13-mavzu. Islom dini tarixi va falsafasi Reja: Islom dini shakillanishidagi tarixiy sharoit


Qur’on - islom dinning muqaddas kitobi. Hadislar qur’ondan keyingi



Yüklə 214,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü214,48 Kb.
#202447
1   2   3   4   5   6   7
13-mavzu

 3.Qur’on - islom dinning muqaddas kitobi. Hadislar qur’ondan keyingi 
mo’tabar manba. 
Qur’oni Karim Alloh taolo tarafidan 23 yil mobaynida Muhammad 
payg‘ambarlarga oyat —sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. 
Qur’on — arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, «o‘qimok» — «qiroat» degan 
ma’nolarni bildiradi. 
Qur’on «Kalomulloh (Allohning kalomi so‘zi) «Furgon» (hak bilan botilni 
ayiruvchi) «Zikr» (eslatma), Tanzil (nozil kilingan kabi nomlar bilan atalib, «Nur» 
(Yorug‘lik) «Xudo» (Xidoyat), Muborak (Barakatli), «Mubin» (ochiq ravshan) 
«Bushro» (Xushxabar), Aziz (e’zozlanuvchi) «Majid» (Ulug‘) «Bashir» (Bashorat 
beruvchi Nazir (ogohlantiruvchi) kabi so‘zlar bilan sifatlangan. 
Qur’on Alloh taollo tomonidan o‘z payg‘ambari Muhammad alayhissalomga 
tushirilgan 
vahiydir, 
ya’ni 
Ollohning 
o‘z 
payg‘ambariga 
yuborgan 
ko‘rsatmalaridir. 
1.Muhammad payg‘ambarga birinchi vahiy tush orqali namoyon bo‘lgan. 
2.Farishtalar ko‘rinmay turib, Payg‘ambar qalbiga kerakli 
narsalarni etkazgan. 
Z.Vahiy ovozdek jaranglab quloqlariga chalingan 
4.Jabroil farishta Payg‘ambarimizga odam shaklida 
ko‘ringanlar 
5.Farishta o‘zining asl qiyofasida ko‘ringan va vahiy etkazgan 
b.Allohning o‘zi Payg‘ambar al Me’roj ko‘chasida namozni farz kilish va shunga 
o‘xshash ba’zi narsalarni vahiy kilgan. 
Dastlabki vahiy Muhammad Xiro Rorida yolg‘iz ibodat kilayotganda yuborilgan. 
Goho bir oyat, ayrim hollarda 10 ta ortik oyat ketma — ket vahiy orqali nozil 
qilingan. Qur’on 114 ta sura 6632 oyatdan iborat. 
Yaratilgan vaqti va joyiga ko‘ra suralar ikkiga bo‘lingan.


Makka suralariga (610 — 622 yillar 90 ta sura) 
Islomshunoslik va Qur’onshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik 
tartibini kuyidagicha tasavvur kilish mumkin. 
Makka davri 
1.Makka davri (610 — 615 yillar). Bu davrda yuksak adabiy ijod namunalari 
bo‘lgan saj’ janridagi suralar o‘qilgan Evropa olimlari ularga «Nazmiy suralar» 
deb nom berganlar. 
2.Makka davri (616 — 619 yillar). Muhammad (s.a.v.) va ularning izdoshlari 
doimiy ta’kib ostida yashagan va ko‘pchilik Xabashistonga ko‘chib ketgan 
muxitda o‘qilgan. Bu suralarda Olloxning «Raxmon» sifatida ko‘p tilga olinganligi 
sababli Evropa olimlari ularni «Raxmon suralari» deb ataganlar. 
3.Makka davri (610 yil boshlaridan 622 yil sentyabrigacha). Bu davrda ham 
Muhammad (s.a.v.) va uning izdoshlari ta’kib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, 
ko‘pincha shahardan tashqarida ibodatga to‘planganlar. Bu davr suralarida 
islomning akoid ta’limotiga keng o‘rin berilganligi sababli, Evropalik olimlar 
bularga «Payg‘ambarlik suralari» deb nom berganlar.
Madina davri 
Tarixiy voqealar aniqrok ko‘zda tutilgan holda Madinada tushirilgan 24 ta suraning 
nozil bo‘lish davrini besh boskichga ajratish ma’qulroqdir: 

davr (622 yil martidan 625 yil oktyabrdan) Muhammad (s.a.v.) Madinaga 
ko‘chib kelganidan Makkaliklar bilan birinchi yirik tuknashuv — Badr jangigacha 
o‘qilgan 4 sura bu davrga kiradi. 
II davr (624 yilmartidan 625 yil martigacha). Badr jangidan keyin Uxud jangigacha 
o‘tgan bir yil ichida o‘qilgan 3 surani o‘z ichiga oladi. 
III davr (625 yil martidan 627 yil martigacha). Uxud jangidagi mA-lubiyatidan 
keyin Xandak jangigacha otgan ikki yil ichida 5 ta sura o‘qilgan. 
IV davr (627 yil aprelidan 630 yil yanvargacha). Xandak jangidan so‘ng 
Makkaning olinishigacha o‘tgan salkam uch yil ichida o‘qilgan 8 sura shu davrga 
kiradi. 
V davr (630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka olinganidan keyin keyin 
Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning vafotigacha o‘tgan ikki yildan ortikrok davr 
ichida o‘qilgan 4 ta sura shu davrga kiradi. 
Muhammad hayotlik choglarida yana vaxiy kelib kolar degan umidda Qur’oni 
jamlanib kitob holiga keltirilmagan edi. 
Muhammad alayhissalom Qur’on oyatlarini farishtalardan eshitib, yodlab olar 
edilar. Keyin boshqa musulmonlar u kishidan eshitib yodlab olar edilar.
Payg‘ambar vafotidan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr boshliq etib saylandi. 
Uning davrida mo‘minlar va mushriklar o‘rtasida keskin janglar bo‘lib utadi. Bu 
janglarda Qur’onni yod bilgan ko‘plab qorilar shaxid bo‘ladi. Shunda Umar Ibn al 
Xattob Abu Bakrga uni jamlab kitob holiga keltirishni aytadi. Abu Bakr bu ishni 
Zayd Ibn-Sobitga topshiradi. CHunki Zayd ibn Sobit Muhammad payg‘ambar 
bilan doimo birga bo‘lib Qur’on suralarni yodlagan, U barcha manbaalardan 
yig‘ilgan suralarning to‘plamini tuzdi. Suralarni to‘plam «Suxuf» (Saxifalar) deb 
aytildi. 


Bu nusxa Abu Bakr vafotigacha unga saqlangan birok xalifa Usmon davrida 
Qur’onning yangi nusxasini tuzib chikish zaruriyati paydo bo‘lgan. CHunki bu 
davrda arab xalifaligi juda keng mintaqalarni egallagan edi. Imperiya kengaygan 
sari odamlar orasida aloqa vositalari zaifligi uchun saxobalar tomonidan tarBibot 
ishlarini olib borish qiyinlashdi. Natijada Qur’oni Karim oyatlari turli joylarda 
turlicha o‘qila boshladi. Bu ixtilof o‘z navbatida islom jamiyati bo‘linib ketishiga 
olib kelishi mumkin edi. Buni ziyraklik bilan hisobga olgan xalifa Usmon ibn 
Affon Qur’oni Karimning kitob holidagi nusxasini yaratishda amr etdi. 
Bu ish yana Zayd ibn Sobitga topshirildi. Usmon davrida Qur’onning yangi 
nusxasi yaratildi. Qur’onning yangi nusxasi 651 yilda takdim etildi. Yangi nusxa 
«Musxaf» deb ataldi. Ko‘pincha «Usmon to‘plami» deb ataladi. 
Usmon Qur’oni keyik terisida bitildi yangi tuplamning asl nusxasi Madinada 
qoldirilib 3 nusxa ko‘chirildi. Kufa, Basra, Damashkda yuborilgan. Usmon 
to‘plami katta Jom’e masjitlarida saqlanardi. Hatto biror shakl qo‘shish, biror 
qog‘ozdan yoki bargdan xat cho‘p solish ham mumkin emas edi. Bu hol 50 yil 
davom etdi. Ko‘chirilgan nusxalar «Musxafi» Usmon deb ataldi. 
Arab tarixchilarning xabar berishlaricha, xalifa Usmon Qur’onni mutoala qilib 
o‘tirganlarida o‘ldirilgan. U kishining qoni Qur’onda to‘kilgan. Qur’on nusxasi 
Markaziy Osiyoda qanday olib kelinganligi haqida turli fikrlar mavjud. 
Usmon Qur’oni ruslar O‘rta Osiyoni bosib olguncha Samarqandda, Xo‘ja Ahror 
madrasasida saqlanar edi. Bu haqda turli rivoyatlar mavjud. Ulardan biri maqaddas 
kitobni Abu Bakr al -Raffal -ash -Shomiy Bog‘doddan olib kelgan deb hikoya 
qilinadi. 
Ayrim manbalarda misr podshosi Baybars mo‘g‘ullardan birinchi bo‘lib islomni 
qabul qilgan, keyinchalik do‘stona aloqa o‘rnatgan Samarkand hukmdori 
Barokotxonga covg‘a sifatida yuborilgan deyiladi. 
Boshqa manbaalarda Qur’on sohibkiron Amir Temir (1370-1405) 
tomonidan Basradan ko‘plab qo‘lyozma kitoblar va boshqa o‘ljalar bilan birga 
Samarqandga keltirilgan va Temurning mashhur kutubxonasiga qo‘ydirilgan. 
Sankt — Peterburglik sharkshunos olimi A.V.Shebunin fikricha, Basradan 
Samarkandga keltirilgan fikr hakikatga yakin. Bu kitob 400 yil davomida 
Samarkandda saqlangan. 1868 ruslar Samarqandga bostirib kirishi bilan moddiy 
boyliklar talon — taroj kilinadi. Jumladan bu muqaddas kitob Peterburgda alohida 
soqchilar bilan 1869 yilda yuborildi. 
1869 yillarda beri Peterburgda -Imperator kutubxonasiga saqlangan. 1923 yilda 
musulmonlarning talabi bilan Qur’oni Karim O‘rta Osiyoga qaytarildi. 
1923 yil 18 avgustda Sirdaryo diniy idorasiga qarashli Xo‘ja Axror machitiga 
topshiriladi. 
1926 yil eski shahar muzeyiga keltiriladi. Qur’onda Sharqning juda ko‘p 
olimlari tomonidan sharxlar yozilgan. Qur’on XII asrda Evropa lotin tiliga tarjima 
qilindi. XVIII asrda Evropa xalklari tillaridan, XIX asrda arabcha asl nusxasidan 
rus tilida tarjima qilindi. 
Olim G.Sablukovning arabchadan dastlabki tarjimasi Qozonda 3 marta nashr 
kilingan. Akademik Krachovskiyning ilmiy izoxlari bilan rus tilidagi tarjimasi 
mashxurdir. Bu tarjimalar 1986 yilda nashr etildi. 


O‘zbekistan mustakillikka erishgandan keyin Qur’onni o‘zbek tiliga tarjima 
qilishga kirishildi. 
1992 yil avgustda Qur’oni Karim ma’nolarining birinchi o‘zbek tilidagi tarjimasi 
Alouddin Mansur tomonidan tayyorlandi va «CHo‘lpon» nashriyotida 100 ming 
nusxada chop etildi. 2001 yil 2 mayda «Qur’oni Karim» ma’nolarning 
tarjimasiAbdulaziz Mansur tomonidan tayyorlandi. 
Qur’oni karim — to‘g‘ri yulni ko‘rsatuvchi, musulmonlar uchun qonunnoma, xalk 
uchun o‘git nasihat, hamma narsaning izohi, chin so‘z deb atalgan. Qur’oni 
karimning axlokiy masalalarga doir ba’zi sura va oyatlardan namunalar keltiramiz. 
Qur’oni karimda axlok odob bobida quyidagi oyatlar keltirilgan 
«Haqni nohaq bilan qorishtirmangiz, bila turib, haqiqatni yashirmangiz». (Bakara 
surasi, 42 oyat) 
«Imon keltirib solih amallarni qilganlar esa aynan aqllidir va ular u erda abadiy 
qoluvchilardir» (Bakara surasi 82 oyat) 
«Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga esa (Alloh) mukofotini mukammal 
berur. Allox zolimlarni yoqtirmas». (Oli imron surasi 57 oyat) 
«Qachon sizlarga salomlashish uchun salom bersa, sizlar undan chiroyliroq qilib 
alik olingiz yoki o‘sha iborani qaytaringiz, albatta Allox har bir narsani hisobga 
oluvchi zotdir». (Niso surasi 86 oyat) 
«Ey odam avlodi! Har bir mavjud (namoz) odildan ziynatlaringiz (pok 
kiyimlaringizni kiyib olingiz.) shuningdek eb — ichingiz, lekin isrof qilmangiz, 
zero u isrof qiluvchilarni sevmagay». (A’rof surasi 3 oyat). 
«Illox, sabrli bo‘lgan va ezgu ishlarni qilganlarga, aynan o‘shalarga ma’rifat va 
katta mukofot bordir». (Xud surasi 11 oyat) 
«Ey qavmim»! O‘lchov va vaznni adolat bilan to‘la beringiz. Odamlarning 
narsalarini urib qolmangiz va erda fasot bilan buzg‘unchilik qilmangiz (Xud surasi 
85 oyat) 
«Er yuzida kibrlanib yurma. CHunki sen oyoqlaring bilan zinxor erni tesha 
olmaysan va uzunlikda tog‘larga eta olmaysan». (Isro surasi 37 oyat) 
«Odamlarga kibrlanib yuzingni burishtirmagin va erga kerilib yurmagin chunki 
Allox barcha kibrli maqtanchoq kimsalarni suymas». (Luqmon surasi 14 oyat). 
Qur’oni karimda xayr —ehson qilish isrofgarchilikka yul qo‘ymaslik alohida 
ta’kidlab o‘tiladi. Jumladan: 
«Qarindoshga, miskin va yo‘lovchiga xayr ehson qilish bilan haklarini ado eting va 
isrofgarchilikka mutlaqo yul qo‘ymang, chunki isrofgarchilik shaytonning 
birodarlaridir». (Isro surasi 26 oyat). 
«Baxillik qilib qo‘lingizni, bo‘yninggizga boplab ham olmang isrofgarchilik qilish 
bilan uni butunlay yoyib ham yubormang aks holda malomatda mahrumlikka 
o‘tirib qolursiz» (Isro surasi 29 oyat) 
Qur’oni karimda ota —onani rozi qilishlik alohida ta’kidlanadi. 



Yüklə 214,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin