Jahongashta adib


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 122,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix07.01.2024
ölçüsü122,82 Kb.
#204723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
379-390 (2)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 381  www.ares.uz
 
eshitganman. O’g’lidan “qora xat” kelgan onalarning ko’ksini yulib dodlaganlarini, 
akasini intizor kutayotgan singillarning, eridan barvaqt judo bo’lgan yosh-yosh 
juvonlarning pinhoniy ko’z yoshlarini ko’rganman. O’gay otam - usta Abduqodir 
rabochiy batal’oniga ketgach, biz oilada sakkiz bola qoldik. Men ular bilan bolalar 
uyidan bolalar uyiga o’tib rosa “sayr” qilganman. Hatto Toshkentdan Qo’qongacha 
piyoda ketgan paytlarim bo’lgan. 
1949- yili Qo`qon pedagogika bilim yurtini, 1955- yili O`rta Osiyo davlat 
universitetini (hozirgi O`zMU) bitirganman. 
1955-1958- yillari Farg`ona viloyatining Bog`dod, O`zbekiston tumanlaridagi 
maktablarda o`qituvchi, ilmiy bo`lim mudiri, direktor lavozimlarida ishlab, bolalar va 
o`smirlar dunyosidagi go`zallik, tarbiyadagi nomukammallik bilan yaqindan tanishib, 
umrimni ana shu sohaga bag`ishlasam deb qayta-qayta o`ylaganman, so`ng bir sinf 
yoki bir maktab doirasida aytayotgan fikr-mulohazalarimni kengroq maydonda 
aytsam, deb orzu qilib, gazeta va jurnalga ishga kirishni maqsad qilib, 1958- yili 
Toshkentga keldim. Avval “Toshkent haqiqati”, so`ng “O`zbekiston ovozi” (sobiq 
“Sovet O`zbekistoni”) gazetalarida hammasi bo`lib 14 yil ishladim. Ayrim kishilardagi 
kamchilik va illatlar yig`indisi oxir-oqibatda jamiyatdagi illatni keltirib chiqaradi, illati 
bor jamiyat yaxshi rivojlana olmaydi, shu jamiyatga uyushgan kishilar to`liq ma`noda 
baxtli ham bo`lolmaydi, demak, kishilardagi illatga qarshi kurashish kerak, deb 
o`yladim. Yengimni shimarib, feleton yozishga kirishdim. Zanglagan temirni olovga 
solsangiz, zangi to`kilgani kabi feleton olovida yongan illatli shaxsning illati yonadi, 
poklanadi, deb qattiq ishondim…” (2; 22-23- betlar). 
Hayotning sermashaqqat chig’iriqlaridan o’tgan yosh Xudoyberdi taqdirida 
dindor buvisi ham muhim o’rin tutganini alohida ta’kidlash joiz. Buvining ko’ngilga 
taskin beruvchi hikoyat va ertaklari ruhida tarbiya topgan yozuvchi asarlarida dev
sehrgar, afsungar, iblis, jin singari majoziy timsollarga keng o’rin berilishi, ‘bulutdek 
baland”, “bilaklari yo`g’on- bittasi chaqaloqning belidek”, “na’ra tortganida xonaning 
shipi ko’tarilayotgandek bo’ladi” singari afsonaviy qahramonlarga xos iboralarning 
ishlatilishi ana shu tarbiya natijasidir. Har qanday yozuvchining xarakter yaratish 
mahorati bilan bog’liq bu xususiyatni X.To’xtaboyev asarlarining sujeti va badiiy 
tilining o’ziga xosligini ta’minlagan omillardan biri sifatida baholash o`rinli bo`ladi. 
Yozuvchi ijodiga mansub asarlarni uch guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruh 
14 yil davomida yozilgan 300 dan ortiq feletonlari tashkil etsa, ikkkinchi guruhga turli 
yillarda yozilgan “Aka-uka Omonboy bilan Davronboyning qishloqqa gaz olib 
kelganlari haqida jajji qissa”, “Sir ochildi”, “Jannati odamlar”, “Mungli ko’zlar”, 
“Yillar va yo’llar”, “Kichkina rais” kabi sof realistik asarlari kiradi. 



Yüklə 122,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin