Jahongashta adib


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 122,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix07.01.2024
ölçüsü122,82 Kb.
#204723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
379-390 (2)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 380  www.ares.uz
 
orasida ham keng yoyib kelayotgan adibning badiiy mahoratini yuksaltirgan omillar 
to’g’risidagi kuzatishlar hayoldan kechadi. 
“Har bir yozuvchining o’ziga xos hayot yo’li bor,- deb yozgan edi akademik 
M.Qo’shjonov “Sariq devni minib” kitobidagi so’zboshida. - Tabiiyki, u tug’ilib 
o’sgan muhit ham, uning bolalik chog’lari-yu ilmga intilishlari ham, va nihoyat, 
adabiyotga kirib kelish yo’llari ham o’ziga xos bo’ladi… Xudoyberdi To’xtaboyevning 
yozuvchilar safiga kirib kelish sirlari bilan qiziqsangiz, anglaysizki, u adabiyot 
maydoniga o’nqir-cho’nqir yo’llar bilan, ba’zan qoqilib-suqilib, qanchadan-qancha 
qiyinchliklarni yengib kirib kelgan“. 
Ustozga qo’shimcha qilib aytish joizki, mahorat cho’qqilarini egallashda 
“o’nqir-cho’nqir yo’llar” va turli qiyinchiliklar bilan birga, xalq ruhiyati va til 
boyliklarini o’zlashtirish bilan bog’liq Hudo bergan talantini ham alohida ta’kidlash 
zarur. 
O’z a’moli, shaklu shamoyili, mazmun-mundarijasi bilan beg’ubor bolalikni 
jumboqlar olamiga o’xshatish mumkin. Xo’rozlarning nima uchun tonggacha 
qichqirishiyu, ayrim qushlarning qishda issiq o’lkalarga uchib ketishidan tortib, Vatan 
tuprog’ining sajdagoh kabi muqaddasligiyu, ezgulik bilan yovuzlik o’rtasidagi 
ziddiyatning abadul-abad davom etishi bilan bog’liq bo’lgan barcha muammolar bu 
sehrli dunyoning doimiy sir-sinoatidir. 
Kichkintoylarni ana shu sir-sinoat bilan yaqindan tanishtirish va ularni katta 
hayotga yo’llash bir chekkasi tarbiyaga bog’liq bolalar adabiyoti zimmmasiga 
benihoya zalvorli ma’suliyat yuklaydi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bolalarni jumboqlar olamiga sayohat qildirishda har bir yozuvchi o’ziga xos 
ijodiy yo’lni tanlaydi. Binobarin, H. Nazir, H. Po’latov, F. Musajon, E. Raimov, S. 
Barnoyevlar ijodida realistik uslub ustuvorlik qilsa, sarguzasht va fantastik uslub 
X.To’xtaboyev, S.Anarboyev, H.Shayxov, A.Obidjon kabi yozuvchilar ijodining 
ziynati sanaladi. Shu jihatdan qaraganda, Xudoyberdi To’xtaboyevning nomi qaynoq 
va cheksiz ijodiy mashaqqatlar mahsuli bo’lgan qissa va romanlari orqali dunyoning 
olis-olis burchaklariga yetib borgan. Jahonning juda ko’p tillariga tarjima qilingan 
birgina “Sariq devni minib” romani o’zbek bolalar adabiyotining ufqini kengaytirdi. 
X.To’xtaboyevning yozuvchi sifatidagi ijodiy kamolotini ta’minlagan omillarni 
adib o’sgan muhitdan izlash to’g’riroq bo’ladi. Taqdir bo’lajak ijodkorni bolaligidan 
boshlab og’ir sinovlarga ro’para qiladi. 
“Mening bolalik va o’smirlik davrim, -deb yozadi adib,- urush davriga to’g’ri 
kelgan. Ota-onasiz yetim qolgan hamqishloqlarimning o’kinch va armonlarini 



Yüklə 122,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin