ilm olishga 
da’vat qilgan. Ayni paytda, muloyimlik va xushfe’llik ul kishining go‘zal fazilati 
edi. 
Umr bo‘yi qilingan mashaqqatli mehnat, xayotiy uqubatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatmay 
qolmas edi. Hayotining so‘nggi yillarida Imom at-Termiziyning ko‘zlari ojiz bo‘lib 
koladi. Ul zot 892 yili 70 yoshida vafot etadi. 
1993 yil avgustda «Buyuk yurtdoshimiz, mashxur muhaddis Abu Iso —at —
Termiziyning» «Sahihi Termiziy» (Tanlangan Hadislar) asarlari ilk bor Abdulg‘ani 
Abdullox tomonidan o‘zbek tilida o‘girildi va 50 ming nusxaga chop etildi. 
Birinchi prezidentimiz I.Karimov «Yuksak ma’naviyat — engilmas kuch» 
asarlarida quyidagilarni ta’kidladilar. «Yana bir ulug‘ vatandoshimiz —Abu Iso 
Muhammad ibn Iso Termiziyning ma’naviy merosi, jumladan (Sunani Termiziy) 
asari ham musulmon olamida ana shunday yuksak qadrlanadi». Allomaning asrlar 
davomida olimu fuzalolarga dastur bo‘lib kelgan insof va adolat, insonparvarlikni 
targ‘ib etuvchi g‘oyalari hozirgi murakkab davrimizning ko‘plab axloqiy ma’naviy 
masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etishi bilan e’tiborga 
molikdir». 
Xulosa kilib aytganda, islom dining muqaddas manbalari bo’lgan Qur’oni karim va 
Hadisi Sharif xalqimiz ma’naviy merosining asosida tashkil qiladi. Hozirgi kunda 
muqaddas islom dinimizni rivojida beqiyos hissa qo’shgan buyuk allomalarimizni 
ma’naviy merosni yanada chuqurroq o’rganishimiz uchun davlatimiz tomonidan 
keng imkoniyatlar yaratilib berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil oliy 
majlisga murojaatnimasida bu borada quyidagilarni ta’kidlab o’tdilar. 
“Mamlakatimizda “ jaholatga- qarshi ma’rifat” degan ezgu g’oya asosida islom 
dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do’stlik kabi oliyjanob maqsadlarga 
xizmat qilishni kun tartibimizdagi doimiy masalalaridan biri bo’lib qoladi.
Joriy yilda hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy, kalom ilmi asosichisi Abu 
Mansur Moturidiy va uning davomchisi Abu Muin Nasafiyning hayoti, ilmiy 
merosiga bag’ishlangan hamda diniy bag’rikenglik mavzularida xalqaro ilmiy 
amaliy konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi”. 


Biz yoshlarga berilgan ana shunday imkoniyatlardan to’g’ri foydalanib, 
ajdodlarimiz ma’naviy merosini o’rganish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Bu buyuk allomalarning yurtdoshlari bo‘lganligimiz bilan xaqli ravishda 
faxrlanmogimiz lozim. 

Yüklə 214,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin